O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar


-jadval. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy zahiralash me’yori


Download 156.43 Kb.
bet7/11
Sana16.06.2023
Hajmi156.43 Kb.
#1509462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi. Shamshiyev Diyorbek. Makroiqtisodiyot

1-jadval.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy zahiralash me’yori

Amal qilish sanasi

Muddatsiz va muddati 3 yilgacha bo’lgan depozitlar bo’yicha

3 yildan ortiq muddatli depozitlar bo’yicha

Xorijiy valyutadagi depozitlar bo’yicha

01.06.1996 y. gacha

30%

10%

0%

01.06.1996 y.dan

25%

10%

0%

01.12.1997 y.dan

20%

10%

0%

01.03.2000 y.dan

20%

20%

0%

04.07.2004 y.dan

20%

20%

0%

01.02.2005 y.dan

15%

15%

5%

01.09.2007 y.dan

13 %

13 %

13 %

01.11.2008 y.dan

15%

15%

15%

Xo’sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko’rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o’sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo’lgan talabni oshiradi va o’z navbatida, YaIM miqdorining ko’payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda o’z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to’xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.


2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, Jahon bankining mamlakat bank tizimi joriy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha asosiy xulosalari va tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Strategiya bank tizimini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor sohalarini, 2020 — 2025-yillarda bank tizimini transformatsiya va isloh qilish yo‘nalishlarini, xorijiy mamlakatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi asosida va moliyaviy sohadagi jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda ehtimoliy yechimlarni izlash yo‘llarini belgilaydi.
Strategiyaning maqsadi zamonaviy bank tizimini shakllantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va bank xizmatlarining yangi standartlarini joriy etishga qaratilgan bank tizimida kompleks o‘zgartirishlarni amalga oshirishdan iborat.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
Moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, faqatgina bozor talablari asosida kreditlash, banklarning davlat resurslariga bo‘lgan qaramligini kamaytirish, bank xizmatlarini modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;
Kredit portfeli sifati va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlari o‘sishining mo‘tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro miqyosda amaliy tajribaga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
Davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov savdolari asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;
Yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini ko‘paytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, respublikaning yagona moliya tizimidagi o‘zaro to‘ldiruvchi qism sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.



Download 156.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling