O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomli jdpi tarix fakulteti Milliy g’oya, Ma’naviyat asoslari va Huquq ta’limi yo’nalishi


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi "Tabassum" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi


Download 118.87 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi118.87 Kb.
#1551662
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dilora

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi "Tabassum" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. 21.04.2017

Davlatimiz rahbari mahalla hayoti bilan tanishib, aholi bilan muloqot qildi. Uchrashuvda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha islohotlar, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.


Mahallalar tom ma’noda madaniyat va ma’naviyat maskaniga aylanmog‘i lozim, buning uchun aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish zarur, dedi Prezidentimiz. Kitob insonga bilim beradi, uning ma’naviy olamini boyitadi,


Tabassum mahallasidagi 27 ko‘p qavatli uyda 5 ming 300 dan ziyod turli millat vakillari istiqomat qiladi. Mahalla fuqarolar yig‘ini markazi binosida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu yerda mahalla raisi, kotib va maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xizmat xonalari bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Sartaroshxona, "Go‘zallik saloni", savdo do‘koni, novvoyxona qurish rejalashtirilgan. Bu xalqimizga xos hamjihatlik, mehr-oqibat fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Yaqinda mahalla hududida bolalar maydonchasi, mini-futbol maydoni qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu mahalla yoshlari uchun yana bir qulaylik bo‘ldi. 
Har bir rahbar odamlarning dardiga quloq solishi, muammolarini hal qilishi, bir so‘z bilan aytganda, ularni rozi qilish tashvishi bilan ishlashi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Shundagina ularning davlatga, kelajakka ishonchi ortadi.


Xulosa
O’zbekistonda adolatli demokratik jamiyat qurishda siyosat, din va mafkuraning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning o‘zaro munosabati masalalarini chuqur idrok eta olish xar bir talaba uchun muxim axamiyatga ega. Barcha zamonlarda milliy g‘oya va mafkura diniy qarashlar bilan uyg‘un rivojlanganligiga insoniyat tarixi xam guvoxdir. Din o‘z moxiyatiga ko‘ra poklik, mexr-oqibat kabi ezgu tuyg‘ular orqali milliy mafkuramiz g‘oyalarini yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga singdiradi. Bugungi globallashuv jarayoni o’tmishda ham, hozir va kelajakda ham milliy g’oyaga bo’lgan zaruratni oshirib boradi. Shuning uchun ham bu dunyo qanchalik ma’rifiy taraqqiyot qonunlariga amal qilmasin, inson qalbi, ongi va ishonchi, e’tiqodini o’zgartirishga bo’lgan harakat, urinish, doimo saqlanib qoladi. Bunday urinish yo’qolgan davrni, inson ongi va qalbini o’z holicha erkin va turli xil «mafkuraviy tazyiqchirdan xoli holda rivojlanish deb tasavvur etishni» faqat orzu qilish mumkin. Turli maqsadlar, manfaatlar bor ekan u turli davrlarda, turli xil namoyon bo’lishi tabiiy.
«Barchamizning tayanchimiz va suyanchimiz bo’lgan farzandlarimizning xursandchiligini, kerak bo’lsa, ochiq qiyofasi, baxtiyor chexrasini ko’rish, ertangi kunga ishonchini o’zimizga tasovvur qilish shuning o’zi katta baxt emasmi?» deb ta’kidlaydi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. Bu uni yangi yutuqlarga, ezgu maqsadlarga undaydi. Hayotning, yashashning ma’no-mazmunini insonlar bilan birga bo’lishda, ularga savob ishlarni qilish, ezgulik yo’lida mamlakat ravnaqi uchun ilm olishga, kasbhunar egallashga undaydi. Inson hayotida suv va havo qanchalik zarur, non qanchalik aziz bo’lsa, milliy g’oya ham shunday. Usiz, inson o’zligini, istiqbolini aniq tasavvur eta olmaydi. Milliy g’oya shunga o’rgatadi. Bu esa har bir insonyushg o’ziga xos ma’naviy dunyosi orqali amalga oshadi. Bunday mushtaraklik ma’naviy kuch qudrat manbai bo’lib taraqqiyotga xizmat qiladi, Zamon, davr va avlodlar o’zgaradi, lekin milliy g’oyaga zaruratning qolishi muqarrar. Milliy g’oya boyib, rivojlanib borishi tabiiy. Dunyodagi o’zgarishlar milliy g’oya oldida ham yangiyangi vazifalarni, usul va vositalardan foydalanishni talab qiladi. Uni hisobga olish, "mafkura maydonida" ezgu va bunyodkor g’oyalarning doimo ustuvorlik qilib qolishini, ma’rifiy taraqqiyotning istiqbolini belgilaydi.


Download 118.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling