O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Download 405 Kb.
bet16/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Bog'liq
5

Tayanch iboralar
Xuroson viloyati, Dashti-Kabir cho‘llari, muqaddas Videvdat, otashkada Spiytmon Zardo‘sht, Xorazm vohasi podshoh Shulmanuasharidu III ning yozuvlari Parsa qabilasi, Ahamoniylar podshohi Doro I Sak qabilalari


Savollar

  1. Eroniyzabon xalqlar oriyzabon xalqlardan ajralib chiqqach,dastlab qaerlarda yashagan?

  2. Eroniyzabon xalqlarning yashash joylari haqida qaysi kitoblarda ma’lumotlar bor?

  3. Sak va Midiy xalqlarining yashagan joylari haqida ma’lumotlar qaysi manbalarda mavjud?



VI. MAVZU
ISH REJASI:

  1. Qadimgi eroniy til davrining yozma yodgorliklari. Avesto.

  2. Avestoning kashf qilinishi va o‘rganilishi.

  3. Avesto matnlarining shakllanishi va yozilishi.

  4. O‘zbekistonda Avestoning o‘rganilishi.

  5. Avestoning tarkibi va mazmuni.

  6. Avesto tili.

Qadimgi eroniy til davrining yozma yodgorliklari
A V E S T O
Avesto eroniy tillarning eng qadimgi va eng muhim yodgorligidir. Arablar kelguncha Eronda rasmiy davlat dini otashparastlikning matnlari jamlangan Muqaddas kitobdir. Islom dini Eronga va O‘rta Osiyoga kirib kelgach, ko‘plab otashparastlar Hindistonga qochib ketganlar. Ular, asosan Bombey, Kalkutta shaharlari atrofiga va mamlakatning sharqiy qismlari Seyiston, Kermon, Mekron viloyatlariga borib joylashganlar.
Hozirgi vaqtlarda Hindistonda otashparastlarni parslar deb atashadi va ularning soni taxminan 150000 kishiga yetadi. Ularning aksariyati hind tili – gujeratini og‘zaki va adabiy til sifatida qabul qilganlar. XV asrda parslarning muqaddas kitoblari gujeratiga tarjima qilingan. Eronda, ular asosan, Yazd va Kermon shaharlarida, qisman guruh-guruh bo‘lib Tehron, Shiroz va Mekron shaharlarida yashaydilar taxminan ularning soni 20000 kishiga yetadi. Otashparastliklarni Eronda gebrlar deb atashadi.



Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling