O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


QADIMGI ERONIY TILLAR DAVRI


Download 405 Kb.
bet11/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
Bog'liq
5

QADIMGI ERONIY TILLAR DAVRI
(er.av. II minginchi yillarning boshlanishi er.av. IV-III asrlar)
Eroniyzabon qabilalar va eng qadimgi xalqlar
(asosiy manbalar)
Qadim zamonlarda qadimgi forsiyzabon qabila va elatlar yashagan tarixiy va tarixiy-madaniy hayotni o‘rganishdagi asosiy manba bo‘lib, Avesto va qadimgi mixxat yozuvlari xizmat qiladi.
Eroniyzabon yodgorliklarni va o‘sha davr tarixiy hayotini o‘rganishda va yoritishda qadimgi Sharq va O‘rta yer dengizi atrofida yashagan boshqa xalqlarning yozma manbalari ham qo‘l keladi. Mixxat yozuvidan foydalangan tillardagi manbalar eronzabon xalqlar tomonidan egallangan hududlar haqidagi ma’lumotlar ikki daryo oraliG‘idagi shumer va akkad (vavilion va assuriy shevalari bilan) tillaridagi yodgorliklarda birinchi bor aks etgan. Eron yassi tog‘liklarining g‘arbiy qismlari haqidagi ozgina ma’lumot er.av. III minginchi yillarning tarixi va II minginchi yillarning boshlariga oid eski akkad va shumer tillaridagi manbalarda uchraydi.4


Bibliya (Injil)
Middiy va Pors podshohliklarining tashkil topishi va ularning xarbiy yurishlari skif qabilalarining bostirib kelishlari bilan bog‘liq ma’lumotlar qadimgi juhudlarning yozma adabiy yodgorligi Bibliyada uchratish mumkin. Eroniy qabilalar va elatlarning tarixini yoritishda payg‘ambarlarning diniy siyosiy vazifalari: Naum (er.av. VII asr oxiri), Ieremin (er.av. VI asr boshi), Ezra va Nexemin (er.av. V asr) va boshqalar katta axamiyatga ega. Boshqa ba’zibir ma’lumotlar diniy kitoblar, jumladan Podshohlik kitobi (kniga sarstv) da uchraydi.


Yunon manbalari
Qadimgi yunon mualliflarining Eron, uning tarixi va aholisi bilan qiziqishi er.av. V asrlarda yunon-fors urushi va Iskandar Zulqarnaynning (Makedonskiy) sharqqa yurishi bilan bog‘liqdir.
Qadimgi fors mixxat yozuvlarini deshifrovka qilgunga qadar yunon mualliflarining bayozlari qadimgi eroniyzabon qabila va elatlarning tarixi va tarixiy madaniy hayotlarini aks ettiruvchi asosiy manba bo‘lib xizmat qildi va hozirgi kunga qadar ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.
Ayniqsa, Geredotning (er.av. 425-yilda vafot etgan) «Tarix» kitobi juda ahamiyatlidir. Kitobdagi Midiy podshohlarining forslar davlati boshliqlari va Ahamoniylar sulolasi tarixi haqidagi ma’lumotlar bevosita midiy va fors qabilalarining mashhur urug‘lari namoyandalari bergan ma’lumotlar asosida yozilgan. Ayniqsa, Geredotning skiflar haqidagi ma’lumoti juda muhimdir. Yana Ktesiya (er.av. V asr oxiri – IV boshlari) va Ksenofont (er.av. 430-yilda tug‘ilgan)larning shaxsiy kuzatuvlari ham katta axamiyatga ega. Ktesiyaning «Persica» asaridan ba’zi parchalar keyingi mualliflar asarida saqlanib qolgan.
Yunon mualliflariga va mixxat yozuvchilarida O‘rta Osiyo va Sharqiy Eron hududi va uning aholisi haqida hech qanday ma’lumot bo‘lmagan.



Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling