O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Download 405 Kb.
bet41/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Bog'liq
5

Tayanch iboralar
Arab yozuvi, finikiy yozuvi, musaviy mazhabi, juhud-fors alifbosi, nasroniy adabiyotlar.
Savollar

  1. Arab yozuvining asosi qaysi yozuvga borib taqaladi?

  2. Juhud alifbosidan qaysi davrda va qaysi joylarda foydalanilgan?

  3. Kirill va rus alifbosidan fanning qaysi sohalarida foydalanilgan?



XIV. MAVZU


ISH REJASI:

  1. Arab istilosidan so‘ng arab xalifatligi hududida arab tili va uning o‘rni.

  2. Somoniylar davrida fors-tojik tilida yaratilgan badiiy va ilmiy adabiyot.

  3. Mumtoz fors adabiy tilining dialektologik asosi.



Arab istilosidan so‘ng arab xalifatligi hududida arab tili va uning o‘rni
Hijriy 81-yil, milodiy 700/707-yildan boshlab arab tili davlat tili deb e’lon qilingan edi. VIII asrga kelib xalifat tarkibiga kiruvchi Xuroson va Movarannahr maydonida arab tilidan faqat xalifat vakillari emas, balkim yerlik hukumronlar ham foydalana boshlashdi. VIII-XI asrlarda arab tilidan faqat ish yuritish uchun foydalanibgina qolmay, balkim adabiy til sifatida ham foydalanildi. Shu davrda yashagan yerlik olimlar: matematik Al-Xorazmiy (780-847-y.); farg‘onalik astronom Al-Farg‘oniy (1X asr); faylasuf Al-Farobiy (X asr;) mashhur tilshunos Mahmud Koshg‘ariy (X1 asr); Ibn Xo‘rdodbeh (820-912-y.); ensiklopedist alloma Al-Beruniy (973-1048-y.) va alloma-tabib Ibn-Sino (980-1037-y.)lar o‘z asarlarini arab tilida yaratganlar. Qaerda islom dini tarqagan bo‘lsa o‘sha yerda arab tilidan foydalanishgan va arab tili Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarida huddi lotin tili o‘rta asrlarda Yevropada xalqaro til vazifasini bajargandek, bu yerda u ham huddi shu vazifani bajara boshladi. Lekin Eron va O‘rta Osiyoda yerlik aholining tillarida ham adabiyotlar yaratilaverdi, ammo ular bizgacha yetib kelmagan.
IX asrga kelib arab tili asta-sekin yerli til fors-tojik tili tomonidan siqib chiqarila boshlandi, chunki yerli aholining aksariyati shu tilda gapirashar edi. Fors tilini zabt etish uchun arab alifbosi qachon birinchi marta qo‘llanilgani shu paytgacha noma’lum. Tarixiy sharoitlardan kelib chiqib, IX-X asrlarda Eronning g‘arbiy viloyatlarida va O‘rta Osiyoda fors tilida yozma adabiyotni yaratish, buning uchun esa yozuv zvrurligi sezildi. Bu haqda «Tarix-e Seiston»da eslatib o‘tilgan.



Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling