O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi buxgalteriya hisobi va audit
O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP)
Download 90.95 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazir-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditning xalqaro standartlari va uni qo’llanilishi.
O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) – malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. Auditorlar Palatasining asosiy maqsadi auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashga yordam ko’rsatish, o’z a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish, hamda kasbga oid talablar bo’yicha barcha o’zgarishlar to’g’risidagi va axborot ta’minoti bo’yicha aloqa o’rnatishdan iborat.
Auditning xalqaro standartlari va uni qo’llanilishi. Butunjahon mamlakatlari o’rtasida bo’ladigan savdo-iqtisodiy va boshqa ko’rinishdagi aloqalar ular o’rtasida bo’ladigan hisob-kitoblarni unifikatsiyalashni taqozo etmoqda. Buning uchun, milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit shaklga keltirish talab qilinadi. Jahon mamlakatlari o’rtasida milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit holga keltirish uchun yagona qoidalarni ishlab chiqish lozim edi. Bu qoidalar auditorlik amaliyotida auditning xalqaro standartlari maqomini oldi. Auditorlik faoliyatida me’yoriy hujjatlar sifatida auditning xalqaro standartlarini ishlash borasida ham ma’lum darajada urinishlar bo’lgan. 1948 yilda Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti tomonidan «Umumlashtirilgan audit standartlari» ishlab chiqildi. Shu kabi mamlakatda auditorlar instituti tomonidan «Ichki auditorlarning majburiyatlari» e’lon qilindi. 1976 yilda ma’lumotga elektron ishlov berish auditi assotsiatsiyasi tuzilib, 1987 yilda «Axborot tizimi bo’yicha umumiy qabul qilingan audit standartlari» ishlab chiqildi. Dunyoning ko’pchilik davlatlarida milliy kuzatuv auditor-konsultant firma vakolatxonalari mavjud bo’lib, ularning barchasi xalqaro auditorlik standartlari va ularga mos keladigan me’yorlardan keng foydalanadilar. Butun dunyoda auditorlar faoliyatida umumiy standartlar ishlanishiga Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti (AICPA) katta ta’sir va tashabbus ko’rsatib keladi. AICPA tomonidan auditorlik kasbi, umuman olganda, auditorlik faoliyatiga oid bir nechta standart ishlab chiqildi. Mazkur tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan standartlar 3 ga bo’linadi: Auditning umumiy malaka va etika standartlari: 1. Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Auditor tekshirish o’tkazishda maxsus texnik tayyorgarlikka va auditorlarning professional xulq sifatlariga ega bo’lishi kerak . 2. Mustaqillik. Har qanday vazifani bajarishda auditor yoki auditorlar mustaqil bo’lishi shart . 3. Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o’tkazishda va xulosani tayyorlashda auditordan professional ziyraklik talab etiladi. Obyektlarning ish standartlari: 1. To’g’ri rejalashtirish va nazorat. Ishni auditorlik tekshiruvi muvofiq holda rejalashtirilishi lozim, agarda auditorning yordamchilari mavjud bo’lsa, ularning faoliyatini nazorat qilib borish lozim . 2. Ichki nazorat tizimini tushunishning etarliligi. Auditor auditorlik tekshiruvining ko’lami va unga sarflanadigan vaqtni to’g’ri belgilash maqsadida ichki nazorat tizimiga etarlicha baho berishi shart . 3. Zarur dalillarning etarli miqdori. Auditorlik hisoboti haqida fikr tayyorlash uchun tekshirish, so’roq, kuzatish va tasdiq usullari orqali etarli hajmda dalillar yig’ish . Xulosa standartlari: 1. Hisobotning GAAP bilan mos tushishi. Xulosada moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillarga mos kelishi haqida ma’lumot keltirib o’tiladi . 2. GAAP qoidalariga amal qilinmaydigan holatlar. Xulosada o’tgan yillar nuqtai nazaridan hisobot yilida ko’zda tutilmagan holatlar mavjudligi aniqlanishi kerak . 3. Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Moliyaviy hisobotdagi axborot to’liq adekvat holda yoritib berilishi lozim, agarda xulosada boshqa holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa. 4. Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Xulosa moliyaviy hisobotning to’liqligi haqida fikrni yoki fikrning mavjud emasligi haqida tasdiqni o’z ichiga olishi kerak. Agarda yakuniy xulosa berilmagan bo’lsa, mos keluvchi tamoyillar bilan inobatga olish kerak. Auditorning ismi moliyaviy hisobot bilan bog’liq barcha hollarda xulosada auditorlik tekshiruvining aniq shakldagi turi bayon qilinishi shart, agarda bu ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek, auditor o’z zimmasiga oladigan mas’uliyatning darajasi haqida fikr bildirib o’tishi kerak . Auditning barcha standartlari quyidagi qismlardan tashkil topadi: 1.Umumiy qoidalar; 2.Standartda foydalaniladigan asosiy tushuncha va qoidalar; 3.Standartning mohiyati; 4.Amaliy ilova. Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: halollik, haqqoniylik, mustaqillik, maxfiylik va puxta bilimga egalik (kompetentlilik). Standartlashtiriladigan har bir ob’ekt bo’yicha 100 ta raqam (pozitsiya) berilgan. Standartlash ob’ektlari 11 ta bo’lgani uchun jami 1100 standart ishlab chiqilishi mumkin. Amaliyotda bunday miqdordagi standartlar uchun ehtiyoj bo’lmaganligi sababli ularning ko’pchiligidan foydalanilmaydi. Masalan, «Rejalashtirish» (300-399) deb nomlangan standartlash ob’ekti uchta standartdan iborat: 300-«Rejalashtirish», 310-«Biznesni bilish», 320-«Auditda jiddiylik». Demak, rejalashtirish masalalari bo’yicha yana 7 ta standart qabul qilish mumkin. Bundan tashqari, har bir standartga 10 tagacha substandart ochish mumkin. Bizga ma’lum bo’lgan manbalar asosida Auditning Xalqaro Standartlarini va ularning qisqacha mazmunini quyidagi jadval ko’rinishida keltiramiz. Ushbu standartlar xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatining sifati va mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Butun dunyo auditorlari mazmunan o’xshash ishni bajarsalarda, har bir mamlakatda auditorlik faoliyatini tashkil etish o’zining milliy xususiyatlariga ega bo’lishi mumkin. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari va me’yorlari esa u yoki bu mamlakatning milliy standartlari va me’yorlarini bekor qilmaydi. Ko’plab mamlakatlar (O’zbekiston 1999 yildan boshlab) o’zlarining milliy standartlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar. Ular IFACning asosiy talablarini ta’minlash zaruratiga yo’naltirilgan o’z auditorlik uslubiyatiga ega. Standartlar boshqa normativ hujjatlar kabi quyidagi rekvizitlardan tashkil topadi: standart nomeri, amalga kiritilish sanasi, standartning qo’llanish sohasi, muammo tahlili va boshqalar. Auditorlik standartlari 4 xil bo’ladi: 1.Auditning umumiy standartlari; 2.Auditning ishchi standartlari; 3.Hisobot standartlari; 4.Maxsus standartlar. Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi kengashi nomidan audit standartlarini chop etdi, shuningdek, audit tekshirishlarini o’tkazish bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqdi. Hozirgi kunda 30 dan ortiq auditorlik faoliyatining xalqaro andozalari ishlab chiqilgan. Respublikamizda esa 10 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy andozalari ishlab chiqilgan. Bozor munosabatlarini erkinlashtirish va uni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy integratsiyani rivojlanish sharoitida moliyaviy axborotlarning jahon miqyosida amaliyotga keng joriy qilish zaruriy va to’xtovsiz jarayonlardan biri hisoblanadi. Download 90.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling