O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Download 145.5 Kb.
bet7/13
Sana18.06.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1568550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Mustaqil ish qonun ijodkorligi

2.Qonun loyihasini muhokama qilish. Qonun loyixasini muxokama etish (***) – qonun yaratish jarayonining muxim bosqichidir. Bu bosqich qonun chiqaruvchi organga qonun loyixasi takdim etilgach va u sessiya kun tartibiga kirgach boshlanadi. Shakllangan tajribaga ko’ra, qonun loyixasi ikki xil ko’rinishda muxokama qilinadi. 1-xolda, qonun loyixasi aksariyat umumiy qoidaga binoan parlament (Oliy Majlis) tomonidan uning yigilishida muxokama etiladi. 2-xolda, mamlakat xayotining uta muxim masalalarini tartibga solishga qaratilgan qonunlar loyixasi parlament karori bilan keng xalk muxokamasiga takdim chiqariladi.
Qonun loyixasi moddama-modda, bo’limlar va boblar buyicha yoki yalpi muxokama qilinadi.
Qonunni qabul qilish bosqichining ahamiyati va mas'uliyati shundaki, bunda qonun loyixasiga rasmiy yuridik kuch baxsh etiladi, u qonunga aylanadi. Parlamentda ba'zi jiddiy masalalarni xal etish uchun deputatlar malakali kupchiligining ovoz berishi lozim bo’ladi. Deputatlar umumiy sonining malakali kupchiligining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq jami deputatlarning 2G`3 qismi tashkil qiladi. Deputat ovoz berish uchun boshqa deputatni vaqil qilish mumkin emas. Ovoz berish ochiq, yashirin va nomma-nom bo’lishi mumkin.
3.Qonun qabul qilish bosqichi qonun loyixasini maqullab Oliy Majlis deputatlarining ko’pchiligi ovoz bersa qonun qabul qilinadi.
4.Qonuni matbuotda e'lon qilish bosqichi. qonun qabul qilingandan keyin, uning matbuotda yoki O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasida tegishli ma'sul shaxslarning imzosi bilan e'lon qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qabul qilingan qonunlar, Oliy Majlis raisining imzosi bilan yoki muxum qonunlar Prezidentning imzosi bila n o’zbek va rus tilida bosib chiqariladi.

Qonun ijodkorligi faoliyati tobora xalqchil va hayotiy ahamiyat kasb etmoqda Har bir fuqaro har kuni biron-bir huquq normasiga toʻqnash keladi. Huquq normalari qanchalik samarali boʻlsa, hayot va turmush farovonligi oshadi. Har jihatdan pishiq, puxta tayyorlangan qonunlarda hayotiy va xalqchil tamoyillar ustuvor ahamiyat kasb etsa, uni amaliyotga tatbiq qilish ham samarali kechadi. Aksincha, amalga oshirishning aniq mexanizmiga ega boʻlmagan, faqatgina umumiy masalalarni hal etadigan qonun hujjatlarini qabul qilish amalda koʻplab muammolarni keltirib chiqaradi.
Oʻtgan yili Prezidentimizning Farmoni bilan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilingan edi. Bu esa norma ijodkorligi faoliyatida yangi davrni boshlab berdi.
Yurtboshimizning ushbu tarixiy Farmoni bugungi kunda yurtimizda barcha sohada olib borilayotgan shiddatli, eng asosiysi, xalqimizni rozi qilayotgan islohotlarga hamohang. Ochigʻini aytish kerakki, mazkur hujjat uzoq yillar davomida shakllangan norma ijodkorligi faoliyatiga baho beribgina qolmay, mavjud muammolar, shu jumladan, koʻpgina masalalar va ularning oqilona yechimini topib berdi.
Xususan, ilgari qonunlar ijtimoiy munosabatlarning eng umumiy jihatlarini tartibga solar, hukumat va idoraviy hujjatlarning qonunga nisbatan yuridik kuchi kamroq boʻlsa-da, aynan ular qonunlarni ishlash mexanizmini belgilab berayotgan hamda harakatga kelishini taʼminlayotgan edi. Amaliyotda esa huquqiy boʻshliqning asosiy qismi ijro hokimiyati hujjatlari bilan toʻldirilardi.
Endilikda konsepsiyada sohada toʻplanib qolgan muammolarni toʻliq bartaraf etish, jumladan, qonunchilik bazasini tizimlashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilish mexanizmlariga ega qonunlarni qabul qilish, har bir qonun hujjati bahosini aniqlash mexanizmlarini joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Davlatimiz rahbari Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasida hamda 2019-yilga moʻljallangan Davlat dasturida qonun ijodkorligi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, toʻgʻridan-toʻgʻri amaliyotda qoʻllanadigan qonunlar qabul qilish lozimligini taʼkidlagan edi.
Shundan kelib chiqib, parlamentning quyi palatasi tomonidan norma ijodkorligi boʻyicha ilgʻor tajribaga ega 20 dan ortiq rivojlangan davlatlar, jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya va Turkiya amaliyoti hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlari chuqur oʻrganildi va tahlil qilindi. Ularning ijobiy yutuqlari asosida bugungi kunda samarali, xalqchil qonunlarni ishlab chiqish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling