O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Eronning Kaspiy bo‘yi dialektlari
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mozandaron tili
- Lur va Baxtiyor dialektlari
Eronning Kaspiy bo‘yi dialektlari
Eronning Kaspiy bo‘yi dialektlari bo‘yicha ilmiy ish olib borgan olimlar, masalan V.Geyger bu guruhga quyidagi til va dialektlarni kiritadi: tat, talish, gilyon (dilaki), mozandaron (mazandaroni), va semnon (semnani) «Osnovi iranskogo yazikoznaniya» kitobida kaspiybo‘yi tillariga gilyon va mozandaron tillari hamda ularning dialektlari shamerzodi va velatru dialektlari kiritilgan. Gilyon tili Gilyon tilida so‘zlashuvchilar Eronning Gilyon viloyatida yashashadi. Gilyon viloyatining markazi Resht shahridir. 130 ming aholisi bor. Ular o‘zlarini gilek (gileklar) deb, tillarini esa gileki deb atashadi. Ularning umumiy soni 700 ming kishi atrofida. Mozandaron tili Mozandaron tilida so‘zlashuvchi aholi Eronning Mozandaron viloyatida yashashadi. Bu viloyatning yirik markazlari Sari, Babul, Shahi, Galus, Shohsevar shaharlari hisoblanadi. Ularning umumiy soni 600 ming kishi atrofida. Mozandaron tili ikki dialektga ega. Biri shamerzodi deb nomlanib u Shamirzod qishloG‘i nomi bilan atalsa, ikkinchisi Velatru nomi bilan fanga ma’lum. Bu Velatru qishlog‘i nomi bilan ataladi, bu ikki dialektda so‘zlashuvchi aholining soni aniq hisobga ega emas. Mozandaron va gilyon tillari hamda ularning dialektlari o‘z yozuvlariga ega emas. Shuning uchun bular hali to‘la olimlar tomonidan o‘rganilgan emas. Bu tillarda so‘zlashuvchi aholining aksariyati ikki tillikdir. Ularga fors tilining ta’siri juda kuchli bo‘lib, leksik qatlamida ham fors tilidan kirgan so‘zlarning salmog‘i ancha kattadir. Bu tillar va dialektlarni o‘rganish bo‘yicha quyidagi adabiyotlar mavjud. OIYA. Novoiranskie yaziki M., 1982, 447-554 str. V.Geyger «Kleinere Dialekte und Dialektgruppen» v kn. «Grundrise der iranischen philologie», Bd 1, Abt 2. Gilyanskiy yazik, 1971. Lur va Baxtiyor dialektlari Lur va baxtiyor qabilalari Eronning g‘arbiy va janubiy -g‘arbiy hududida ya’ni Luriston, Huziston va Zogros tog‘lari atrofida ko‘plab qabilalarga bo‘lingan holda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi holatda yashashadi. Ularning shevalari eroniy tillarning janubiy-g‘arbiy guruhiga mansub bo‘lib, fors tiliga juda yaqindir. Lur va baxtiyorlar yozuvga ega emas, lekin ularning folklor ijodi arab yozuvida aks ettirilgan. Mazkur dialektlar bilan O.Mann. (1910) va V.A.Jukovskiylar (1922) shug‘ullanishgan. Lar tili Eronning janubiy qismida Lariston viloyatidagi tog‘li joylarda lar tilida so‘zlashuvchi kishilar yashaydi. O.Mann va Romaskevich hamda eronlik tilshunos olim A.Eqtedoriy lar tilini dialekt sifatida ko‘radilar. O.N.YA kitobida YE.K.Molchanova uni mustaqil til sifatida bayon qiladi. Lar termini Tabariy asarida birinchi bor tilga olinadi. Ular Rey va Mazandaron hududlaridan ko‘chirilgan bo‘lib, Larijan «larijan» so‘zidan olingandir. Larlar yozuvga ega emas. Ular arab-fors alifbosidan foydalanishadi. Fors tilini ta’siri juda kuchli. Shuning uchun lar tili leksikasida boshqa tillar (arab, fors, turk, kurd) ta’siri katta. A.Eqtedoriyning «Lug‘ati lar» kitobiga 5000 ta so‘z kiritilib, ular turli izohlar bilan berilgan (1955-y.). 1979-yilda yaponiyalik tadqiqotchilar K.Kamioka va M.Yamadalar 1000 ta so‘zni o‘z ichiga olgan lug‘at tuzganlar va u Yaponiyada nashr etilgan. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling