O’zbekiston respublikasi oliy


Download 1.99 Mb.
bet4/21
Sana12.11.2020
Hajmi1.99 Mb.
#144457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Tajriba mashg'ulot Informatika 1-kurs IO'M Tayyor


Topshiriqlar

1.Har bir talaba ism familya otasini ismini alifbo,aralash alifbo va ASCII kodlash usullar orqali ifodalash.

Tajriba ishi № 5

Mavzu: Audio axborotlarni kodlash.

Ishdan maqsad:Audio tipidagi axborotlarni kodlashni o’rganish.

Kerakli jihozlar: Kompyuter,proyektor,tashqi xotira qurilmalari,morze alifbosi bilan ishlovchi dastur.

Nazariy qism:

Tovush signallarini kodlash

90-yillarga kelib shaxsiy kompyuterlarda tovush axborotlarni qayta ishlash imkoniyati yaratildi. Tovush to‘lqini o‘zgaruvchi amplitutasi va chastotasiga yega. Tovush amplitudasi qanchalik katta bo‘lsa, tovush shunchalik baland, tovush chastotasi qanchalik katta bo‘lsa, tovush toni yuqori bo‘ladi. Kompyuter tovushni qayta ishlashi uchun uzluksiz to‘lqin ketma-ket keluvchi yelektr impulslariga (nollar va birlar) o‘zgartirilishi kerak bo‘ladi. Tovush to‘lqinlari juda kichik vaqt oralig‘i bo‘laklariga bo‘linib, har bir oraliq uchun amplitudaga aniq kattalik belgilanadi. Har bir bo‘lakga aniq kod belgilanadi. Bu jarayon vaqt diskretligi deyiladi. Tabiiyki, vaqt oralig‘i qanchalik kichik bo‘lsa, tovushni yozish sifati shunchalik yaxshi bo‘ladi.



Uzluksiz tovush signallarini diskret raqamli signallarga aylantirish analog-raqamli o‘zgartiruvchi (ARO‘) yordamida amalga oshiriladi. Teskarisi, ya’ni raqamli kodlangan axborotni tovushga aylantirish raqamli-analog o‘zgartiruvchi (RAO‘) yordamida amalga oshiriladi. ARO‘ va RAO‘ ovoz kartasining asosiy komponentalari hisoblanadi.

INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://ulkolledg.narod.ru/material/Burdina_2/svuk.files/image003.gif" \* MERGEFORMATINET

Zamonaviy tovush platalari 16, 32, 64 bitli kodlash sathiga yega, ya’ni 216,232, 264 ta turli darajadagi signallarni kodlash imkoniga yega. Signallarni turli darajada kodlashlar soni Xartli formulasi N = 2I , bunda I tovush chuqurligi orqali aniqlanadi. Kodlash sifati berilgan vaqt oralig‘ida signalni o‘lchash darajasi bilan bog‘liq, ya’ni diskretlash chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. Bir sekunddagi o‘lchashlar soni 8000 dan 48000 gacha oraliqda bo‘ladi, ya’ni analogli tovush signalining diskretlash chastotasi 8 dan 48 kGs gacha oraliqda bo‘lishi mumkin. Masalan, 8 kGs chastotali diskretlangan tovush signalining chastotasi radioyeshittirishlar sifatiga mos keladi. 48 kGs chastotalisi yesa audio-CD eshittirish sifatiga mos keladi.

Diskretlash chastotasi deganda kirish signallarini ma’lum vaqt (1 sek) oralig‘idagi o‘lchashlar soni tushuniladi. Chastota gers (Gs) larda o‘lchanadi. 1 sekunddagi 1 ta o‘lchash 1 Gs ga teng deyiladi. 1 sekunddagi 1000 ta o‘lchash 1 kGs ga teng bo‘ladi. Diskretlash chastotasi f harfi bilan ifodalanadi. Kodlash uchun quyidagi uchta 44,1 KGs, 22,05 KGs, 11,025 KGs chastotalardan biri olinadi. Inson 20 Gs dan 20 kGs gacha diapazondagi chastotani yeshitish imkoniyatiga yega.

Raqamli monoaudiofayl hajmi V=f*t*i formula orqali o‘lchanadi, bunda f – diskretlash chastotasi (Gs), t – tovush davomiyligi, vaqti, i registr razryadi. Ushbu formula orqali hajm, o‘lchov bitlarda o‘lchanadi.

Raqamli stereoaudiofayl hajmi V=2*f*t*i formula orqali o‘lchanadi. Signal ikkita kolonka uchun yozilgan bo‘lib, chap va o‘ng kanallar alohida-alohida kodlanadi.

Quyidagi jadvalda 1 minutli kodlangan tovush ko‘rinishidagi axborot turli diskretlash chastotasida necha MB joyni egallashi ko‘rsatilgan.


Signal tipi

Diskretlash chastotasi (KGs)

44,1

22,05

11,025

16 bit, stereo

10,1 Mb

5,05 Mb

2,52 Mb

16 bit, mono

5,05 Mb

2,52 Mb

1,26 Mb

8 bit, mono

2,52 Mb

1,26 Mb

630 Kb

Ishning borish tartibi:

1-masala. Diskretlash chastotasi 22.05 kGs va kodlash sathi 8 bitli 10 sekundlik raqamli audiofayl hajmi baytlarda topilsin. Faylni siqish hisobga olinmasin.

YEchish:

Raqamli audiofaylni hisoblash formulasi: A=D*T*I/8. Natijani baytlarga o‘tkazish uchun uni 8 bitga bo‘lish kerak. Ma’lumki, 22,05 kGs =22,05 * 1000 Gs =22050 Gs ga teng. A=D*T*I/8 = 22050 x 10 x 8 / 8 = 220500 bayt.



Javob: 220500 bayt.

Topshiriqlar

2-masala. Diskretlash chastotasi 44.15 kGs va kodlash sathi 16 bit bo‘lgan ikki minutli audiofaylni xotiraga olish uchun kerak bo‘lgan joy hajmi aniqlansin.
3-masala. Hajmi 2.6 Mb bo‘lgan diskga 1 minutli raqamli audiofaylni yozish kerak. Diskretlash chastotasi va adapter razryadligi qanday bo‘lishi kerak?

1. Diskretlash chastotasi 22.05 kGs ga teng bo‘lsa, audioadapter razryadligi 16 bitga teng bo‘ladi.

2. Diskretlash chastotasi 44.1 kGs ga teng bo‘lsa, audioadapter razryadligi 8 bitga teng bo‘ladi.

Tajriba ishi № 6

Mavzu: Video axborotlarni kodlash.

Ishdan maqsad:Video toifadagi axborotlarni kodlashni o’rganish.

Kerakli jihozlar: Kompyuter,proyektor,tashqi xotira qurilmalari.

Nazariy qism:

Grafik ko‘rinishdagi axborot o‘zining kodlash usuliga ega. Har qanday tasvir juda katta sondagi aloxida nuqtalardan tashkil topadi. Ekrandagi oddiy rasm ham millionlab shunday nuqtalardan tashkil topadi. Har bir nuqta rang kodi orqali ifodalanadi, ya’ni o‘zining aloxida kodiga ega bo‘ladi. Oddiy tasvirlar oq-qora rangli bo‘lib, har bir nuqta 1 bit orqali kodlanadi. Masalan, qora rang – 1 ga, oq rang – 0 ga teng bo‘ladi. 1 million nuqtadan iborat tasvirni xotirada saqlash uchun 1000000 bayt kerak bo‘ladi.

Rangli tasvirlar katta sondagi baytlar orqali kodlanadi, tasvirdagi nuqtalar soni va ranglar soni qancha ko‘p bo‘lsa, tasvir shunchalik tiniq bo‘ladi va shuncha ko‘p sondagi baytlar orqali ifodalanadi. 16 xil ranglardan iborat bo‘lgan tasvirdagi har bir nuqta uchun 4 bit kerak bo‘ladi, ya’ni 24=16. 256 rangdan iborat tasvirdagi har bir nuqtani kodlash uchun 8 bit, ya’ni 1 bayt kerak bo‘lib, biror tasvirni xotiraga olish uchun millionlab bayt kerak bo‘ladi. Haqiqatga yaqin bo‘lgan rangli tasvirni qayta ishlash, saqlab qo‘yish uchun har bir nuqtasi 2 baytni egallaydi. Bunday tasvirlarda 65536 ranglar jilosi tasvirlanadi. Shuning uchun grafik ko‘rinishdagi tasvirlarni ifodalashda xotiradan juda kata joy talab qilinadi.

Shaxsiy kompyuterlardan foydalanishda eng ko‘p tarqalgan yo‘nalishlardan biri-bu kompyuter grafikasidan foydalanishdir. Bu yo‘nalishda faqatgina professional dizayner yoki rassomlar emas, balki oddiy foydalanuvchilar ham ishlashi mumkin.

Kompyuter grafikasi programmalari 3 turga bo‘linadi:

1.Rastrli grafika

2.Vektorli grafika

3.Fraktal grafika



Rang satxi nuqtaning rangini kodlash uchun kerak bo‘lgan bitlar soni bilan o‘lchanadi. Masalan nuqtaning rang sathi 8, 16, 24, 32 bit bo‘lishi mumkin. Ekrandagi ranglar soni K=2I formula orqali hisoblanadi, bunda K ranglar soni, I – rang satxi yoki bitli satxi deyiladi.

Grafik ko‘rinishidagi axborotni kodlashga doir bir-nechta masala ko‘rib chiqaylik.



Ishning borish tartibi:

1-masala.

Oq-qora rangli tasvirda 8 ta yorug‘lik holati mavjud. Rasm hajmi 10*15 sm bo‘lib, 1 dyuym (1 dyuym = 2,5 sm) 300 nuqtadan iborat. Tasvir siqilmagan holda xotiradan necha Kbayt joyni egallaydi.

YEchish: N=8 bo‘lganligi uchun, har bir nuqta uchun i=log28=3 (8=23) bit joy kerak bo‘ladi.

Tasvir hajmi = 10*15 sm = 4*6 dyuym = 24 dyuym2

1 dyuymga – 300 nuqta to‘g‘ri kelganligi uchun, 1 dyuym2=3002 nuqta=90000 nuqtadan iborat.

K=90000 nuqta*24 dyuym2=2160000 nuqta



I=K*i=2160000*3bit=6480000 bit = 810000 bayt = 791 Kbayt

Javob: 791 Kbayt

Topshiriqlar

2–masala.Oq-qora ekrandagi 1 piksel videoxotiradan necha bit joyni egallaydi?

3 - masala. 800x600 pikselli (nuqtali) oq-qora rangli rastrli grafik fayli necha baytdan iborat bo‘ladi. (Formatlash, siqish darajasi va boshqa xizmat axborotlari uchun kerak bo‘lgan axborot hajmi hisobga olinmasin).

4 - masala. 640 x 350 pikselli, 16 xil rangli ikkita sahifani saqlash uchun xotiradan necha Kbayt joy kerak bo‘ladi?

5 - masala. Monitorining grafik imkoniyati 1024 x 768 pikselli va 65536 xal rangli bo‘lgan kompyuterning videoxotirasi hajmining aniqlang.

6-masala. Rang sathi 16 bit, ekrang imkoniyati 800x600 bo‘lgan va 312.5 Kbayt hajmga ega bo‘lgan *.bmp tipli fayl ekranning qanday qismini egallaydi?

7-masala. 640x480 pikselli, har bir elementi 6 xil rangdan iborat videoxotira hajmini hisoblansin.

8-masala. Agar nuqtaning rang satxi ma’lum bo‘lsa, monitorning turli xildagi grafik xolatlari uchun kerak bo‘lgan videoxotira xajmi aniqlansin.

Ekran holati, imkoniyati

Rang satxi (bitlarda)

4

8

16

24

32

640 x 480

150 Kb













800 x 600
















1024 x 768
















1280 x 1024















2. Jadvalning qolgan katakchalarini hisoblab to‘ldiring.



9-masala: Grafik imkoniyati High Color, monitordagi piksellar soni 1024 x 768 ga, ranglar palitrasi 65536 ga teng bo‘lgan tasvirlar bilan ishlashi uchun kompyuter videoxotirasining hajmi necha megobayt bo‘lishi kerak?

10 masala. Rastrli grafik tasvirni qayta ishlash jarayonida ranglar soni 65536 dan 16 gacha kamaytirildi. Bunday holda fayl hajmi necha marta kamayadi?

11 masala. 64x32 pikselli 65536 ta rangli tasvirning Kbaytlardagi hajmi aniqlansin.

Tajriba ishi № 7

Mavzu: Kompyuter yordamida ovozli axborotlarni qayta ishlash

Ishdan maqsad:Kompyuter texnologiyalari yordamida ovozli axborotlariga ishlov berishni o’rganish.

Kerakli jihozlar: Kompyuter,proyektor,tashqi xotira qurilmalari.

Nazariy qism:





Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling