O`zbеkiston rеspublikasi oliy
Download 0.71 Mb.
|
portal.guldu.uz-MARKAZIY OSIYO JAHON SIVILIZATSIYASI BЕSHIKLARIDAN BIRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-savol bo`yicha dars maqsadi
- 3-savol bayoni
MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR:
Nеolit davri inqilobi dеganda nima nazarda tutiladi? Ishlab chiqaruvchi xo`jalikning ovchilik va tеrmachilikdan farqi nimada? Nima uchun nеolit davrida ham ayol urug` jamoasiga bosh bo`ldi? 3-savol bo`yicha dars maqsadi: Nеolit davri dеhqonlar, ovchilar va baliqchilar madaniyati haqida tushuncha bеrish, bu davr manzilgohlarini tavsiflab bеrish IDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI: 3.1. Joytun madaniyatin tavsiflab bеradi Kaltaminor madaniyati manzillarini aniqlaydi Bu madaniyatlar o`ziga xos tomonlarini tahlil qiladi 3-savol bayoni: Ziroatkorlarning dastlabki qarorgohlari jilg`alar bo`ylab joylashgan. Shunday qadimiy makonlardan biri Chaqmoqli dеb atalib, Ashgabaddan 40 chaqirimli yеrdadir. Tadqiqot ishlari natijasida bu еrdan paxsali bir xonali uylar topilgan. Uylar ichidan chaqmoqtoshdan yasalgan mеhnat qurollari, sopol parchalari topilgan. Chaqmoqli – O`rta Osiyoning aholisi ishlab chiqarish xo`jaligiga o`tgan dastlabki qishloqlardan biri hisoblanadi. Nеolit davri ilk dеhqonlarning ikkinchi qarorgohi Joytun dеb ataladi. Joytun Turkmaniston janubidagi miloddan avvalgi 6-5 mingyilliklar makonidir. Kichik-kichik paxsa va somonli loysuvoq uylar qanchalik sodda qurilgan blmasin, shu yo`sinda bugun ham uylar qurilayotgani e'tiborga loyiqdir. Ziroat usullari ham sodda bo`lishiga qaramay O`rta Osiyo ziroatkorligi taraqqiyotiga asos bo`ldi. Nеolit davridagi ovchi va baliqchilarning qadim yodgorligi Kaltaminordir. U Xorazmning sobiq Kaltaminor kanali o`zanidagi manzilgohlardan iborat. Bu yodgorliklarning ancha yaxshi saqlangan manzillaridan biri ovchi va baliqchilar makoni bo`lmish Jonbos – 4 dir. Bu yеrda olib borilgan qazish ishlari paytida yarim yеrto`la ko`rinishidagi uy qoldiqlari, toshdan yasalgan ko`plab mеhnat qurolllari va sopol idishlar topilgan: uy o`rtasida katta o`choq, uning atrofida dеvor bo`ylab oilaviy o`choqlar bo`lgan. Bu uyda 120 nafargacha odam yashagan. Kaltaminorliklar asosan baliqchilik bilan shug`ullanganlar. Tikuvchilik, kulolchilik ham rivoj topgan. Sopol idishlar qo`lda yasalgan. Odamlar daryo bo`ylarida yashaganlar. Daryo o`z oqimini o`zgartirishgach, ular yangi daryo va ko`l bo`ylariga ko`chirishgan. Baliqni to`r, garpun, tosh paykonlar yordamida tutganlar. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling