O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar


-chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi


Download 156.43 Kb.
bet3/11
Sana16.06.2023
Hajmi156.43 Kb.
#1509462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi. Shamshiyev Diyorbek. Makroiqtisodiyot

1-chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi

2. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar.

Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib kutilayotgan sof foyda me’yori hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o’rtasida teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof foyda me’yori (KSFM) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor.


Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmaydi.
Misol uchun, zavodga 100000 so’mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qo’llashdan zavod 10.000 so’m sof foyda olgan bo’lsin. Kutilayotgan sof foyda me’yori quyidagicha aniqlanadi:
KSFM q 10000 G’ 100000 x 100 q 10%.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16 foizga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12 foizni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi.
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillarga quyidagilar kiradi:
1. Soliqqa tortish darajasi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar;
3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori;
4. Investorlarning kutishi;
5. Yalpi daromadlarning o’zgarishi.
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi KSFMning (real foiz stavkasi o’zgarmagan sharoitda ham) ko’payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga sabab bo’ladi.
Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini akselerator modeli aks ettiradi: I q f(Y)
Investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funktsiyasi deb qaralar ekan, akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: I q IrejaQ γY
bu erda:
Δ I It –I t-1
γ q ----------- q ------------------
Δ Y Yt - Yt-1
Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi.
Akselerator modelini hisobga olib, investitsiya funktsiyasini quyidagicha yozish mumkin:
I q e - dR Q γY
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko’payishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo’sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaIMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda bo’lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhiti yaxshilandi. Jumladan, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining mustahkamlanishi va bank foiz stavkalarining pasaytirilishi, investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining yaratilganligi mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining o’sishiga olib keldi (2-diagramma).


Download 156.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling