O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomli jdpi tarix fakulteti Milliy g’oya, Ma’naviyat asoslari va Huquq ta’limi yo’nalishi


Ma’naviy hayotning o’ziga xos jihatlari va uning diniy va siyosiy mafkura sohalari bilan uzviy aloqadorligi


Download 118.87 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi118.87 Kb.
#1551662
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dilora

Ma’naviy hayotning o’ziga xos jihatlari va uning diniy va siyosiy mafkura sohalari bilan uzviy aloqadorligi.

O’zbek davlatchiligi tarixiga nazar solinsa, diniy bag‘rikenglik, vijdon va e’tiqod erkinligi asosiy prinsip va davlat siyosati darajasiga ko‘tarib kelinganiga ishonch xosil qilamiz. Masalan, Toshkent Islom universiteti islom xuquqi kafedrasi mudiri Abdulxakim Juzjoniyning yozishicha, kushonlar davrida zarb qilingan tangalarning bir tomonida budda dini — davlat rasmiy dinining ramzi bo‘lsa, ikkinchi tomonida boshqa bir dinning ramzi aks etgan. Islom dini kirib kelganda Buxoroda turli din tarafdorlari bo‘lgan: budda, zardush-tiylik, nasroniylik, moniy va shamanizm kabi. Barcha din tarafdorlari bir-birlari bilan axil, inoq yashaganlar1.
Xorazmshoxlar davlatida bundan 1000 yil avval faoliyat ko‘rsatgan Ma’mun akademiyasida yirik siymolar - Ibn Sino, Beruniy, Ibn Iroqlar qatorida ikkita mashxur xristian olimlari — Abu Saxl Masixiy, Abul Xayr Xammor ijod qilishgan. Masixiy — bu xristian degani. U Beruniyning Ibn Iroqdan keyingi ikkinchi ustozi bo‘ladi. Ular bir akademiyaning a’zosi sifatida ko‘p yillar birga ishlashgan. Yoki Sultoniya cherkovi (Eron Ozarbayjoni) ruxoniysining Amir Temur elchisi sifatida Yevropaga yuborilganligi diniy bag‘rikenglik o‘zbek xalqi mentalitetida chuqur ildizga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.
Islomning Markaziy Osiyo ijtimoiy xayotidagi maqomining zaiflashib borishi bilan unga tashqi musulmon dunyosining munosabati xam o‘zgarib bordi. Uzoq yillar davomida tashqi olam, xususan, musulmon dunyosi uchun „yopiq" bo‘lib qolgan Markaziy Osiyoga diniy taassubga va zo‘ravonlikka (ekstremizmga) moyil ajnabiy diniy tashkilotlarning qiziqishi ortib bordi. O’zbekistan raxbariyati tomonidan mustaqillikning ilk bosqichida mazkur soxaga oid qator chora-tadbirlarning amalga oshirilishi diniy ekstremizm va fundamentalizm yoyilishi dinamikasini pasaytirishni ta’minladi.
Ayni paytda xayotiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, unga butunlay barxam berishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasi, ko‘rilayotgan ma’muriy jazo choralari bilan bir qatorda, din xaqida chuqur bilimlarga ega bo‘lgan saloxiyatli mutaxassislarning mafkuraviy xayotdagi faolligi bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur omil bizning anchagina zaif nuqtalarimizdan ekanligi dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan O’zbekiston oldida qator qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Ushbu muammoni xal etishga — diniy bilimlarni chuqur egallagan mutaxassislarni tayyorlash ishiga samarali xissa qo‘shayotgan O’zbekistondagi mavjud madrasalar tizimiga Imom al-Buxoriy nomidagi Mir Arab madrasasi va shu nomdagi Toshkent Islom ma’hadi boshchilik qilmoqda. Ular Qohira shahridagi Al-Azhar dorilfununi va Iordaniya qirolligining Islom dorilfununi kabi yirik islomiy ilm markazlari bilan aloqa bog‘laganlar.
O’zbekiston — dunyoviy davlat. Demak, dunyoviy davlatlarda amal qiladigan davlat va din munosabatlari prinsiplari O’zbekistonda xam amal qiladi. Bu prinsiplar moxiyatini yanada teranroq tushunish uchun BMTning „Inson xuquqlari umumjaxon Deklaratsiyasi", mamlakatimiz Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1998 yilning 1 mayida yangi taxrirda qabul qilingan 23 moddadan iborat „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun bilan batafsil tanishib chiqmoq lozim.
Vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismidir. Shuning uchun xam BMTning 1948 yilda qabul qilingan „Inson xuquqlari umumjaxon Deklaratsiyasi"ning 18-moddasida „har bir inson... vijdon va din erkinligi xuquqiga egadir" deb yozilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31- moddasida „Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Xar bir inson xoxlagan dinga e’tiqod qilish yoki xech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik xuquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi" deb belgilangan. 2
Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni xalollik va poklik, mehr-shafqat va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Xozirgi zamonda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining xamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustaxkamlashning muxim sharti xisoblanadi.
Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi — xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida xamkor va xamjixat bo‘lib yashashini anglatadi. Qadim-qadimdan din aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib keladi. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani xam dinning ana shu tabiati bilan bog‘liq. Xozirda O’zbekistonda 18 ta diniy konfessiyaga mansub 2200 dan ortiq diniy tashkilotlar mavjud.
Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat xayotida ishtirok etishi uchun xamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi xuquqiy asoslar O’zbekiston Konstitutsiyasida, „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida" gi qonunda o‘z ifodasini topgan.
Dunyoviy, demokratik davlatning dinga nisbatan siyosati prinsiplariga ko‘ra dindorlar va diniy tashkilotlar quyidagi talablarga rioya qilishlari lozim:
— O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish;
— dindan davlatga va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi tapg‘ibot olib borish, millatlararo adovat uyg‘otish va fuqarolararo totuvlikni buzish vositasi sifatida foydalanmaslik;
— diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi;
— diniy o‘quv yurtlarida diniy fanlardan dars beruvchi shaxslarning diniy ta’lim olgan bo‘lishlari va diniy tashkilot raxbariyati ruxsati bilangina o‘qitish ishlarini olib borishlari;
— dindorlardan majburiy pul yig‘imi yig‘maslik va to‘lovlar undirmaslik;
— taqiqlangan g‘oyalarni, adabiyotlarni, kino, foto va video maxsulotlarni tarqatmaslik xamda ishlab chiqarmaslik.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga ko‘ra diniy moxiyatdagi siyosiy partiya va jamoat xarakatlarini tuzish taqiqlanadi.
Shuningdek:
dindorlar va diniy tashkilotlarning davlat xokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq o‘tkazishi;
— yashirin diniy faoliyat bilan shug‘ullanishi;
— davlat ro‘yxatidan o‘tmagan diniy tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi;
— diniy tashkilotlar xizmatchilarining O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodining ro‘yxatga olinishi;
— diniy tashkilotlar xizmatchilarining xokimiyat vakillik organlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinishi taqiqdanadi.
O’zbekiston Respublikasining „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunning 3-moddasiga ko‘ra „Fuqaro o‘zining dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod qilmaslikka, ibodat qilishda diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi".
Ushbu qonunning 7- moddasiga ko‘ra O’zbekistonda ta’lim tizimi dindan ajratilgandir. Ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Voyaga yetmagan bolalarni ularning ota-onalari roziligisiz diniy tashkilotga jalb etish, diniy ta’lim berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Umumiy majburiy o‘rta ta’lim olgandan keyingina oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtiga ta’lim olish uchun kirish mumkin. Xususiy tartibda diniy ta’lim berish man etiladi1.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlar xizmatchilari bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlatimiz va milliy istiqlol mafkuramizning dinni madaniy-ma’naviy omillar silsilasiga kiruvchi barcha milliy qadriyatlar qatorida teng xuquqli qadriyat sifatida tan olganligining yorqin misoli tariqasida quyidagi ma’lumotlarni keltiramiz:
— XX asrning 80-yillarida sobiq SSSR bo‘yicha xar yili 25-30 kishi Xaj ziyoratiga borgan bo‘lsa, 1991 yilda O’zbekistondan 1500 fuqaro, 2000 yilda esa 4 mingga yaqin fuqaro xaj ziyoratiga borib keldi.

  • 1990 yilda xakim at-Termiziyning 1200 yilligi keng nishonlandi.

— 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning Saudiya Arabistoniga rasmiy vizit bilan tashrif buyurishi mamlakatimiz va musulmon dunyosi o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda katta amaliy axamiyatga ega bo‘ldi.
— 1993 yilda Baxouddin Naqshbandning 675 yilligi nishonlandi.
— 1993 yilda Imom Ismoil Buxoriyning 1220 yilligi nishonlandi va bu ulug‘ muxaddisning to‘rt jildlik „Al-Jome’ as-sahiyh" (Ishonarli to‘plam) xamda „Al-adab al-mufrad" (Odob durdonalari) asarlari o‘zbek tilida chop etildi.
— 1996 yilda rus pravoslav cherkovi Toshkent va O’rta Osiyo Yeparxiyasining 125 yilligi nishonlandi.
— 1998 yilda Imom Ismoil Buxoriyning 1225 yilligi nishonlanib, uning Chelak tumani Xartang qishlogidagi qabri ustida maxobatli maqbara qurildi.
— 1999 yilda Toshkent Islom universiteti ochildi.
— 2000 yilda Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi, Burxoniddin Marg‘inoniyning esa 910 yilligi nishonlandi.
— 2003 yilda ulug‘ mutasavvuf Abduxoliq G’ijduvoniyning 900 yilligi nishonlandi.
— 2007 yilda Xalqaro Islom Konferensiyasi Tashkiloti — AYSESKO tomonidan Toshkent shahri „Islom madaniyati markazi" deb e’lon qilindi.



Download 118.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling