O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

SB va so`z. So`z bir tushunchani ifodalaydi. Sbda esa birdan ortiq tushuncha 
munosabatga kirishgan holda nutqda voqelanadi. So`z asosida leksema va morfema 
hamda ularning birikuv qonuniyatlari yotsa, Sbga esa leksemalar hamda ularning 
birikuvlarini tartibga soluvchi LSQ asos bo`ladi. Aytilganidek, so`zda tushuncha, 
ma‘no keng va mavhum bo`ladi. So`z birikmasida esa bu kenglik va mavhumlik bir 
qadar barham topgan bo`ladi. Masalan: qiziq kitob birikmasida kitobning bir belgisi 
namoyon bo`lgan. Shu jihatdan u muayyanlik kasb etgan. Ammo bu muayyanlik 
nisbiy va biryoqlamadir. Chunki, masalan, uning badiiy yoki ilmiyligi hanuz mavhum 
va noaniqdir. qiziq badiiy kitob birikmasida bu belgi ham muayyanlik kasb etadi. 
So`z birikmasida so`z boshqa so`zlarni o`ziga biriktirib kengayishi bilan ma‘noviy 
jihatdan torayib boradi. Demak, shakliy kengayish ma‘noviy torayishni keltirib 
chiqarsa (so`z birikmasida), shakliy torlik (so`zda) ma‘noviy kenglik bilan 
munosibdir. 
SBdagi tushunchalar o`zaro munosabatga kirishar ekan, bunda ular yaxlitlanib, 
bir «vujud»ga aylanib ketmaydi. Ular bir-biriga qancha yaqinlashmasin, baribir o`z 
mustaqilliklarini saqlab qoladi. Masalan, toza havo birikmasida bir tushuncha 
ikkinchisiga muayyanlik kiritish uchungina xizmat qiladi, lekin, baribir, bunda ikki 
tushuncha mavjud. Ikki tushuncha orasidagi munosabat ma‘lum bir me‘yor 
Chizig`idan o`tsa, ular yaxlit tushunchaga aylanadilar va bir butun holda yangi ma‘no 
anglatadilar. Masalan, belbog` so`zi dastlab belning bog`i birikuvi shaklida bo`lib, 
bunda ikki tushuncha munosabati (hokim-tobeligi) mavjud. Biroq bu munosabat 
ularning yaxlitlanishi darajasiga yetmagan. (belbog`) so`zida esa munosabatning 
me‘yor Chizig`idan keyingi holatiga duch kelamiz. 
So`zlarning alohida ko`rinishi bo`lgan qo`shma so`zlar aslida so`z birikmalari 
uzvlarining yaxlitlanishi - so`z birikmasining ma‘noviy taraqqiyoti mahsulidir. 


SB va ibora. SB a‘zolari tobe munosabatli mustaqil so`zlar bo`lsa, iboralar 
ham mustaqil so`zlar birikuvidan tashkil topsa-da, ular orasida sintaktik aloqa
so`ngan, bu so`zlar o`zaro yaxlitlanib, o`zida tayyorlik, majburiylik, barqarorlik kabi 
belgilarni tashiydigan lisoniy birliklar qatoridan joy olgan. Iboralar tashkil etuvchilari 
(zohiriy) jihatidan SB ga o`xshasa-da, mohiyatan leksemalarga yaqinlashadi. Zero, 
tarvuzi qo`ltig`idan tushdi iborasi bilan bo`shashmoq so`zining ma‘noviy mohiyati 
yaqindir. Leksemalar ajdodlardan avlodlarga buzilmasdan yuborilganligi kabi 
iboralar ham yaxlit holda keyingi avlodga uzatiladi. So`z birikmasi esa vaqtinchalik 
va o`zgaruvchandir. So`z birikmasini tashkil etgan so`zlar nutqda o`z mustaqil
ma‘nolari bilan qatnashgani holda iboralarning tarkibidagi so`zlar o`zlarining xos 
ma‘nolaridan judo bo`lgandir (tarvuzi qo`ltig`idan tushdi iborasida tarvuz, qo`ltiq, 
tushmoq so`zlari o`zlarining xos ma‘nolariga ega emas). 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling