O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Download 0.64 Mb.
bet7/8
Sana08.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1177060
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shanxay xalqaro tashkiloti

Afg'oniston Markaziy Osiyo xavfsizligi bilan bevosita bog'liq bo'lgan davlatdir. Tolibon harakati butunlay yo‘q qilingan taqdirda ham Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligiga eng katta tahdid Afg‘onistondan keladi. Shu bois Afg‘oniston muammosi ShHT uchun alohida e’tibor ob’ektidir.
2004-yilda Afg‘oniston prezidenti Hamit Karzay ShHT sammitida ishtirok etdi, unda ShHT Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratayotgani e’lon qilindi. Biroq hozirda Afg‘onistonning ShHTga kirishi yo‘lida ko‘plab to‘siqlar mavjud.
1. Bu AQShning Afgʻonistonga nisbatan protektsionistik chizigʻi boʻlib, ShHTga aʼzolik qaroriga bevosita taʼsir qilishi mumkin.
2. Afg‘onistonning ShHTga qabul qilinishi tashkilot Afg‘onistonda xavfsizlik va iqtisodiy tiklanishga erishish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishini anglatadi, shu bilan birga ShHT bu maqsadlarga erishish uchun yetarli resurslarga ega bo‘ladimi yoki yo‘qmi, noma’lum.
Shunga qaramay, kelajakda vaziyatning ijobiy rivojlanishi bilan Afg‘oniston ShHTga a’zolik mezonlariga mos keladigan darajaga yetishi mumkin.
ShHT mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, iqtisodiy taraqqiyot va turli sohalarda integratsiyani kengaytirishga qaratilgan strategik sheriklikning munosib namunasi ekanligi shubhasizdir. Vaqt o'tishi bilan xalqaro munosabatlarning ko'p qutbli tizimini, muvozanatli, adolatli va samarali tizimni qurish modeliga aylana oladigan misol. Shunga ko‘ra, vujudga kelayotgan Osiyo va jahon xavfsizlik tizimlarida tashkilotning o‘rni, global muammolarga yechim izlash yanada qimmatli bo‘lib bormoqda.

2.3.Shanxay hamkorlik tashkilotida Oʻzbekiston tashabbuslari
SHHTning asosiy vazifasi aʼzo davlatlar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish, mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, iqtisodiy va gumanitar munosabatlarni rivojlantirishdir. Har qanday xalqaro tashkilotning nufuzi va ahamiyati unga dunyoda berilayotgan eʼtibor va faoliyatining samaradorligi bilan belgilanadi. SHHT nisbatan qisqa vaqt ichida nufuzli xalqaro tashkilotga aylandi. Taʼkidlash joizki, kuzatuvchi mamlakatlar bilan qoʻshib hisoblaganda, Shanxay hamkorlik tashkiloti dunyo aholisining yarmini birlashtiradi. Bu esa uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari – iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashdagi salohiyatini oshiradi.
2019-yil 1-yanvardan SHHT Bosh kotibi vazifasi Oʻzbekiston vakili Vladimir Norovga oʻtdi. Qisqa vaqt xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan SHHTdek tuzilmaga Bosh kotiblik qilish Oʻzbekiston vakiliga topshirilgani mamlakatimizga xalqaro doirada hurmat va ishonch ortib borayotganidan dalolat.
Tashkilotga aʼzo mamlakatlarning umumiy hududi 34 million kvadrat kilometrdan ziyod, yaʼni Yevroosiyo hududining 60 foizi demakdir. SHHT mamlakatlari aholisining umumiy soni 3 milliard 40 million nafarga teng, bu sayyoramiz aholisining qariyb yarmi degani. U 8 ta aʼzo davlatdan tashqari 4 ta kuzatuvchi, 3 ta kuzatuvchilikka nomzod davlatni, 6 ta “muloqot boʻyicha sherik” maqomiga ega mamlakatni birlashtirgan.
Xalqaro jamoatchilik SHHT sammitlari ishini diqqat bilan kuzatarkan, uning dunyoda yuz berayotgan voqealarga faol munosabati, xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan qatʼiy siyosiy yoʻliga ishonch hosil qilmoqda, deb aytish mumkin.
SHHT doirasida qabul qilingan qarorlar aʼzo mamlakatlar tomonidan toʻla maʼqullangan taqdirdagina kuchga kirishi va bu munosabatlar koʻp tomonlama kelishuvlar orqali mustahkamlanishini nazarda tutsak, Tashkilotning qisqa davrda katta obroʻ-eʼtibor qozonishiga sabab boʻlgan omillarni anglagandek boʻlamiz. Tashkilot ayni kunda nafaqat xavfsizlik, balki ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sotiq, transport kommunikatsiyasi, sarmoya va gumanitar masalalarga ham jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Bular tashkilotning ochiqligi, barcha manfaatdor davlatlar va xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikka tayyor ekanidan dalolatdir.
SHHT, avvalo, oʻzining asosiy tamoyillaridan kelib chiqqan holda, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni saqlashning ishonchli kafolati sifatida maydonga chiqmoqda, dunyo tez oʻzgaruvchan, notinch boʻlib turgan hozirgi zamonda bu gʻoyat muhim. Ikkinchidan, bu ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va gumanitar sohalarda koʻp tomonlama samarali hamkorlikni tashkil etish borasida qoʻyilayotgan va bajarilayotgan vazifalar, buning uchun zarur shartnomaviy-huquqiy asosni shakllantirish va har bir mamlakat uchun ahamiyatli boʻlgan yirik loyihalarni amalga oshirishdir. Uchinchidan, SHHT aʼzo davlatlarning teng huquqli birlashmasi boʻlib, uning faoliyati boshqa mamlakatlarning manfaatlariga qarshi qaratilmagan va harbiy blok xususiyatiga ega emasligi yaqqol namoyon boʻlmoqda.13
Bundan tashqari, tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari “Shanxay jarayon”larini tezlashtirish uchun Tashkilot ixtiyoridagi mavjud qarorlar, deklaratsiyalar va loyihalarni amalga oshirishga eʼtiborni kuchaytirish zarurligini taʼkidlamoqda. Chunki har qanday koʻp tomonlama tizimlar faoliyati qabul qilinayotgan qarorlarning soʻzsiz va bosqichma-bosqich bajarilishi bilan samara beradi. Bu “oltin qoida” SHHTning jipsligi va uyushqoqligi uchun oʻziga xos mezon boʻlib qolishi bejiz takrorlanmayotir.
SHHTni yana-da rivojlantirish aʼzo davlatlarning muayyan amaliy natijalarga erishishiga, avvalo, barqaror taraqqiyotni taʼminlash va butun mintaqa mamlakatlari aholisi farovonligini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlariga bogʻliq. Shu bois, Oʻzbekiston SHHT makonida milliy va transchegaraviy ahamiyatga molik avtomobil, temir yoʻl va havo yoʻli kommunikatsiyalarini barpo etish va modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy logistika markazlari va xablar yaratish tarafdoridir. Bu ishlarning amalga oshirilishi aʼzo davlatlarning Yevropa Ittifoqi, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2018-yil 10-iyunda Xitoyning Sindao shahrida boʻlib oʻtgan Tashkilotning navbatdagi sammitida qabul qilingan SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi Uzoq muddatli yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani amalga oshirish boʻyicha Harakatlar rejasi mazkur ishlarning muhim natijalaridan biridir. Sindao sammiti “Shanxay sakkizligi” rahbarlarining birinchi uchrashuvi sifatida tarixda qoldi. Tashkilot nufusi 2017-yilda birdaniga bir yarim milliardga koʻpaydi, uning iqtisodiy va intellektual salohiyati sezilarli darajada kengaydi.
Shuni alohida taʼkidlash keraki, Hindiston va Pokistondek davlatlarning SHHT faoliyatida toʻla huquqli aʼzo sifatida ishtirok etishi keng koʻlamli hamkorlikni yana-da rivojlantirish va mustahkamlash uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratdi. Ayni paytda Tashkilotning mintaqaviy va global siyosatni shakllantirish, Yevroosiyo qitʼasi xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini taʼminlashning muhim mexanizmi sifatidagi roli kuchayib bormoqda.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida ham davlatlar oʻzaro muloqotni yigʻishtirib qoʻygani yoʻq. Ayniqsa, Oʻzbekistonning Tashkilotga aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning koʻpchiligiga gumanitar yordamlar joʻnatgani eʼtiborga sazovor. XXR ham bundan mustasno emas.
Markaziy Osiyo barqarorligi va taraqqiyotini taʼminlash Tashkilotning asosiy maqsadlariga erishish, uning oldida turgan vazifalarni hal etishda muhim omillardan biridir. Qisqa vaqt ichida mintaqadagi oʻtkir muammolar, jumladan, chegara, savdo, transport va suvdan foydalanish masalalarini amaliy hal qilish yoʻlida ancha katta marralar bosib oʻtildi.
Shanhay hamkorlik tashkiloti “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida Xitoydan Yevropaga “Yangi Osiyo – Yevropa transkontinental transport yoʻlagi” qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda SHHT bosh kotibi Vladimir Norov maʼlum qildi. Yoʻlakning uzunligi 10 ming 900 kilometrni tashkil qiladi. U Markaziy Osiyo va Rossiya orqali oʻtib, Niderlandiyaning Rotterdam shahrigacha choʻziladi.
“SHHT milliy va mintaqaviy integratsiya tashabbuslari oʻzaro bogʻliqligi uchun samarali maydoncha boʻlib xizmat qiladi. Bu tashabbuslar orasida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi, “Bir makon, bir yoʻl”, Markaziy Osiyo davlatlarini iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi, Sankt-Peterburgni Mumbay porti bilan bogʻlovchi 7 ming kilometrdan uzunroq boʻlgan “Shimol – Janub” Rossiya-Hindiston-Eron loyihasi bor”, deb taʼkidlagan V.Norov.
Shubhasiz, SHHT doirasida koʻplab natijalarga erishildi. Shu bilan birga, Tashkilot doirasidagi sheriklikni yana-da rivojlantirish uchun hali ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekiston Prezidentining Sindao sammitida ilgari surgan tashabbuslari Tashkilot faoliyatini rivojlantirishda muhim ekanligi eʼtirof etildi.
Birinchidan va eng asosiysi – aholi, ayniqsa, yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qatʼiy va barqaror immunitetni shakllantirish. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining Yoshlarga murojaati va uni amalga oshirish boʻyicha Harakatlar dasturining qabul qilinishi mana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi. Ushbu dasturni amalga oshirishda SHHT Yoshlar kengashi haqiqiy “lokomotiv” vazifasini oʻtaydi. Oʻzbekiston ushbu tuzilma faoliyatida faol ishtirok etadi. BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va qabul qilish yoʻlidagi hamkorlikni yana-da kuchaytirish taklifi ham Oʻzbekiston tomonidan ilgari surildi.
Ikkinchidan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va kooperatsiyani kuchaytirish taklifi ilgari surildi. Bu bejiz emas. Zero, 2018-yil boshidan buyon Oʻzbekistonning SHHTga aʼzo davlatlar, uning kuzatuvchi va sheriklari bilan savdo hajmi oʻttiz foizdan oshdi.
Oʻzbekiston rahbariyati fikricha, tovar ayirboshlash hajmi yana-da oshishini taʼminlash uchun eksport-import tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida agrosanoat klasterlarini shakllantirish zarur.
Uchinchidan, SHHT makonining transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish Oʻzbekistonning strategik vazifasidir. “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida mintaqalararo transport loyihalarini amalga oshirish dolzarb ahamiyatga ega. Oʻzbekistonga jahonning eng yirik bozorlariga eltadigan yangi va eng qisqa yoʻnalishlar kerak. Oʻzbekiston Mozori Sharif – Hirot, Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston temir yoʻl liniyalarini qurish tarafdori. Aynan shu maqsadda Oʻzbekistonda 2018-yil 19-sentyabrda SHHTga aʼzo davlatlarning temir yoʻl boʻyicha idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi oʻtkazildi.14
SHHTga aʼzo davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi transport-kommunikatsiya kompleksining taraqqiyotiga bogʻliq. Xususan, temir yoʻl transporti davlatlararo tovar ayriboshlash, import-eksport tashuvlar, ayniqsa, dengiz yoʻllariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqolmagan va asosan yuklarni quruqlikda tashishga ixtisoslashgan mamlakatlar uchun muhim oʻrin tutadi. Shu nuqtayi nazardan Oʻzbekiston SHHTning Xalqaro transport-logistika assotsiatsiyasini taʼsis etish imkoniyatini koʻrib chiqishni taklif etmoqda.
mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shaxrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (2001-y. 15 iyun). «Shanxay beshligi» deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogʻliqdir. Dastlab Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari raqbarlari («Shanxay beshligi») uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Unda chegaradosh mamlakatlar urtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996-y.) va qoʻshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarogʻlarni qisqartirish (1997) toʻgʻrisida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998-y. dan «beshlik» mamlakatlarining oʻzaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi boʻylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash choralariga oʻtishga qaratildi. SHHTning Dushanba (2000) sammitida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda «beshlik» negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. SHHT taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiysiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-y. iyun) yangi tashkilotning maksad va prinsiplarini eʼlon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning SanktPeterburgda boʻlgan 2sammitida (2002-y. iyun) ustav hujjati — SHHT Xartiyasiga imzo chekildi. SHHT ning oliy organi Davlat boshliklari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiklashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin sh. da joylashgan) xamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent sh. da joylashgan)dan iborat.
Mintakaviy aksilterror tuzilmasi 2004-y. 1 yanv. dan faoliyat koʻrsatadi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qoʻmitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orkali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqoʻm faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijroqoʻmda esa oʻzaro tasdiqlangan lavozim oʻrinlariga muvofiq SHHTga aʼzo davlatlardan vakillar ishlaydi. SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-y. 17-iyunda Toshkentda boʻlgan majlisida Tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻfisidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doyr hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini oʻtkazib turish haqidagi tashabbusi qoʻllabquvvatlandi. tashkilotdir
Toʻrtinchidan, Oʻzbekiston Innovatsiya dasturlari va loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish uchun barcha saʼy-harakatlarni birlashtirishga daʼvat etmoqda. Chunki sheriklik yuqori texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, muqobil energetika va zamonaviy tibbiyotni rivojlantirish va keng joriy etishga qaratilishi barcha davlatlar taraqqiyoti va manfaatiga birdek javob beradi. Demak, anʼanaviy asosda har yili SHHT mamlakatlari hukumatlari va ishbilarmon doiralari ishtirokida Axborot texnologiyalari va innovatsion rivojlanish forumini oʻtkazish yoʻlga qoʻyilsa, bu maqsadlarga xizmat qiladi.
Beshinchidan, Oʻzbekiston SHHT va Jahon sayyohlik tashkiloti bilan amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni maqsadga muvofiq va gʻoyat dolzarb ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Shuning uchun Oʻzbekiston birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan tamaddunlar chorrahasi – Samarqand shahrida “Ipak yoʻli” turizm universiteti tashkil etildi. Mazkur oʻquv muassasasida turizm sohasining eng yaxshi mutaxassislari dars berishi, barcha aʼzo mamlakatlardan talabalar tahsil olishi mumkin boʻladi.
Xullas, ulkan mintaqada ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar, haqiqatan hayotda oʻz aksini topsa, bundan aʼzo mamlakatlarning barchasi yutadi. Kuzatuvchi davlatlarning bundan keyin tashlaydigan qadamlari ana shu gʻoyalarning roʻyobi bilan belgilanadi.
Bugungi kunda Jahon iqtisodiyotining yangi sharoitida O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy hamkorlik salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.
2021 yil yakunlariga ko‘ra SHHTga a’zo tashqi savdoning o‘sishi 33 foizga oshib, 8 trillion dollardan oshdi va a’zo davlatlar o‘rtasidagi ichki savdo aylanmasi qariyb 40 foizga o‘sib, 768 milliard dollarni tashkil etdi (MOXI ma’lumotlari). Bu ko‘rsatkichlar, ayniqsa, YAIM 50-100 mld dollargacha bo‘lgan a’zo mamlakatlar uchun yangi imkoniyatlar ochilishi mumkinligini anglatadi.
Mamlakatimizning investisiya imkoniyatlarini oshirish, SHHT lari o‘rtasida kapital almashinuvini yangi bosqich va miqdorga ko‘tarish, ushbu masala bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, ikki tomonlama manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va iqtisodiy islohotlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekistonning "iqtisodiy" tashabbuslari qatorida SHHT ishbilarmonlar Kengashi doirasida o‘zaro sarmoyalarni ilgari surish bo‘yicha global moliyaviy-iqtisodiy tahlikalarni yumshatishga qaratilgan qo‘shma harakat rejasini ishlab chiqishi turmush darajasining keskin pasayib ketishini oldini olish, oziq oaqat xavfsizligini ta’minlash va iqtisodiy yuksalishga erishish hisobidan aholi turmush farovonligini oshirish chora-tadbirlarini qamrab oladi.
Sammitda SHHTning mintaqalararo savdoni rivojlantirish dasturi imzolanishi rejalashtirilgan. Bunda, har bir a’zo mamlakatning ichki imkoniyatlari va tashqi hamkorlik omillari nafaqat o‘zaro savdo-sotiqni, shu bilan birga milliy ishlab chiqarish yo‘nalishlarining trasformasiya qilinishiga erishish mumkin bo‘ladi. Natijada o‘zaro savdo-sotiqni tovarlar va xizmatlar nomenklautrasining kengayishi, tarkibining yanada yangilanishi va oqibatda, tashkilotning barcha a’zolarining iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, SHHTga a’zo davlatlar farovonligini rivojlantirish uchun O‘zbekiston tomonidan sanoat kooperasiyasini rag‘batlantirish bo‘yicha taklif etilgan dasturning qabul qilinishi, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida o‘zgarishlarni ta’minlab, ishga solinmagan ishlab chiqarish salohiyatini yuzaga chiqarish, iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalarini yaratish, yangi ish o‘rinlarini barpo etish, jumladan xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda uchinchi mamlakatlarga qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar eksportining tarkibini kengaytirish imkonini beradi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, SHHTga a’zo davlatlarning asrlar davomida "Buyuk Ipak yo‘li" bilan birlashgan, Sharqdan G‘arbga va G‘arbdan Sharqga tovarlar va xizmatlar ayirboshlanuvini ta’minlovchi trasport arteriyasini shakllantirish va ishga tushirish o‘zaro bog‘liqlikdagi ulkan salohiyat mavjudligini real voqelikka aylantiradi. Bu yo‘nalishda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l aloqasi loyihasini amalga oshirish juda istiqbolli hisoblanadi.
Shu bilan birga, zamonaviy sharoitda O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining o‘zaro bog‘liqligi tashabbusini, shu jumladan Termiz–Mozori-Sharif–Qobul–Peshovar temir yo‘lini qurishni faol ravishda ilgari surmoqda, bu nafaqat SHHTga a’zo davlatlarning logistika imkoniyatlarini kengaytiradi, balki shuningdek, Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan qayta qurish va Shimoliy-Janubiy yo‘nalishdagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.
SHHTga a’zo davlatlarning o‘zaro manfaatli aloqalarini rivojlantirish va samarali trasport logistikasini yaratish uchun konseptual loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan yo‘l xaritasini qabul qilishga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu a’zo davlatlarning SHHTning traspor va tranzit salohiyatini ochilishiga imkon yaratadi, savdoda yangi bozorlarni qamrab olish geografiyasini kengaytirish, yangi bozorlar uchun ishlash ta’sirida ishlab chiqarish turlarining rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, SHHT a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan bir qator konseptual hujjatlarning ahamiyati va sonini hisobga olgan holda, sammit natijalari SHHTning faoliyatida yangi davrni boshlab beradi.
Dastlab chegara hududida harbiy sohada ishonchni mustahkamlashga qaratilgan ko‘p tomonlama mexanizm sifatida tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganidan ko‘p yillar o‘tib, o‘zaro manfaatli turli sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikning nufuzli tuzilmasiga aylandi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasining shakllanishiga katta hissa qo'shadi. Shanxay hamkorlik tashkilotining institutsionalizatsiyasidan (1996–2001) boshlab, uni institutsionallashtirishning birinchi bosqichiga xos bo‘lgan holda , u munozaralar klubidan rasmiylashtirilgan huquqiy maqomga va ko‘plab faoliyat sohalariga ega bo‘lgan to‘laqonli xalqaro tashkilotga aylandi.
Shanxay beshligi, so‘ngra Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish, ularning tashqi siyosatini muvofiqlashtirishni ta’minlash imkonini beruvchi bir qator muhim hujjatlar imzolandi. va terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlar, tashkilot faoliyatining asosiy va asosiy yo‘nalishlarini belgilash. Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqada barqarorlik, barqarorlik va xavfsizlikni to‘g‘ri ta’minlash uchun bosqichma-bosqich mexanizm va kelishuvlar majmuasini yaratdi.
Bu ShHT faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini koʻrishda ishtirokchilar oʻrtasida bir qator muammolar va qarama-qarshiliklarga qaramay, uning rivojlanish istiqbollari boʻyicha ehtiyotkorlik bilan optimistik prognozni shakllantirishga asos boʻladi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik ham o'zaro manfaat va manfaatdorlik asosida jadal rivojlanmoqda. Gumanitar sohadagi aloqalar chuqurlashmoqda, madaniy hamkorlik faollashmoqda. ShHT tashqi aloqalarni ham faol rivojlantirmoqda, tashkilot nufuzi oshib bormoqda. BMT, ASEAN, MDH, CICA kabi xalqaro mintaqaviy tashkilotlar bilan rasmiy aloqalar o'rnatildi.
Shu tariqa ShHT o‘z faoliyatida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi. Shu bilan birga, tashkilot harbiy ittifoq emas, balki umumiy dushmanga qarshi do‘stlikka emas, balki o‘zaro ishonch, o‘zaro manfaatli hamkorlik, qo‘shma tashabbus va xavfsizlik ustuvorligiga asoslangan samarali, amaliy mintaqaviy hamkorlik modelidir.
Rossiya Prezidentining Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bo‘yicha sobiq maxsus vakili V.Vorobyovning fikricha: “ShHT turli sivilizatsiyalar va dinlar o‘zaro mushtarak til topishib, umumiy manfaatlar yo‘lida to‘qnashuvlarsiz, biroq o‘zaro manfaatlar yo‘lida hamkorlik qilish formulasini ishlab chiqish yo‘li bilan ishlay olishi misolini ko‘rsatmoqda. konstruktiv oʻzaro hamkorlik”.
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT DS) biznes kengashi 2006 yil 14 iyunda Shanxay shahrida (Xitoy) tashkil etilgan bo'lib, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, biznes va moliyaviy doiralar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalar va muloqotni yo'lga qo'yish, ko'p tomonlama loyihalarni amaliy targ'ib qilish maqsadida ShHTga a'zo davlatlar biznes hamjamiyatining eng nufuzli vakillarini birlashtirgan nodavlat tuzilmadir. Davlatlararo hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari qatorida energetika, transport, telekommunikatsiya, kredit-bank sohasi bilan bir qatorda, kengash SHHT mamlakatlarining ta'lim, fan va innovatsion texnologiyalar, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligi sohalaridagi hamkorligini ta'kidlaydi.
ShHTga a'zo davlatlar ishbilarmon doiralari vakillarini tashkilot doirasidagi savdo - iqtisodiy va investitsion hamkorlikka ulashning istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha tavsiya qarorlarini qabul qilish va ekspert baholarini berishga qodir bo'lgan mustaqil tuzilma.
SHHT DS ning yuqori organi har yili o'tkaziladigan sessiya bo'lib, u o'z faoliyatining asosiy yo'nalishlarini belgilaydi va ishlab chiqadi, boshqa davlatlarning biznes birlashmalari bilan munosabatlarning eng muhim masalalarini hal qiladi.
ShHTga a'zo davlatlar hukumatlari tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va bank xizmatlarini ko'rsatish mexanizmini tashkil etish maqsadida 2005 yil 26 oktyabrda hukumat rahbarlari Kengashining qarori bilan ShHTga a'zo davlatlar hukumatlari tomonidan tashkil etilgan. SHHT MBONING yig'ilishi tomonlarning umumiy roziligi bilan, kerak bo'lganda, lekin yiliga kamida bir marta o'tkaziladi. Kengash raisligi rotatsiya printsipi asosida amalga oshiriladi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling