O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Eroniyzabon qabila va elatlarning Eron yassi tog‘ligining g‘arbiy qismiga tarqalishi


Download 405 Kb.
bet13/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
Bog'liq
5

Eroniyzabon qabila va elatlarning Eron yassi tog‘ligining g‘arbiy qismiga tarqalishi
Er.avv. I minginchi yillarning boshlaridan boshlab katta-katta eroniyzabon qabilalarning Eronning g‘arbiy qismlariga ko‘chishi kuzatiladi. Mesopatamiya va unga yondosh hududlarda qadimgi vaqtlarda hind-evropa tillar oilasiga kirmaydigan tillarda gapirishuvchi qabila va elatlar yashashardi. Bunga sabab otashparastlik dinining asoschisi Sipiytmon Zardo‘sht Xorazmlik bo‘lib u yakkaxudolikni ya’ni zardushtiylik ta’limotini keng targ‘ib qila boshlaydi. Boshliq, urug‘ va qabila boshliqlari, ko‘p xudolikka sig‘inishni targ‘ib qiladigan qoxinlar qarshiligiga duch kelgan Zardo‘sht o‘zi tug‘ilib o‘sgan Xorazmni tark etib, o‘zining yaqin maslakdoshlari bilan Eronning sharqiy viloyatlariga ketishga majbur bo‘ladi. Zardo‘shtning diniy ta’limoti Eron shohi Kavi Vishtaspga ma’qul bo‘ladi va uni davlat dini sifatida e’zozlashga farmon chiqaradi. Eronning barcha hududlarida keyinchalik Afg‘oniston va O‘rta Osiyoda otashkadalar-ibodatxonalar quriladi. Ammo Sipiytmon Zardo‘sht 77 yoshida Balx shahridagi ibodatxonada g‘oyaviy dushmanlaridan biri Bratarvaxsh tomonidan zaharli xanjar sanchib o‘ldiriladi. Qorun va Kerxda (hozirgi Xuzisbon poytaxti Suza shahri) Elam davlati hukumronlik qilgan bo‘lib, uerda rasmiy til elam tili bo‘lgan.
G‘arbiy Eronning tog‘li rayonlarida kassib va lulo‘boy tog‘li qabilalari yashashgan. Ularning tillari elam tiliga yaqin bo‘lib, balkim qarindosh til bo‘lgandir. Kaspiy dengizining janubiy-g‘arb tomonlarida qadimgi yunon mualliflariga ma’lum kaspiy va mainyat qabilalari yashashgan. Bu qabilalarning tili va uning qaysi guruhga qarashli ekanligi haqida hozircha biror hukum chiqarish qiyin.
Shunday qilib, er.avv. I minginchi yillarda Eron yassi tog‘liklariga kelib joylashgan va u yerga o‘z nomini bergan eroniyzabon qabilalar yerli tub aholi bo‘lishmagan. Eron so‘zi o‘rta eron tilida etnik nom “arua”ning roditelniy padej, ko‘plik shakldagi ko‘rinishidir. Qadimgi Eron “aruanam xsadram” (oriylar podshohligi), O‘rta Eron “Eran sahr” (Eron podshohligi). Birinchi marta bu termin yunon tarixchisi Eramosfenning kuzatuvchi daftarida “ariane” shaklida uchraydi.6
Haqiqatan Mesopotomiyada eroniyzabon qabilalarning ta’sir kuchi katta bo‘lib, assuriy podshohlarining yozuvlarida eroniyzabon qabila va ularning boshliqlarining nomlari, o‘z qo‘l ostiga birlashtirilgan podshohlarning nomlari zabt etilgan.



Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling