O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’limi jismoniy madaniyat yo’nalishi
Download 1.62 Mb.
|
Voleybol o’yinida to’pni boshqarish texnikasi usullarini o’rgatish.
Hujum taktikasi
Hujumda taktik harakat to’pni oshirish, uzatish va o’zini hujumkor zarbasi bilan amalga oshiradi. To’pni oshirish taktikasi asosiy vazifaga ega bo’lib – bu to’pni o’yinga kiritish hisoblanib, raqiblarni keyinchalik harakatni tashkil etishni va uni qabul qilishni imkon boricha qiyinlashtiradi. Uzatuvchilar buni hisobga olib quyidagicha harakat qiladilar. To’pni bo’sh o’ynaydigan o’yinchiga oshirish. Raqib jamoa si o’yichilarini har xil tayyorgarligini bilib, to’pni to’r ustidan oshirishni shunday bajaradiki, chunki qabul qiluvchi o’yinchi, to’pni qabul qilish usulini boshqalarga nisbatan bo’shroq egallaganga uzatadi. Bu javob hujumini tashkil etishda raqib jamoa sini harakatini qiyinlashtiradi. Raqib tomonidan kombinatsiyaga tayyorgarlik ko’rayotganini o’tkazishini qiyinlashtiradi. To’pni oshiruvchi raqib o’yichilarni joylashishini ko’radi, raqib harakatidagi extimol keyichalik yuz berishi mumkin bo’lgan yo’lni bilib oladi. Shuning uchun to’pni shunday hisob bilan oshiradiki raqib o’zini taktik o’ylaganini yoki fikrini amalga oshirishi uchun halaqt beradi. Masalan: a) agarda raqib o’yinchilar shunday hisob bilan joylashadilarki birinchi uzatishni 3 zonadagi o’yinchiga keyingi 4 zonada turgan o’yinchiga zarba berish uchun uzatiladi, bunda to’pni 1 va 2 zonani o’rtasidagi yo’nalishga qarab uzayishi kerakki, chunki 3 zonadagi o’yinchi majburiy ravishda 4 zonadagi o’yinchiga orqa bilan turib hujumkor zarba berish uchun uzatiladi; b) agar raqib jamoa sini o’yinchilarini joylashuvini xuddu shunday bo’lsa, biroq zarba berish uchun 2 zonadagi o’yichiga, biroq eng yaxshisi 4 va 5 zonada o’rtasidagi yo’nalish bo’yicha oshirish kerak. v) agarda to’r oldida, birinchi uzatish bilan hujum zarbasini yaxshi egallagan raqib o’yinchisi turgan bo’lsa, shunda hisob – kitob bilan to’pni uzatish kerakki, uning uchun uzatilgan to’p uni orqa tomonidan kelishi kerak: 4 zonadagi o’yinchi, 5 zonada turgan o’yinchiga oshiradi; 2 zonadagi o’yinchi – 1 zonadagi o’yinchiga oshiradi 3 zonada turgan o’yinchi faqatgina o’ng qo’l bilan hujum zarbasini berishni egallagan – shuning uchun 5 zonadagi o’yinchiga oshiriladi 3 zonadagi o’yinchi chap qo’lda zarba berishni egallagan - to’p 1 zonadagi o’yinchiga oshiriladi g) agarda raqib jamoa sini o’yinchisini joy almashishini qa’tiyyan tezlik bilan bajarsa, natijada maydonda himoyalanmagan joy hosil bo’ladi, ana shunday vaqtda aynan maydonchani shu qismiga oshirish kerak d) agarda o’yichi hujum zarbasini berishga tayyorgarlik ko’rishda turdan ancha uzoqqa borib turadi, unda to’pni iloji boricha to’rga yaqin bo’lgan zonaga oshirishi kerak e) agarda orqa chiziqdagi o’yichi ikkinchi to’pni uzatishni bajarish uchun olidindan chiqsa, unda u qoldirgan turgan joydan to’pni oshiriladi. 3. To’pni turli tuman oshirish. Raqib, oshirishni hisobga olib, o’zining o’yinchilarini maydonda mos ravishda joylashtiradi. Oshiruvchi, to’pni uchish troektriyasini uzunligini va har xil tezlik bilan oshirishni almashlab, raqib harakatini qiyinlashtiradi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling