O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’limi jismoniy madaniyat yo’nalishi
Download 1.62 Mb.
|
Voleybol o’yinida to’pni boshqarish texnikasi usullarini o’rgatish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Himoya taktikasi
Sakrab to’pni uzatish
Hujumkor zarba berish uchun yo’naltirilgan birinchi uzatilgan to’p har doim ham foydalanilmaydi. Shuning uchun ayrim vaziyatlarda (to’siq qo’yilganda, to’p noaniq uzatilganda, hujumchi o’yinchini qa’tiyatsizligi) ko’proq sakrab hujumkor zarba berish uchun o’zlarini sherigiga to’pni uzatishi qulay bo’ladi. Ayniqsa bu usul shunday samarali bo’lishi mumkinki, qachonki uzatilgan to’pni qabul qilgandan o’tilgandan keyin hujumkor zarba berishni birinchi davrida yaxshi taqlid qiladi. To’siq qo’yayotgan o’yinchilarni diqqat e’tiborini o’ziga jalb qilib u hujumkor zarba berishni bajarmaydi, biroq, oxirgi daqiqada to’pni sherigiga uzatadi. Hujumkor zarba berish uchun qulay holatda turgan sherigiga to’pni uzatadi. (to’siqsiz yoki bitta to’siq qo’yuvchi o’yinchiga qarshi). Bunday uztish uchun baland bo’lmasligi kerak chunki raqib o’yinchilari birinchi uzatish bilan zarba berishga to’siq qo’yishga tayyorgarlik ko’rgani esa ikkinchi uzatishda zarba berishga to’siq qo’yishga ulgurmaydi. Voleybolda aldamchi harakatlar tez-tez hujumkor zarba berishga tayyorgarlik ko’rishda va unga uzatish uchun birga qo’shib olib boriladi. Mana shu taktik harakat hujumkor zarba berishda raqib jamoa o’yichilarining ayrim e’tiborsizligiga yoki yomon harakat harakatchanligidan foydalanib tashkil e’tiladi. Maydonda o’yinchilarni noto’g’ri joylashtirishda ayniqsa to’siq qo’yuvchilarni soni oshib ketganda o’yichilardan bo’sh qolgan joy paydo bo’ladi. Adamachi harakat shunday joy bo’sh qolsa yoki bo’sh joyni bekitish maqsadida o’yinchi joyni o’zgartiradi. Himoya taktikasi Himoya harakatini taktikasi, to’siq qo’yish, oshirish, hujumkor zarba berishdan hamda, oshirish bilan to’pni qabul qilishdan tashkil topadi. To’siq qo’yish. Raqibni hujumkor zarbasidan jamoa himoya qilishni boshlaydigan birinchi harakati to’siq qo’yish hisoblanadi. To’siq qo’yish bir kishilik va guruhli (ikki, uch kishilik) bo’lishi mumkin. H ujumchi o’yinchini to’rga va to’pka nisbatan joylashishi zarba bergandan keyin yuz berishi mumkin bo’lagan eng ko’p to’pni uchish yo’nalishini aniqlashga imkoniyat beradi (91 rasm). Hujumkor zarba berishni bajaruvchi o’yinchi, faqatgina o’zini oldiga qarab intilishi yo’nalishida ko’proq kuch bilan to’pni urish mumkin. Katta kuch bilan to’pni uchishini boshqa yo’nalishi bu sharoitda mumkin emas, bo’sh zarba berish mumkin faqatgina o’yichini mavjud bo’lishida yuqori texnika (o’tkazishlar va boshqalar) hujumkor zarba berishni bajaruvchi o’yinchida mavjud bo’lganda bo’sh zarba bo’lishi mumkin. Zarba berishdagi qulay zarba berishni quylay yo’nalishini to’siq bilan berkitish to’siq qo’yuvchi hoxlagan natijasiga erishadi. To’pga qayerdan zarba berishi bo’yicha joylashishi joyiga qarab to’siq qo’yuvchilar o’yinchilarni kuzatadilar (ular to’pga nisbatan qanday holatda turishini) va to’siq uchun to’r ustidagi qo’lni qo’yilishiga qarab hamda shunga mos ravishda sakrashni bajaradi. Qayerdan zarba beriladigan joyni aniqlashni tasavvur qilish bir muncha qiynchiliklarni tug’diradi. To’siq qo’yuvchi to’pni dastlabki uchish davrini kuzatishi kerakki to’pni tushish darajasini mos kelishini aniqlash kerak ana shundagina hujumkor zarbani berish mumkin. Bu joyni iloji boricha oldinroq aniqlash kerak keyin barcha diqqat-e’tiborni hujumkor zarba beradigan o’yinchiga qaratish lozim Uzatish bilan to’pni uchish yuqoriga ko’tariladigan (ko’tarilayotgan) tarmog’in imkon boricha zarba berish joyi aniqlanadi. To’pni juda pastdan uzatish uni kuzatishni va joyni tanlashga imkoniyat bermaydi chunki uzatish va zarba berish orasidagi vaqt juda ham etarli bo’lmaydi. Shuning uchun to’siq qo’yuvchiga o’yinchining qarshisiga shunday joylashish kerakki hujumkor zarba beruvchi to’pni uzatishni bajarayotganda o’yinchiga qarab siljishi kerak bo’ladi. Agarda to’siq qo’yishni bitta o’yinchi bajarayotgan bo’lsa raqib hujumi ikkita raqam bilan olib borilayotgan bo’lsa unda to’siq qo’yuvchi ular o’rtasidagi o’rta holatni (joyni) egallaydi. Ikkita o’yinchiga bir kishilik to’siqni qo’yishni bajarishda ularning har biri o’zlarini to’rini o’rtasida joylashadilar, uchta to’siq qo’yuvchi esa – o’zining uchinchisiga qarshi (zonada) qo’yiladi. Bundan tashqari to’siq qo’yuvchi o’yinchilarni zonalriga qarab joyni taqsimlanishi hujumchi o’yinchilarga bog’liq holda taqsimlanishi mumkin, buning uchun to’siq qo’yuvchilar hujumkor zarba berishni bajaruvchi o’yinchilarni holatiga mos ravishda taqsimlanadi. Bunday holatda to’siq qo’yuvchilar o’rtasida joyni almashish zaruriyati nomoyon bo’lib qolsa to’siq qo’yishga ketayotgan o’yinchi amalga oshirishda to’siq qo’yish va kuzatish uchun eng qulay holatda bo’lishiga to’rni yoniga o’tish huquqida foydalanadi. To’siq qo’yishga sakrash vaqtida huddi shunday sakrash joyini to’siq qo’yuvchi tomonidan to’pni uchish traektoriyasiga qarab tanlanadi. Sakrashni shunday hisob – kitob bilan bajariladiki chunki bu vaqtda qachonki to’p zarba berish joyiga tushganda to’siq qo’yuvchi o’zining sakrashini eng yuqori nuqtasida bo’lishi lozim Faqatgina juda baland bo’yli to’siq qo’yuvchi o’yinchi sakrash momentini tanlash uchun to’pni uchishga emas balki hujumkor zarba beruvchi o’yinchini sakrashiga mo’ljal qilishi kerak. Shu bilan birga agarda hujumkor zarbani beruvchi o’yinchini bo’yi undan baland bo’lmasa, unda bo’yi baland to’siq qo’yuvchi biroz ushlanib sakraydi. Bunday holat esa to’siq qo’yuvchi katta ustunlikka ega bo’ladi, chunki u maydonda turgan holatda hujumchini eng oxirgi zarba berish vaqtigachan kuzatishi mumkin. O’rtacha bo’yli to’siq qo’yuvchi bunday ustunlikka ega bo’lmaydi: u hujumkor zarba beruvchi o’yinchi bilan bir vaqtda yoki agarda hujumchi o’yinchi juda baland bo’yli bo’lsa undan oldin sakrashi kerak bo’ladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling