O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar


-jadval Xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» reyting bahosini olgan banklar


Download 156.43 Kb.
bet10/11
Sana16.06.2023
Hajmi156.43 Kb.
#1509462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi. Shamshiyev Diyorbek. Makroiqtisodiyot

3-jadval
Xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» reyting
bahosini olgan banklar




«Mudis»

«Fitch reyting»

«Standart end Purs»

TIF Milliy bank Ipoteka-bank
G’alla-bank
Aloqabank
Turonbank
Kredit standart bank

O’zsanoatqurilishbank Paxtabank
Asakabank
Hamkorbank
Ipak yo’li bank

TIF Milliy bank Kapitalbank

2008 yilda tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish, barqarorligini ta’minlash, investitsiya jarayonlarida ishtirokini yanada kengaytirish, ularning erkinligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.


Bu borada ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining jami kapitali 2007 yilga nisbatan 40,0 foiz ortib, 2 trln. 104 mlrd. so’mdan oshib ketdi
So’nggi yillarda mutlaq summada O’zbekiston tijorat banklari umumiy kapitalning o’sishiga nisbatan umumiy aktivlarning anchayin jadal sur’atlar bilan dinamik tarzda o’sishi ham kuzatilgan.
Tijorat banklari aktivlarining o’sishi asosan banklar kredit mablag’larining sur’ati hisobiga ta’minlanayotir. Agar banklarning kreditlari 2000 yilda bor yo’g’i 982,9 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2004 yilda 3 trln. 409 mlrd. 800 mln so’mga etdi. 2005 yilda 2004 yildagiga nisbatan bank kreditlari 443,5 mln. so’mga ortdi va 3 trln. 853 mlrd. 300 mln. so’mga etdi. . (1-chizma). 2007 yilda banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga berilgan kredit qoldiqlari 19,2 %ga oshdi va 2008 yilning 1 yanvari holatiga ko’ra 4757,4 mlrd. so’mni tashkil qildi. Shu bilan birga tijorat banklarining real sektorga bergan kreditlari miqdori 377, 13 mlrd. so’mni tashkil qildi. Bank kreditdarining o’sishi banklarning o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar hisobiga ta’minlandi.
Solishtirma vazn bo’yicha kreditlar tijorat banklari aktivlarining tarkibida birinchi o’rinni egillaydi.
Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab quvvatlashni kengaytirish maqsadida kichik biznes sub’ektlariga 743,7 mlrd. so’m miqdorida mablag’lar ajratildi., bu 2006 yilga nisbatan 36 %ga ko’pdir. Shu bilan birga kichik biznes sub’ektlariga berilgan mikrokreditlar hg’ajmi 2006 yilga nisbatan 70 %ga o’sdi va 110 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Birgina 2008 yilda xo’jalik sub’ektlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 1 trln. 534 mlrd. so’m miqdorida investitsion kreditlar ajratildi.
O’tgan yili banklar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar miqdori 2007 yilga nisbatan 68,2 foiz oshib, 1 trln. 251 mlrd. so’mni tashkil etdi. Agar aktiv amaliyotlari bo’yicha tahlil etilsa, 2005 yilda bank aktivlarining keskin o’sishi depozitlar hajmining kengayishi hisobiga yuz berdi. Agar 2000 yilda bank depozitlari hajmi 273,3 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa 2004 yilda 1523 mlrd. so’mga etdi. 2004-2005 yillar uchun depozitlarining o’sishi 33,1mln. so’mni tashkil qildi.
O’zbekiston tijorat banklarining depozitlari dinamik o’sish xususiyatiga ega. Qisman, bu aholi jamg’armalariga mablag’ tushumlarining o’sishi bilan izohlanadi. 2006 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, mamlakat tijorat banklaridagi aholi mablag’lari 449,5 mlrd. so’mni tashkil etdi, bu 2004 yildagigi nisbatan 39,2 foizga oshiqroqdir. 2006 yilning 9 oyi davomida esa tijorat banklaridagi aholi omonatlari qoldig’i 190 mlrd. so’mga, yoki 42,4 foizga oshib 1 oktyabr holatig ko’ra 640 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish doirasida tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalangan holda elektron hisob-kitob qilish tizimi kengaytirildi. Natijada, joriy yilning 1 yanvariga kelib, muomalaga chiqarilgan bank plastik kartochkalari soni 3,7 mln.taga, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalarida o’rnatilgan terminallar soni esa 17,8 ming donaga etdi.
PMTI tahlili chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar mamlakatdagi eng samarali va faol qatlamligini ko‘rsatgan. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar O‘zbekiston iqtisodiyotida qanday rol o‘ynashini tahlil qildi. Unga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning ahamiyati ortyapti. 2017−2021 yillar oralig‘ida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 2,7 baravarga oshib, joriy yilning 1-yanvar holatiga 13,2 mingtaga yetgan. Investitsiya kiritayotgan 50 dan ortiq mamlakatdan Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya yetakchilik qilmoqda. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar ulushi asosan iqtisodiyotning sanoat (30,6%) va savdo (28,5%) sohalariga to‘g‘ri keladi.
Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarda rasman band aholining 6%i faoliyat yuritadi, biroq ushbu korxonalarning ishlab chiqarishdagi ulushi 15%ni, asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi esa 24%ni tashkil etadi. Bunday korxonalar mamlakatdagi jami korxonalarning 2,5%ini tashkil etishiga qaramay, 2021-yili tashqi savdo aylanmasining 19,8%i, eksport va importning mos ravishda 19,7%i va 25%i ularning hissasiga to‘g‘ri kelgan. Tahlil chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar mamlakatdagi eng samarali va faol qatlamligini ko‘rsatgan. 2022−2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga ko‘ra, kelgusi 5 yilda iqtisodiyotga $70 mlrd miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda 2026-yilga borib, eksport hajmini $30 mlrd.ga yetkazish maqsad qilingan. Bunda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar sonini oshirish, ularning eksport faoliyatini rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega, deya ta’kidlanadi PMTI tahlilida. Davlat rahbari xorijiy investorlar bilan ishlashni tashkil etishning quyidagi tartibini belgilab berdi:

  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida Sarmoyadorlarni qo‘llab- quvvatlash ishchi guruhi tashkil etiladi;

  • ishchi guruh Xorijiy investorlar kengashi huzurida faoliyat yuritib, chet ellik sarmoyadorlarni kompleks va tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi;

  • investorni aeroportda kutib olishdan tortib, biznes uchun zarur ruxsatnoma va litsenziyalar berishgacha bo‘lgan barcha xizmatlarni “yagona oyna”

  • tamoyili asosida ko‘rsatadi va boshqalar.

Bundan tashqari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Xorijiy investorlar kengashi huzurida doimiy faoliyat yuritadigan Investorlarning huquqini himoya qilish qo‘mitasini tashkil etilishi belgilangan. O‘zbekistonning Fransiya bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda fransuz tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirishi ham xorijiy investorlarga bo‘lgan talabning yuqoriligini isbotlaydi. Prezidentning «2022–2024 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Loyiha bilan quyidagilarni tasdiqlash taklif etilmoqda: 2022–2024 yillarda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning yig‘ma prognoz parametrlari. Ularda 1 025,5 trln so‘m miqdoridagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, jumladan 41,4 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan; 2022–2024 yillarda investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari;230 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 50 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishini nazarda tutuvchi 2022 yilda yirik ishlab chiqarish obektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha manzilli dastur; 2022 yilda investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dastur, shuningdek uning choraklar kesimidagi ijrosining prognoz ko‘rsatkichlari;

2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi; 2022 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi va boshqalar. 2022 yil 1 yanvardan mazkur Dastur doirasida tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat to‘liq «Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali olib borilishi taklif etilmoqda. 2022 yil 15 yanvarga qadar vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar – loyihalar tashabbuskorlari har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha ularni amalga oshirishning oylar kesimidagi kompleks tarmoq jadvallarini axborot tizimi orqali ishlab chiqadi. O‘zbekiston bank-moliya sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirishga intilib, sarmoyadorlarning bu sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslari uchun ochiq ekani ta’kidlandi.




Download 156.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling