O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar


Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari


Download 156.43 Kb.
bet5/11
Sana16.06.2023
Hajmi156.43 Kb.
#1509462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi. Shamshiyev Diyorbek. Makroiqtisodiyot

3. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari

Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida amalga oshiriladi. Bunday mussasalarga turli xil banklar, birjalar, depozitariylar, sug’urta kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar va h.k.lar kiradi.


«Bank» tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, «sarrof kursisi, do’koni» degan ma’noni anglatadi. Bunday tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat ko’rsatgan bankirlar haqidagi ma’lumotlarida ham mavjud.
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank iqtisodiyot ishtirokchilarining pul yuzasidan bo’lgan aloqalariga xizmat qiluvchi institut (muassasa)dir. Pul bilan bog’liq xizmatlarni ko’rsatuvchi tashkilotlar ko’p, ammo ularning markazida banklar turadi. O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunida, bank nima, degan savolga quyidagicha javob topish mumkin:
Bank - tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.
O’zbekistondagi bank tizimi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, aktsiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2005 yil 1-iyul holatiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi bank tizimi 29 ta tijorat bankini o’z ichiga oldi.
Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor - yurak, pul bilan bo’ladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Hamma pul to’lovlari (transfertlar) banklar orqali o’tadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi;
- pul bilan bo’ladigan hisob-kitob operatsiyalarini, xususan, pul to’lash ishlarini bajaradi;
- chet el valyutasini sotadi va sotib oladi;
- o’z qo’lidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti bilan unga (muhtojlarga) qarzga beradi, ya’ni, kredit bilan shug’ullanadi;
- o’z puliga aktsiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi;
- biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo.
Bank ishi pul olamida bo’ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish maqsadida yuritiladi.
Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va pirovard natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va asosiy vazifalari quyidagilar:
“Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
O’zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash;
Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, kredit uyushmalari, garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qog’ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zahiralarini, shu jumladan kelishuv bo’yicha hukumat zahiralarini saqlash va tasarruf etish;
Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir”*
Tijorat banklari Markaziy bankda o’z qisqa muddatli va o’rta muddatli majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb yuritiladigan foizsiz omonatlarni saqlashga majbur.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o’zining mintaqaviy bo’linmalari orqali kredit muassasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot va yillik yakuniy balans ma’lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.
Kredit muassasalarining bo’ysunishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank tizimini ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin.
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan, Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit-hisob xizmati ko’rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bo’yiga (vertikal) va eniga (gorizontal) yo’nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal – rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank bilan qo’yi bo’g’inlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar o’rtasidagi bo’ysunish munosabatlari, gorizontal – turli quyi bo’g’inlar o’rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari tushuniladi.
Bugungi kunda banklarning kredit portfelining dollarlashuv darajasi 50 foiz, majburiyatlar 57 foiz darajasida bo‘lib, bu milliy valyuta kursining sezilarli darajada qadrsizlanishi bilan bank sektorining valyuta riski va zaifligining oshishiga olib keladi.
Dollarlashuv darajasini pasaytirish maqsadida Moliya vazirligi huzurida xorijiy valyutadagi kreditlarni milliy valyutaga konvertatsiya qilish bo‘yicha maxsus xedj-fond tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi risklarni hisobga olgan holda xorijdan so‘mdagi uzoq muddatli resurslarni jalb etish, shuningdek, xorijiy valyutadagi resurslarni jalb qilishda «ehtiyotkorlik siyosati»ni yuritish ko‘zda tutilgan.
Ikki yil ichida O‘zbekistonda uchta raqamli bank (TBC Bank, Anor Bank, Apelsin Bank) va masofaviy moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan 32 ta fintex-kompaniyasi tashkil etildi.
Tadbirkorlar o‘z to‘lovlarining 85 foizini masofadan turib amalga oshiradilar (2017 yildan beri 7 barobarga o‘sgan). Sakkizta bank raqamli identifikatsiya mexanizmidan (Face ID) foydalanmoqda, qolganlari esa testlarni yakunlamoqda.
2025-yilda O‘zbekiston bank tizimidagi xususiy sektor ulushini hozirgi 18 foizdan 60 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.
«Markaziy bank nazorat yukini yengillashtirish bo‘yicha o‘zining liberal siyosatini davom ettirish niyatida, bu tizimning moliyaviy barqarorligiga putur yetkazmagan holda progressiv bank sektorini shakllantirishga xizmat qiladi», — deya qayd etdi Markaziy bank rahbari o‘rinbosari.


Download 156.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling