O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- “hamgmatana ham” – “gmata”
- “aruazantie”
- Fors qabilalari va ahamoniylar davlati
- “arua”
Midiy (Midiyonlar)
Assuri podshohi Shulmanu ashsharidu III ning yozuvlarida birinchi marta (er.avv. 835-y.). Midiy – “tadai” – qabilasi eslatib o‘tiladi. Bu qabilalar er.avv. VIII-VI asrlarda Eronning shimoliy – g‘arbiy qismida quldorlik davlatini tuzganlar. Bu davlatning poytaxti qadimgi fors tilida – “hamgmatana ham” – “gmata” – hozirgi Hamadon shahridir. Ular bu mamlakatga o‘z nomlarini “mada” berdilar. Madiyon nomi Qur’onda ham uchraydi. Midiy tilida yozma yodgorliklar yo‘q. Lekin saqlangan manbalarda midiy tilining eroniy tillar guruhiga mansubligi haqida ma’lumotlar bor. Geredot 6 ta midiy qabilalarining nomini keltiradi. Shuningdek bir necha midiy so‘zlarni ham keltiradiki, bular midiy tilining eroniy tillar guruhiga tegishli ekanligini tasdiqlaydi. Masalan: “aruazantie” – oriy qabilasi, midiy spaka avesto span qadimgi fors tilida saka, hozirgi tojik tilida “sag” hozirgi fors tilida “sag” – it, kuchuk. Midiy qabilalari qadimgi sharqda muhim rol o‘ynashgan Midiy podshohligining ta’siri Eron yassi tog‘ligining kattagina qismini hamda Kichik Osiyogacha bo‘lgan (Kappadokiya) – Galis hozirgi Qizil irmoq daryosigacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga olganki, mazkur daryo Qora dengizga qo‘yilgan. Fors qabilalari va ahamoniylar davlati Qadimgi Sharq tarixida yana bir eroniyzabon qabilalaridan biri fors qabilasi katta rol o‘ynadi (qadimgi fors – parsa). Bu termin assuriy yozuvlarida er.avv. IX asrlarda, ya’ni midiyonlar haqida birinchi ma’lumot paydo bo‘lgan paytda «parsua» shaklida uchragan. Bu davrda fors qabilalari hali kuchga ega emasdi. Bir necha asr keyinroq fors qabilalari fors qo‘ltig‘ini janubiy-g‘arbiy qismiga kelib joylashadi va shu hududga qabila nomi Parsa (parsa – qadimgi yunon – Peraus Persida, arablashgan shakli Fars, Farsistan) beriladi. Er.avv. 593-yilda birlashgan fors qabilalari hukmron Midiy davlatiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, midiylar davlatini ag‘darishadi va mustaqil Ahamoniylar davlatini qurishadi. (er.avv. 550-yil) Ahamoniylar davlati juda katta hudud O‘rta Osiyo va Armanistondan boshlab to janubda Habashistongacha, Egey dengizi qirg‘oqlaridan to sharqda Inda havzasigacha bo‘lgan joylarni o‘z tassarrufiga oldi. Fors qabilalari ham o‘zlarini oriy qabilasiga mansub hisoblardilar. Masalan: Doro I o‘z yozuvida shunday yozdirgan: Man, Doro, ulug‘ podshoh, shoxlarning shohi... Vishtasp o‘g‘li, Ahamoniy, fors, fors o‘g‘li, oriy, zotidan (Dar, NR, 8-15-betlar) “arua” so‘zi fors dohiylarining ismi oldidan ham qo‘yilib talaffuz qilingan. Masalan: Doro I ning bobosining nomi “Ariuaramna” bo‘lgan. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling