Qadimgi Misr hududidan topilgan manbalar
Er.av. 525-yilda Misr maydoni ahamoniylar tomonidan bosib olingan. Fors podshohlarining tashqi siyosatiga bog‘liq Misr yozuvlarida bu haqda aytiladi. Bundan tashqari Misr maydonidagi mefantil xarbiy qo‘rg‘onidagi qazish ishlari olib boilmoqda Ahamoniylar hukumronlik qilgan davrni yorituvchi oromiy xujjatlari ham katta ahamiyatga ega.
Tayanch iboralar
Umumoriy til eramizdan avvalgi, miloddan avval, qadimgi eroniy tillar davri, o‘rta eroniy tillar davri, yangi eroniy tillar davri, Ahamoniylar sulolasi.
Savollar
O‘rta Osiyoda yashagan tub aholi kimlar bo‘lgan ?
Eroniy zabon xalqlarning hijrati qaysi yo‘nalishlarda borgan ?
Qaysi manbalarda eng qadimgi eroniyzabon xalqlar haqida ma’lumot beriladi?
V. MAVZU
ISH REJASI:
Qadimgi eroniy til davrida eroniyzabon qabila va elatlarning joylashishi.
Eroniyzabon qabila va elatlarning Eron yassi tog‘ligining g‘arbiy qismiga tarqalishi.
Midiylar.
Fors qabilalari va Ahamoniylar davlati.
Sak (skif) qabilalari.
QADIMGI ERONIY TIL DAVRIDA ERONIYZABON QABILA VA ELATLARNING JOYLASHISHI
O‘rta Osiyo va unga yondosh viloyatlarning eroniyzabon qabila va elatlari
Qadimgi eroniy til davri eroniyzabon xalqlarning taxminan 2000 (ikki) ming yillik tarixini o‘z ichiga oladi. Bu davrning boshlanishida oriy qabilasidan ajrab chiqqan eroniyzabon qabilalar O‘rta Osiyo, Xuroson va unga yondosh viloyatlarda yashashardi (Xuroson – XVAR-AS – kun chiqar sharq, tarixda Xuroson nomi bilan shimoldan Amudaryo va janubdan Hindqush tog‘lari va Dashti-Kabir cho‘llari orasidagi maydon nazarda tutilgan). Ularning hayoti va sharoiti haqida axborot beruvchi birinchi manba Avestodir. Avesto qadimgi eroniy tillarning eng qadimgi yodgorligi bo‘lib, u bir paytda eroniy zabon xalqlarining, yozma adabiy ijodidir. Avestoning Videvdat qismida eroniyzabon qabila va elatlarning joylashishi haqida ma’lumotlar uchratamiz. Vivedat qismining mualliflariga O‘rta Osiyo va unga qo‘shni viloyatlarning eng katta vohalari ma’lum bo‘lgan: Gava-so‘g‘diyona Zarafshon daryosi vohasida marva (yunoncha Marg‘iyon, Murg‘ob daryosi vohasida Mavr vohasi oazis, hozirgi Mariy viloyati) vaxdi (yunon. Vaqtriya, Amudaryoning yuqori va o‘rta oqimi, Shimoliy Afg‘oniston va O‘rta Osiyoning janubiy-sharqiy qismi) haraiva (areia, Xarirud daryosi bo‘ylari, Shimoliy Afg‘onistonning Hirot shahri atroflari) Xvarizm – xvarizem – Xorazm.5
Eron yassitog‘ligining g‘arbiy qismi (farsa viloyati – parsa qadimgi fors yozuvlarida) Avestoda umuman tilga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |