O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yazg‘ulom tili.
- Yag‘nob tili.
- Munjon tili.
- Parachi tili.
Sho‘g‘non-ravshan guruhi. Bu guruhga quyidagi tillar kiradi:
a) sho‘g‘non tili (boju dialekti bilan birga); b) ravshan tili (xuf dialekti bilan); v) bartang tili; g) o‘ro‘sho‘r tili; d) sariko‘l tili. Bu tillarning hammasi bir-biriga juda yaqin bo‘lgani uchun ularni bir tilning dialekti deb qarash mumkin. Sho‘g‘non tilida ko‘pchilik so‘zlashadi. Sho‘g‘non tilida so‘zlashuvchilarning bir qismi Afg‘onistonda ham yashaydi. Panj daryosining yuqori qismida ravshan tilida so‘zlashuvchilar yashashadi. Ular Afg‘oniston hududida ham yashaydilar. Ularning umumiy soni 10000 kishi atrofida. Bartang tilida Bartang daryosi oqimi bo‘ylab joylashgan qishloqlarda yashovchi kishilar so‘zlashadi. Ularning soni 5000 kishi atrofida. Sariko‘l dialekti. Bu dialektda asosan Xitoyning Sinszyan muxtor viloyatida, Sariko‘l vohasida yashovchi aholi so‘zlashadi. Bu dialekt shuG‘non dialektiga juda yaqin turadi. Yazg‘ulom tili. Yazg‘ulom daryosi bo‘ylab yashovchi aholining tili. Ular o‘zlarini zgamik (zgamik) deb ataydilar. Keyingi paytlarda yazg‘ulomliklarning ko‘pchiligi Kulob viloyatiga ko‘chirilgan. Yazg‘ulom tilining dialektlari yo‘q. Ishkashim tili. Hozirgi vaqtda ishkashim tilida so‘zlashuvchilar Panj daryosining yuqori oqimida Ishkashim daryosi bo‘ylarida joylashgan ikki-uch qishloqda yashashadi. Ular o‘z tillarini «ishko‘shimiy» deb atashadi. Bu tilning ikki dialekti mavjud. Zebak va Sangin dialektlarida so‘zlashuvchilar asosan, Afg‘oniston hududida yashashadi. Vahan tili. Panj daryosining boshlanish manbai Vaxan vodiysida yashovchi aholining tili. Ular o‘z tillarini xekzik o‘zlarini esa Wix deb atashadi. Ular shuningdek Afg‘oniston hududida Panj daryosining chap irmog‘i Vaxan daryosi bo‘ylab yashashadi. Shuningdek ular Hindistonning Jammu va Kashmir knyazliklarida ham yashaydilar. Yag‘nob tili. Tojikiston Respublikasining Yag‘nob daryosi vohasida yashovchi aholining tili. Yag‘nob tili yozuvga ega emas. Ikki dialektga: sharqiy va g‘arbiy dialektlarga ega Yag‘nob tili qadimgi so‘g‘d tilining bevosita davomchisidir. Fan yag‘nob tili yangi So‘g‘d tilining dialekti sifatida shu kungacha davom etib kelayotganini tasdiqlaydi. Munjon tili. Munjon tili Afg‘oniston Badaxshonining janubiy-sharqiy qismida joylashgan Munjon hududida tarqalgan. Munjon tilida bir yidga dialekti mavjud. Bu dialektda gapirishuvchilar o‘zlarini (iaev ko‘p son. iave) deb atashadi. O‘rganilmagan til, yozuvga ega emas. Ormuri tili. Ormuri tili kichik bir xalqning tili bo‘lib, u adabiyotlarda baraki, bargista nomlari bilan uchrab turadi. Ularning bir qismi Afg‘onistonning Log‘ar hududida, ikkinchi qismi esa Pokistonning Kapinguram hududida yashashadi. Ular dekhqonchilik, hunarmadchilik va savdo bilan shug‘ullanishadi. Omuriylar haqida tarixda birinchi bor Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z yodnomasida tilga olgan va ularning yashash joylari haqida ma’lumot bergan. Hozirgi paytda Bobur zikr etgan joylarda ormuriylar yashamaydi va ular ikki tillik bo‘lib, tojik yoki pashtu tillarida so‘zlashadi. Log‘ar va Koniguram dialektlari orasida sezilarli farqlar bor. Ormuriy tili yozuvga ega emas. Parachi tili. Afonistonning Panjshir daryosi vohasida Kobul shahrining shimolida Kurob qishlog‘ida parachi tilida so‘zlashuvchi aholi yashaydi. Ular haqida «Boburnoma»da ma’lumotlar keltirilgan. Parachilar ikki tillik bo‘lib ular o‘zlarini tojiklar deb atashadi. Yozuvga ega emas. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling