O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Tehron shahri atroflaridagi dialektlar


Download 405 Kb.
bet52/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
5

Tehron shahri atroflaridagi dialektlar
Bu dialektlarda so‘zlashuvchi aholining soni juda ozdir. Tajrish qishlog‘i aholisining dialekti, Gozerxon qishlog‘i aholisining dialekti. Tehron shahri dialekti, hozirgi zamon fors adabiy tilining dialekt manbayi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu haqda Malik-ul-shuara Bahor, M.Vohidiy va L.S.Peysikovlarning ilmiy ishlari mavjud.

  1. M.Bahor. Tarix tatavur-e zabon-e forsi. Tehron.

  2. L.S.Peysikov. Tegeranskiy dialekt. M., 1947.



Tayanch iboralar
Musulmon tatlar, juhud tatlari, shia mazhabi, Mozandaron tili Shamirzod dialekti, Velatru dialekti, Lur va baxtiyor qabilalari.


Savollar

  1. Eronning Kaspiy bo‘yi dialektlari soni nechta?

  2. Lar mustaqil tilmi yoki dialekt?

  3. Eronda o‘rganilgan fors dialektlari bo‘yicha yozilgan ilmiy asarlar mualliflari kimlar?

  4. Eronda o‘lib borayotgan dialektlar bormi?

XVIII. MAVZU
ISH REJASI:

  1. Pomir tillari:

a) sho‘g‘non-ravshan guruhi;
b) yazg‘ulom tili;
v) ishkashim tili;
g) vahan tili;
d) yag‘nob tili

  1. Munjon tili.

  2. Ormuriy tili.

  3. Parachi tili.

  4. qumzoriy dialekti.



Pomir tillari
Pomir tog‘ining g‘arbiy qismida yashovchi eroniy tillarda so‘zlashuvchi mahalliy aholining tillari. Eronshunoslikda shu nom bilan ataladi. Bular Tojikistonning Tog‘li – Badaxshon muxtor viloyatida yashashadi. Bu xalqlarning xammasi yozuvga ega bo‘lmagan va adabiy til sifatida tojik tilidan foydalanishadi. Shunga binoan o‘zlarini turli xujjatlarda tojik deb ko‘rsatishadi. Pomir tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:

  1. Sho‘g‘non-ravshan tillar guruhi.

  2. Yazg‘ulom tili.

  3. Ishkashim tili.

  4. Vaxan tili.

Mazkur tillar bir-birlaridan shunchalik farqlanadilarki, bir vohada yashovchi bu xalqlar bir-birlarini o‘z tillarida gapirishganda tushunmaydilar. Shuning uchun tojik tili bular uchun umumiy til bo‘lib xizmat qiladi.

Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling