O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomli jdpi tarix fakulteti Milliy g’oya, Ma’naviyat asoslari va Huquq ta’limi yo’nalishi


Jamiyat ma’naviy hayotiga xos o’zgarishlarning diniy va mafkuraviy omillari


Download 118.87 Kb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi118.87 Kb.
#1551662
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dilora

2.2. Jamiyat ma’naviy hayotiga xos o’zgarishlarning diniy va mafkuraviy omillari.
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan davlatimizning dinga bo‘lgan munosabati nimalar bilan belgilanadi, degan savolga javob berishdan avval „dunyoviylik" degan tushunchaning o‘zi nimani anglatishini aniqlashtirish lozim.
Dunyoviylik diniy e’tiqodning ijtimoiy-madaniy xayot va qolaversa, umummilliy taraqqiyotdagi axamiyatini inkor etadimi? Agar inkor etmasa, dinning xayotiy voqelikdagi rolini u qanday tushunadi? Ana shu savollarga oydinlik kiritsakkina mustaqil O’zbekistonda dunyoviy jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-xarakatlarning, shuningdek siyosat, din va mafkura o‘rtasidagi aloqaning, munosabatlarning tub moxiyati ravshanlashadi. Fikrimizcha, taraqqiyotning dunyoviy yo‘li sobiq kommunistik mafkura „qoliplari"ga tushmasligi, ya’ni uning daxriylik xamda diniylik emasligiga bog‘liq. Bundan dunyoviylik moxiyatan, zikr etilgan ikki qarama-qarshi qutbning, ya’ni diniylik va daxriylikning oralig‘ida joylashgan ma’naviy-madaniy xolat degan xulosaga kelish mumkin. Chunki, u diniylikni xam, daxriylikni xam inkor etmaydi, ularning xar ikkalasini ob’ektiv ijtimoiy xodisa deb e’tirof etadi.
Bundan kelib chiqadigan mantiqiy xulosa shuki, dunyoviylik tushunchasi plyuralizm, ya’ni xurfikrlilikka asoslanadi. Dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatlardagi dinga bo‘lgan munosabat demokratik plyura­lizm, ya’ni xurfikrlilik tamoyiliga asoslangani tufayli ularda din xayotdagi ijtimoiy-madaniy va ma’naviy-ruxiy muxit rang-barangligini ta’minlovchi xilma-xil tarixiy qadriyatlar silsilasidagi teng xuquqli bo‘g‘in sifatida qabul qilingan.
Dunyoning ko‘pchilik davlatlari, xususan, rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, din dunyoviy davlat tuzumi bilan nafaqat murosa qilishi, balki umummilliy yuksalish yo‘lida u bilan samarali xamkorlik qilishi mumkin.
Dinning jamiyatimizdagi o‘rni eng avvalo, uning konstitutsiyaviy maqomi bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq barcha fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlangan. Diniy tashqilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan va ularning qonun oldida tengligi belgilab qo‘yilgan. Ayni paytda milliy va diniy ruxdagi siyosiy partiya va jamoat birlashmalarining tuzilishi xamda faoliyati taqiqlangan.

Download 118.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling