O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomli jdpi tarix fakulteti Milliy g’oya, Ma’naviyat asoslari va Huquq ta’limi yo’nalishi


Download 118.87 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi118.87 Kb.
#1551662
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dilora


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
A.Qodiriy nomli JDPI Tarix fakulteti Milliy g’oya, Ma’naviyat asoslari va Huquq ta’limi yo’nalishi
404-guruh talabasi
Karamiddinova Diloraning
Ma’naviy hayotda diniy va siyosiy mafkura ta’sirining kuchayishi
mavzusida yozgan

KURS ISHI






Jizzax -2022 yil


Mavzu: Ma’naviy hayotda diniy va siyosiy mafkura ta’sirining kuchayishi


Reja




Kirish…………………………………………………………………







I-BOB

Ma’naviy hayotda diniy va siyosiy mafkura tushuncha -larini o’rganish masalalari










1.1-§.

Ma'naviy hayot diniy va siyosiy mafkura tushunchalarining tahlili …………………………………………………










1.2-§.

Ma’naviy hayotning o’ziga xos jihatlari va uning diniy va siyosiy mafkura sohalari bilan uzviy aloqadorligi.…………….







II-BOB

Ma’naviy hayotda mafkuraviy o’zgarishning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari










2.1-§.

Hozirgi davrda ma’naviy hayotdagi o’zgarishlarning siyosiy va huquqiy asoslari…………………………………………










2.2-§.



Jamiyat ma’naviy hayotiga xos o’zgarishlarning diniy va mafkuraviy omillari….…………...…………..










2.3-§.

Ma’naviy hayotdagi islohotlar jamiyat hayotidagi o’zgarishlarning muhim yo’nalishi…………………………










Xulosa………………………………………………………………….










Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari








KIRISH
Hayotimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohatlar samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog’liqdir. Shu boisdan ham, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfatlari bilan uyg’un holda ko’radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi biz uchun muhim masalaga aylandi. Yana bir dolzarb vazifa, o’sib kelayotgan avlodga, uning ma’naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi hisoblanadi. Nega deganda, yoshlar xalq ma’naviyat munosib egalaridir. Shuning uchun har bir o’g’il-qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab madaniy boyliklarimizdan bahramand bo’lishi kerak.
Mustaqil respublikamiz bugungi ma’naviy hayotida asrlarga teng sezilarli o’zgarishlar yuz bermoda. Milliy an’analarimiz va asriy qadriyatlarimiz tiklanmoqda, ularning hayotimizdagi o’rni yanada mustahkamlanmoqda. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish rivojlanish ning o’ziga xos yo’lida borayotgan mamlakatimizning taraqqiyotini ustuvor yo’nalishlaridan bir ekanligi bugun yaqqol ko’rib turibmiz. Zero, fuqorolarni milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi ruhida tarbiyalashda ma’naviyatning ro’li beqiyos ekanligi hammaga ma’lum. Mamlakatimizda xalqimiz ma’naviyatni tiklashda birinchi prezidentimiz Islom Karimovning ro’li katta hisoblanadi. Yurtboshimizning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: Xavfsizlikka tahdid, barqaroqlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, ”Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”, ”Jamiyatimizning mafkurasi xalqni-xalq, Millatni-millat qilishga xizmat qilsin”, ”Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va Buyuk kelajakka ishonchdir”, ”Ma’naviy yuksalish yo’lida”, ”O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolinining asosiy tamoyillari”, ”O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”, ”Maktab taraqqiyot, ma’naviyat va saodat kaliti”, ”Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga hamjihatligimizga va qat’iy irodamizga bog’liq”, ”Inson uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat” va boshqa asarlarida zamonaviy milliy ma’naviyatimiz asoslari ishlab chiqilgan. Bu asarlarda milliy ma’naviy tiklanish va ma’naviyatni rivojlantirish g’oyalari asoslangan, ma’naviyat tushunchasiga ta’rif berilgan. Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning ”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida yurtboshimiz ma’naviyat, odob-axloq haqida ko’plab fikr-muhohazalarni aytib o’tganlar. Ularning o’zaro bog’ligi, shaxs hayotida va faoliyatidagi o’rni haqida ta’kidlab o’tganlar va ko’plab misollar orqali izohlaydi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baqquvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini barcha qarashlarining mezonidir, desak, menimcha, tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o’z tasdig’ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo’lamiz.1
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti barcha davlatlarda rivojlanishning mohiyati, uning sur’ati, insonlarning odobi, tarbiyasi, xulqi va ma’naviy kamoloti darajasiga bo’g’liq bo’lgan. Qayerda ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-axloqiy kamolot yuksak bo’lsa, tarbiyaviy tadbirlar yo’lga qo’yilgan bo’lsa, shu yerda jamiyatning ijtimoiy adolat mezonlari tez rivojlanadi. Biz qurayotgan mustaqil O’zbekistonda demokratik-huquqiy jamiyatning uch muhim tomoni bor: iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy. Ular qancha mustahkam baquvvat bo’lsa, kelajagimiz shunchalik baquvvat bo’lib, jamiyat tez rivojlanadi. Abdulla Avloniyning talim-tarbiyaga oid asarlaridan biri bo’lgan “Turkiy guliston yoxud axloq” hisoblanadi. Bu asarda muallif, avvalambor, axloq masalalariga murojaat qilgan. Abdulla Avloniy odamlarni axloqiy jihatdan turli xil toifalarga bo’ladi va har qaysi toifaga xos bo’lgan sifatlarni izohlaydi.


Download 118.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling