O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Qonun ijodkorligi va uni takomillashtirish


Download 145.5 Kb.
bet2/13
Sana18.06.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1568550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mustaqil ish qonun ijodkorligi

Qonun ijodkorligi va uni takomillashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikki palatali tizimda shakllantirilishi bu — yuqori palata tomonidan quyi palata faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutmaydi. Aksincha, har ikki palataning tengligi va hamkorlikdagi faoliyati, ya’ni bir kemaning ikki langari bo‘lib, muvozanatni saqlagan holda mukammal qonunlarni qabul qilishdan iborat. Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisidagi ma’ruzalarida ta’kidlaganlaridek, “Oldimizda turgan muhim vazifa — har ikki palata bir-birining ishini takrorlamasdan, bir-birini to‘ldirgan holda, yaxlit va izchil tizim, butun boshli bir qonunchilik organi sifatida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashdir”.


Ikki palatali o‘zbek parlamentchiligi qonun ijodkorligi faoliyatining o‘tgan olti yillik tajribasidan xulosa qiladigan bo‘lsak, qonunlarni har tomonlama mukammal va puxta ishlab chiqishni ta’minladi deyishga asosimiz bor. Quyi va yuqori palataning uzviy hamkorlikdagi faoliyati qonun loyihalarini maromiga yetkazib qabul qilishga imkoniyat yaratmoqda.
Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda nafaqat qonun ijodkorligi tizimi, balki qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish mexanizmi ham shakllandi. Xususan, qonun loyihalarini ko‘rib chiqish va qabul qilishda qonun loyihasi qoida tariqasida, uch o‘qishda ko‘rib chiqilishi pozitiv holatdir. Qonun loyihalari Qonunchilik palatasi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilayotganda uni qabul qilishning zaruriyati, qonun loyihasi kontseptsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga mosligi hamda qonunni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar, uni moliyalashtirish masalalari muhokama qilinadi. Ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilayotganda mas’ul qo‘mita tomonidan ma’qullangan va ma’qullanmagan takliflar muhokama qilinadi. Qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish moddama-modda o‘tkaziladi. Uchinchi o‘qishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan to‘laligicha ovozga qo‘yiladi.
Bu ijobiy holat, chunki, Qonunchilik palatasida qonunlar loyihalarini birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘qishda qabul qilish institutining joriy qilinganligi hamda siyosiy partiyalar fraktsiyalari o‘z elektorati manfaatlaridan kelib chiqib, qonunlar loyihalariga o‘z nuqtai nazari bilan yondoshayotganligi muhokamalarning qizg‘in bahs-munozaralar ostida o‘tishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, quyi palataga kiritilgan qonun loyihasini muhokamaga tayyorlashga mas’ul bo‘lgan qo‘mitaning o‘z ishiga jiddiy munosabatda bo‘lishi, hamda har bir deputat o‘z saylovchilari oldidagi mas’uliyatini chuqur his etishi har bir qonun loyihasining mukammal tayyorlanishiga turtki bo‘ladi.
Bundan tashqari, Qonunlar loyihalarini tayyorlash va qabul qilishda Qonunchilik palatasi hamda Vazirlar Mahkamasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ijobiy tomonga keskin o‘zgardi. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonunlar loyihalarining muhokamalarida, qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ekti vakilining doimiy ishtiroki ta’minlangan. Bu esa, qonunlar loyihalari yuzasidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ayrim tushunmovchiliklarni joyida hal etish imkonini beradi.
Ikki palatali parlament sharoitida qonun chiqarish mexanizmi (tartibi) tubdan yangicha mazmun kasb etdi. Davlatning qonun ijod etishdek murakkab faoliyatini amalga oshirishga palatalarning har biri o‘zlari ifoda etayotgan umumxalq va mintaqaviy manfaatlar orqali belgilanuvchi yuksak mas’uliyat bilan yondashmoqdalar. Qonunchilik palatasi va Senat o‘rtasida muayyan ixtisoslashish, o‘zaro muloqot, mutanosiblik, ijodiy hamkorlik va erkin ijobiy raqobat shakllandi. Deputatlar va senatorlar faoliyatida zamonaviy parlamentarizmning demokratik institutlari, an’analari va tartib-taomillari ro‘yobga chiqishiga sharoit yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va maqsadiga ko‘ra, qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, mazkur hujjat qonun ijodkorligi faoliyatining aniq yo‘nalishlarini belgilab beradi hamda qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar, shuningdek, bunday huquqqa ega bo‘lmagan holda qonun loyihalarining ishlab chiqilishi jarayonida ishtirok etuvchi ekspertlar, mutaxassislar ishining samarali tashkil etilishini ta’minlaydi.
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni parlament muhokamasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi alohida qonun ko‘pgina mamlakatlarning qonunchilik tajribasida mavjud emas. Mazkur Qonun mazmun-mohiyatiga ko‘ra, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar tomonidan tayyorlanishi rejalashtirilgan qonunlar loyihalarining pishiq va puxta bo‘lishiga huquqiy zamin yaratadi.
Endigi eng muhim vazifalardan biri — bu qonunchilik hokimiyati bo‘lgan mamlakat parlamentining roli va ta’sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlari o‘rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishishdan iborat[1].
Buning uchun esa avvalo parlament nazorati institutini takomillashtirish hamda uni jahon parlamentarizmi andozalari darajasiga yetkazish lozim. Parlament nazoratining ahamiyati shundaki, bunday nazorat qabul qilingan qonunlarning samaradorlik darajasini tahlil qilish, qonun hujjatlarining amaliyotda qo‘llanilishiga salbiy ta’sir etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarni aniqlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qonun hujjatlariga zarur qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining qonunlarga so‘zsiz amal qilish mas’uliyatini oshirish, qolaversa, fuqarolar ongida qonunga hurmat ruhini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Shu bilan bir qatorda, parlament nazorati davlat hokimiyati tarmoqlari o‘rtasidagi “bir-birini tiyib turish va muvozanat saqlash” tizimining barqaror ishlashini ta’minlashda, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab o‘tish zarur.
Qonun ijodkorligi sohasidagi yana bir muhim va foydali o‘zgarish — bu kelishuv komissiyasi institutining joriy etilganligidir. Bunda Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasi tuziladi.
Quyi va yuqori palatalar o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ayrim kelishmovchiliklarni samarali bartaraf etish maqsadida tuzilgan Kelishuv komissiyasi hozirgacha o‘zining ijobiy tomonlarini namoyon etib kelmoqda.
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi va uning qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlarning alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Qaror, agar komissiyaning har bir palatadan saylangan a’zolarining ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Qonun loyihasi qaysi ijtimoiy munosabatni tartibga solishga qaratilganligiga qarab shu sohada faoliyat yurituvchi tegishli davlat organi tomonidan tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida belgilab berilgan sub’ektlar qonun loyihalarini tayyorlash va kiritishda, Konstitutsiyaning 2-moddasida ko‘rsatilganidek, xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur huquqlarini amalga oshirishlari kerak. Qonunchilik jarayonida jamiyatning boshqa a’zolari ham u yoki bu tarzda ishtirok etadilar. Konstitutsiya va qonunlar fuqarolarning qonunchilik jarayonida o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishlarini cheklamaydi, chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 18 aprel kuni 284-son qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi birinchi qismining 15-bandi, 80-moddaning 6-bandi, 93-modda birinchi qismining 8, 12, va 16-bandlari, 96-moddasi hamda 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yuqoridagi holatlardan shunday xulosa qilish mumkinki, qonun ijodkorligi jarayoni huquqiy normalarni ishlab chiqish va o‘rnatish bo‘yicha davlat faoliyatining maxsus shakli sifatida faqat qonunlarni qabul qilish, ma’qullash, e’lon qilish jarayonini bildiribgina qolmay, yuqori darajadagi huquqiy madaniyat, yurisprudentsiya sohasida keng bilimlar va qonunchilik texnikasi uslublarini professional darajada egallashga asoslangan murakkab ijodiy jarayonni ham ifodalaydi.
aksincha imkoniyat yaratadi. Konstitutsiyaning 35-moddasiga ko‘ra fuqarolar qonun hujjatlarini takomillashtirish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektiga takliflar kiritishlari mumkin. Zero, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga muvofiq, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar qonunlar loyihalarini yoki yangi qonun qabul qilinishi, qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi, shuningdek amaldagi qonunni yoki uning bir qismini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarurligi to‘g‘risidagi takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektiga ko‘rib chiqishi uchun kiritishlari mumkin. Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar yoki fuqarolar tomonidan kiritilgan qonunlar loyihalarini yoki takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ekti o‘zi ishlab chiqayotgan qonunlar loyihalari uchun asos sifatida qabul qilishi mumkin.
Davlat boshqaruv organlarining huquq ijodkorligi faoliyatida Adliya vazirligi alohida o‘ringa ega. Binobarin, davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik boshqaruv organlari va boshqa idoralar tomonidan ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan barcha qonun hujjatlari loyihalari qaysi masalani tartibga solishidan qatiy nazar majburiy tartibda Adliya vazirligi bilan kelishilishi shart.
Adliya vazirligi bilan kelishish tartibi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 28-bandida aniq belgilangan. Ya’ni, qonun hujjati loyihalari barcha vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan keyin Vazirlar Mahkamasiga kiritilgunga qadar ularni qabul qilish zarurligi asoslari (shu jumladan qonun loyihasi kontseptsiyasi, tegishli solishtirma jadvallar) va kelishmovchiliklar (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) bo‘yicha yozma mulohazalar ilova qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xulosa berish uchun yuboriladi. Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjat loyihasiga uning qonun hujjatlariga muvofiqligi, tegishli munosabatlarni huquqiy tartibga solishda ichki qarama-qarshiliklar va nuqsonlar yo‘qligi, shuningdek yuridik texnika qoidalariga rioya qilinganligi yuzasidan baho beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolati doirasida:
a) qonun ijodkorligi masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda mazkur faoliyatga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi;
b) qonun ijodkorligi va huquqning qo‘llanilish amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini ta’minlaydi;
c) qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
d) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunlar loyihalarini tayyorlash masalalari bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqadi va umumlashtiradi;
e) qonunlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
f) qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida, huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va yaxlitliligini ta’minlash to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi, qonun hujjatlarini kodifikatsiyalash ishlarini amalga oshiradi;
Huquqiy demokratik davlatda qonunning ustunligi so‘zsiz tan olinadi, ijtimoiy hayot xalq irodasi bo‘lgan faqat qonun normalari bilan tartibga solinadi.
Muxtaram davlatimiz rahbarining 2010 yil 12 noyabrdagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” deb nomlangan ma’ruzalarida belgilab bergan 6 ta yo‘nalishdagi demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning eng ustuvor vazifalardan biri sifatida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish yuzasidan taklif ilgari surildi.
Jumladan, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat hokimiyatining uchta sub’ekti: davlat boshlig‘i — Prezident, qonun

Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling