O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
XV. MAVZU ISH REJASI
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- HOZIRGI ZAMON (TIRIK) ERONIY TILLAR Hozirgi zamon eroniy tillarning joylashish o‘rni
- Hozirgi zamon eroniy tillarning tasnifi muammolari
XV. MAVZU
ISH REJASI: Hozirgi zamon (tirik) eroniy tillar. hozirgi zamon eroniy tillarning joylashish o‘rni. Hozirgi zamon eroniy tillarning tasnifiy muammolari. Hozirgi zamon fors tili. Hozirgi zamon tojik tili. HOZIRGI ZAMON (TIRIK) ERONIY TILLAR Hozirgi zamon eroniy tillarning joylashish o‘rni Eroniy tillar va shevalar hozirgi kunda dunyoning juda katta maydonini egallagan: g‘arbda Tigr daryosidan tortib to sharqda Hind daryosi havzasi, Xitoy Turkistonigacha, shimolda Kavkaz tog‘laridan to janubda Fors ko‘rfazi va Arab dengizigacha bo‘lgan yerlarda eroniy tillardan yoki shevalaridan birida kishilar gapirishar edi. Bu degan so‘z biz yuqorida zikr etgan yerlarda hamma xalqlar shu tillarda gapirishar edi degan so‘z emas. Eroniy tillarda gapirishuvchi xalqlar bilan bir qatorda, semit, turk, iberiy-kavkaz, hind tillarida so‘zlashuvchi xalqlar ham ular bilan birga yashardi. Xatto rasmiy davlat tili fors, dariy, tojik bo‘lgan Eron, Afg‘oniston va Tojikiston kabi davlatlarda ham aholining ko‘pchiligini eroniy bo‘lmagan boshqa tillarda so‘zlashuvchi xalqlar tashkil qiladi. Hozirgi kunda eroniy tillarda so‘zlashuvchi aholining aniq hisobini aytish qiyin. Chunki Old va Markaziy Osiyo davlatlarida demografik statistika bo‘yicha aniq, ishonarli ma’lumotlar yo‘q. Hozirgi zamon eroniy tillarning tasnifi muammolari Eroniy tillar oilasida shunchalik shevalar, lahjalar ko‘pki, ularning ichidan mustaqil tillarni ajratib olish muammodir. Bu muammo shundan iboratki, birinchidan, eroniy tillar ichida yozuvga ega bo‘lmagan shevalar anchagina, ikkinchidan, bu tillar va dialektlar yetarli darajada o‘rganilmagan, uchinchidan eroniy tillar va dialektlar o‘rtasida aniq kriteriy yo‘q. Masalan, Afg‘onistonda pashtu tilining mahalliy shevalaridan hisoblangan Qandahor dialekti asosida pashtu adabiy tili shakllangan. Pokistonda esa Peshovar viloyatida halil-momand dialekti asosida adabiy til yuzaga kelgan. Bu ikki adabiy tilning shakllari bir-birlaridan fonetik, morfologik xususiyatlari bilan sezilarli darajada farqlanadi. Biz shu kunda pashtu tilida mustaqil ikki adabiy til mavjud deb ayta olamiz. O‘zbekistonda Buxoro yahudiylari va yerlik lo‘lilar yashaydi. Yahudiylar o‘z tillariga ega, lekin uni mustaqil til deb atash mumkinmi? Yo‘q, albatta. Mahalliy lo‘lilar ham o‘z tillariga ega. Lekin u yozuvga ega bo‘lmagan til. Bu tillar bilan juda oz kishi shug‘ullangan xolos. Mazkur tillar ko‘pchilik shevashunos olimlarning fikricha tojik tilining shevalaridan biridir xolos. Yahudiy tilida adabiyotlar nashr etilgan. Lekin ular yaxudiy tilining adabiy normalari asosida yozilganmi yoki tojik adabiy tili mezonlari asosida nashr etilganmi? Buni olimlar chuqurroq o‘rganishi kerak. Eronshunoslikda eroniy tillar va shevalarni tasniflash bo‘yicha qabul qilingan yagona mezon yo‘q. Shuning uchun bu ma’ruzada hozirgi zamon eroniy tillar va shevalar haqida gapirar ekanmiz, yuqorida aytilgan kamchiliklarni nazarda tutmaymiz va sharq mamlakatlarining ko‘pchiligida qabul qilingan odatga ko‘ra shevalarni ularning geografik joylashishiga ko‘ra nomlaymiz. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling