O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Shimoliy yoki shimoliy-sharqiy. 2
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- XVII. MAVZU ISH REJASI
1. Shimoliy yoki shimoliy-sharqiy.
2. Janubiy yoki janubiy-g‘arbiy (mekron). Beluj tilida yozma adabiyot rivojlanmagan. Faqat keyingi paytlarda Pokistonda gazeta va jurnallar chiqayapti. Belujlarning aksariyati ikki tillidir. Beluj tili bilan birga fors tilini ham o‘z ona tilidek bilishadi. Pokistonda urdu yozuvidan ham foydalanishadi. Tayanch iboralar Pashtu-pushtu tili, afg‘on qabilalari, feodal tuzum, Qandahor dialekti, Peshovar dialekti, Iron dialekti, Digor dialekti, Kurmonjiy dialekti, Mekron dialekti. Savollar Afg‘on tilida badiiy adabiyot qachon paydo bo‘lgan? Osetin adabiy tili qaysi dialekt asosida shakllangan? Kurd tilida qaysi alifbodan foydalanishadi? Belujlar yozma adabiyotga egami? XVII. MAVZU ISH REJASI: Tat tili. Tolish tili. Eronning Kaspiy bo‘yi dialektlari. Gilyon tili. Lur va baxtiyor dialektlari. Lar tili. Fors dialektlari. Markaziy Eron dialektlari. Tat tili Tatlar Ozarbayjon Respublikasining Apsheron yarim orolida va Rossiya federatsiyasining Dog‘iston muxtor respublikasida yashashadi. Ozarbayjon respublikasida yashovchi tatlar musulmon, Dog‘iston muxtor respublikasida yashovchi tatlar (iudey)lar musavviylardir. Tat tilida tub tat xalqidan tashqari tog‘ juhutlari ham gapirishadi. Ular (dag‘-juft) e’tiqodi bo‘yicha musaviylardir. Adabiyotda ularning shevasi juhud-tat lahjasi deb nomlanadi. Ozarbayjondagi tatlar, asosan, ikki tillik bo‘lib, musulmonlardir. Ular uchun XIX asrning 20-30-yillarida yozuv yaratilgan, lekin o‘quvchilarning kamligi uchun foydalanilmagan. Shuning uchun tatlar ozarbayjon tilidan foydalanishadi. Dog‘istonda esa tatlar 1928-1938-yillarda lotin, 1939-yildan rus alifbosidan foydalanishadi. Ona tilida darsliklar mavjud. Tat tili ikki dialektga ega: Ozarbayjon tat shevasi (Osnovi iranskogo yazikoznaniya kitobida musulmon va xrestianlar shevasi – janubiy deb ataladi). Tat – juhud shevasi. Tatlar Kavkaz hududiga eramizning IV-VII asrlarida Sososniylar sulolasi davrida Erondan chegaralarni qo‘riqlash uchun ko‘chirilgan askarlarning avlodlaridir. Eronda, V.Ivanovning guvohlik berishicha, eronliklarning o‘zlari-o‘zlarini boshqa-turk, kurd va arab millatlaridan ajratish uchun tatlar deb ataydilar. Qazvin viloyatidagi dehqonlar o‘zlarining tatlar deb atashadi. V.Ivanov boshqa eronshunoslar qatori (I.N.Beryozin, B.V.Miller, V.B.Bartold) tat terminini tojik terminiga bog‘laydi. (W.Jvanow The Dialest of go zarkhon in Alamut (AO.Vol. IX 1931. P.253) Alisher Navoiy o‘zining «Muhokamatul-lug‘atayn» kitobida fors tilini sart tili deb ataydi. Biz sart va tat terminlari o‘rtasida hamohanglikni ko‘ramiz. Balkim bu bir terminning ikki xil fonetik ko‘rinishidir. Tatlarning umumiy soni 17000 kishini tashkil qiladi (Naseleniya SSSR, 1970). Tolish tili Ozarbayjonda yana bir eroniy tillardan tolish tili ham mavjud. Ular asosan, Lenkoran pastekisligida zich bo‘lib yashashadi. qisman Eronning Astra daryosi bo‘ylab va Ardabil shahri atrofida yashashadi. Tolishlar va tolish etnik termini to‘g‘risida o‘rta asr adabiyotlarida hech qanday ma’lumot yo‘q. Tolishlarning bir qismi shia mazhabiga tegishli bo‘lib (asosan Ozarbayjonda) qolgani sunniy mazhabiga mansubdir. Tolishlar ikki tillikdir. Ozarbayjon tili tolishlar uchun adabiy til hisoblanadi. B.V.Miller, Talishskiy yazik M., 1953. 30-yillarda tolish tili uchun yozuv yaratish xarakati samarasiz bo‘ldi. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling