O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomli jdpi tarix fakulteti Milliy g’oya, Ma’naviyat asoslari va Huquq ta’limi yo’nalishi


I-BOB. Ma’naviy hayotda diniy va siyosiy mafkura tushunchalarini o’rganish masalalari


Download 118.87 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi118.87 Kb.
#1551662
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dilora

I-BOB. Ma’naviy hayotda diniy va siyosiy mafkura tushunchalarini o’rganish masalalari.

    1. Ma'naviy hayot diniy va siyosiy mafkura tushunchalarining tahlili.

Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir «to’g’ri», «haqiqat» va «odil» hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir.
«.. Din o’z mazmuni mohiyati bilan azaldan jamiyat taraqqiyotiga, kishilarning tafakkuri va ma’naviyatiga, shu jamiyatga xolisona xizmat qiladigan ma’naviy komil insonlarni tarbiyalashdek sharafli ishga xizmat qilib kelgan»
Dunyoviy, ilmiy nuqtai nazar bo’yicha esa din, ijtimoiy – tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din – muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat – ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan, odam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. Olamda odamlar jamoasi paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir. Dinning nima ekanligi turlicha izohlansada, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoqlik tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir.
«Dunyoda dini, ishonchi, ehtiqodi bo’lmagan xalq, elat, millat yo’q. Chunki biron – bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror – bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Shuning uchun har qanday din jamiyatda ma’lum ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy va ko’pgina boshqa vazifalarini bajaradi. Ya’ni din insonlar hayotida ma’naviy-ruhiy kuch, odamlarning irodasini, iymonini baquvvat qiladigan omil sifatida jamiyatda xizmat qiladi.
Dinning mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o’rni ilohiyot va fanda turlicha talqin etiladi. Ilohiyotshunoslar fikricha – din xudo tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy qilinishi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. U azaldan insonning xudo bilan aloqa qilish ehtiyojidir.
Darhaqiqat ma'naviy hayotimizda islom dinining o'ziga xos alohida o'rni bor. Islom ta'limoti olamni anglash, dunyoviy tafakkur, tabiat va inson o'rtasidagi munosabatlarni idrok etish borasida katta ahamiyatga egadir. Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy ma'naviy va madaniy qadriyat sifatida imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida birinchi prezident I. A. Karimovning 1992 yil 7 martidagi Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida Din ishlari bo'yicha qo'mita tashkil etildi. 27 mart kuni O'zbekiston Prezidentining «Ro'za Hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish to'g'risida» Farmon e'lon qilindi.
1992 yildan boshlab har yili mamlakatimizda ro'za hayiti umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Shuningdek, qurbon hayiti ham yurtimizda dam olish kuni va bayram qilib nishonlanadigan bo'ldi. Eng muhimi, xalqimiz o'z tarixida birinchi marta bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas Haj va Umra amallarini ado etish sharafiga muyassar bo'lmoqda.
Faqat 1998 yilning o'zida 4 mingga yaqin fuqarolar Makka va Madinaga safar qildilar. Islom dunyosining mashhur allomalari bo'lmish Imom at-Termiziyning 1200 yilligi. Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahoviddin Naqshbandiyning 675 yilligi va Xo'ja Axror Valiyning 600 yilligi keng ko'lamda xalqimiz tomonidan nishonlandi. Ularning asarlari nashrdan chiqarildi. O'zbekiston Konstitutsiyasida vijdon erkinligi kafolatlanib, har kim hohlagan dinga e'tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Ayni vaqtda, Konstitutsiyada diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi deb ham yozilgan.1
“Mafkura” arabcha so‘zdan olingan bo‘lib tor ma’noda qarashlar va e’tiqodlar tizimi, majmui degan ma’noni anglatadi. Keng ma’noda mafkura — jamiyatdagi muayyan siyosiy, xuquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmuidir.
Siyosiy mafkura - siyosatshunoslikning eng murakkab kategoriyalaridan biridir. Chunki jamiyatni boshqarish zarurati muayyan g‘oyaviy dasturni va nazariyani taqozo etadi. Bu vazifani mafkura bajaradi. Mafkurasiz siyosiy xokimiyat bo‘lmaganligi kabi davlat va uning siyosiy institutlarisiz mafkura xam bo‘lmaydi. Shu bois mafkura ijtimoiy xayotni tashkillashtiruvchi, boshqaruvchi va muayyan maqsad sari yo‘naltiruvchi dastur, ta’limot bo‘lib xizmat qiladi. Mafkura asos e’tiboriga ko‘ra siyosat bilan uzviy bog‘liqdir. Siyosatning o‘zgarishi mafkuraga xam ta’sir ko‘rsatadi.
G`arb mamlakatlari tillarida mafkura „ideologiya" atamasi vositasida qo‘llaniladi1. Mafkura, xususan siyosiy mafkura masalalari taxlili XIX asr oxiri XX asr boshlarida taniqli nemis olimi M. Veber tadqiqotlarida yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi. Shuni ta’kidlash zarurki, mafkura masalasi sobiq SSSRda o‘ta mutlaqlashtirildi.
Mafkura va siyosat o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida sinfiy dushmanga qarshi kurash niqobi ostida nafaqat kommunistik mafkuraga zid g‘oyaviy unsurlar, balki xar qanday xurfikrlilik ta’qib ostiga olindi. Trotskizmga qarshi kurash, kollektivlashtirish, madaniy inqilob, stalincha qatag‘onlar o‘z qamroviga ko‘ra fashizm mafkurasidan qolishmadi. Ikkinchi jaxon urushidan keyin NATO va Varshava Shartnomasi davlatlari o‘rtasida vujudga kelgan „sovuq urush" siyosati xam asos e’tibori bilan mafkuraviy tabiatga ega edi. Xar qanday ilmiy va madaniy xurfikrlilikka agar u kommunistik mafkura qoliplariga to‘g‘ri kelmasa g‘ayriinsoniy, zararli deb qaraldi. Bundan ilm-fan va madaniyat ravnaqi katta zarar ko‘rdi. Sovet mafkurasining tub xususiyatlaridan biri shunda ediki, u xalqlarning milliy o‘zligini, madaniyati, axloqi va ma’naviyatining betakror jixatlarini inkor etar, „sovet xalqi" degan mavxum tushuncha ostida barcha millatlarni birlashtirishga urinar edi.
Natijada ayrim kam sonli xalqlar o‘z tili, milliy madaniyatini yuqotishgacha yetib bordilar. Aslida mafkura siyosatga oqilona yo‘nalish berishi, uni jamiyat xayotining turli jabxalaridagi real xolat bilan tanishtirishi lozim. Siyosatning mafkuraga tayanishining sababi — mafkuraning jamiyat ma’naviy kayfiyatini, orzu-umidlarini, maqsad va manfaatlarini ifodalovchi g‘oyaviy dastur ekanligidadir. Bu borada siyosiy mafkura aloxida o‘rin tutadi. Chunki u xuquqiy mafkura kabi demokratik, xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda yetakchi omillardan biri xisoblanadi. Siyosiy mafkurasiz biror-bir siyosiy xarakat bo‘lmaydi.
Siyosiy mafkura o‘z tarkibiga ko‘ra mavjud ijtimoiy voqelik, uning kelajagi to‘g‘risidagi siyosiy tasavvur va tushunchalardan tashkil topadi. Siyosiy mafkurada mavjud ijtimoiy voqelikning kelajagi xaqidagi fikr-muloxazalar muayyan dastur qiyofasiga kiradi. Shuning uchun siyosiy mafkura siyosiy amaliyot uchun dasturiy axamiyat kasb etadi. 
Siyosiy mafkuraning jamiyat taraqqiyoti uchun axamiyati shundan iboratki, u kishilarning xis-tuyg‘ulariga, kayfiyatlariga ma’naviy, g‘oyaviy jixatdan ta’sir qiladi, ularni g‘oyaviy jixatdan qurollantiradi va real xatti-xarakatga undaydi. Ya’ni, siyosiy mafkura ijtimoiy voqelikni taraqqiy ettirishga yordam beradi.
Siyosiy mafkuraning ijtimoiy voqelikni o‘zgartirishga qaratilishining sababi shuki — u jamiyatdagi ijtimoiy gurux va tabaqalarning extiyoj xamda manfaatlari bilan bog‘langandir. Shu bois siyosiy mafkura mavjud voqelikni emas, balki ko‘proq bo‘lishi lozim bo‘lgan ijtimoiy voqelikni yaratishta bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Chunki ijtimoiy voqelikda, siyosiy jarayonlarda doimo manfaatlar va extiyojlar kurashi ro‘y beradi. Siyosiy mafkura u yoki bu ijtimoiy gurux, sinf, tabaqaning g‘oyaviy dasturi, siyosiy ideali xisoblanadi. Ular o‘z mafkuralarini yoki siyosiy dasturlarini jamiyatning boshqa tabaqalari ongiga singdirishga va yetakchi mafkura darajasiga ko‘tarishga xarakat qiladilar. Dunyoda turli-tuman mafkuralarning shakllanganligini shu omil bilan izoxlash mumkin. Mafkura jamiyatning ilgarilanma taraqqiyotida g‘oyaviy „kompas" vazifasini bajaradi. Mafkura va siyosatning sub’ekti insondir.
Aynan kishilar o‘zlari uchun qaysi mafkura ma’qul ekanligini tanlashadi. Demokratik jamiyatdagina mavjud bo‘ladigan bunday tanlovda turli siyosiy guruxlar, qatlamlar, uyushmalar va tabaqalar ishtirok etadilar. Demak, siyosiy mafkura u yoki bu ijti­moiy guruxning manfaatlarini ifodalovchi va ximoya qiluvchi xamda ko‘proq miqdordagi kishilarning indivi­dual o‘y-fikrlari va xatti-xarakatlarini xokimiyatdan foydalanishning muayyan maqsadlari va vazifalariga bo‘ysundirishni talab qiluvchi tizimlashgan (sistemalashgan) g‘oyalar, qarashlarning yig‘indisidir. Xullas, siyosiy mafkura — bu muayyan ijtimoiy guruxning xokimiyatga intilishini yoki undan foydalanishini asoslovchi va siyosiy xarakatning u yoki bu strategiyasini ko‘zda tutuvchi g‘oyaviy tizimdir.



    1. Download 118.87 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling