O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar


-diagramma 2000-2009 yillarda O’zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning o’sish sur’ati (oldingi yilga nisbatan % da)


Download 156.43 Kb.
bet4/11
Sana16.06.2023
Hajmi156.43 Kb.
#1509462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi. Shamshiyev Diyorbek. Makroiqtisodiyot

1-diagramma
2000-2009 yillarda O’zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning o’sish sur’ati (oldingi yilga nisbatan % da)

Manba: B.Yu.Xodiev, A.Sh.Bekmurodov, U.V.G’ofurov, B.K.Tuxliev. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma.– T.: Iqtisodiyot, 2009. , 32- b.


2008 yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ro’y berganligiga qaramasdan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 2007 yilga nisbatan 128,3 foizga o’sdi. Shu yili moliyalashtirishning barcha manbalari hisobiga iqtisodiyotimizga kiritilgan investitsiyalar hajmi 6,4 milliard AQSh dollariga teng bo’ldi. 2009 yilda YaIMning o’sishi 9 foizni tashkil etgan bo’lsa, bunda investitsiyalarning hissasi 2,5 foizga teng bo’ldi (2007 yilda mos tarzda 9,5 % va 2,1 %).2
Ayni paytda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalariga, sarflanish ob’ektlariga ko’ra va texnologik tuzilmasi ham takomillashib bormoqda. Jumladan, korxonalar mablag’larining jami investitsiyalardagi ulushi orta borib 2008 yilda 44,1 foizni (3741,1 mlrd. so’m), chet el investitsiyalari va kreditlarining hajmi esa 1685,8 million dollarni tashkil qildi. Shu yili investitsiyalarning 75,4 foizi ishlab chiqarishga mo’ljallangan loyihalarga yo’naltirildi. Investitsiyalar umumiy hajmida texnologik uskunalarning ulushi ortib bormoqda.
Markaziy bank asosiy stavkasi – inflatsion targetlash rejimi doirasida pul-kredit siyosatini yuritishning asosiy instrumenti bo`lib, Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiradigan pul-kredit operatsiyalari bo`yicha mo`ljal foiz stavkasi hisoblanadi. Ushbu stavkani o`zgartirish orqali Markaziy bank iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan pul-kredit sharoitlarini belgilab boradi.
Bank foiz stavkasi - bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori; qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kredit turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bogʻliq.
Pul massasi darajasini hisoblashning asosiy tamoyillaridan biri mablag‘larni likvidlilik darajasi hisoblanadi. Muomala-dagi pulning turlari pul agregatlari bilan guruhlarga ajratiladi. Unga ko‘ra muomaladagi mablag‘lar likvidlilik bo‘yicha tasniflanadi, ya’ni dastlab yuqori likvidli mablag‘lar past likvidligiga qarab M1,M2, M3,….Mn yoki L agregatlarga ajratiladi. Pul agregatlari tarkibi 
va soni turli mamlakatlarda turlichadir.


Download 156.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling