O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
-ma’ruza. So`z birikmasi – atov birligi sifatida
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
3-ma’ruza. So`z birikmasi – atov birligi sifatida.
SBning nominativ tabiati. Reja: 1.Nutqiy so`z birikmasi (SB) haqida tushuncha. 2. SB va so`z. 3. SB va ibora. 4. SB da hokim va tobe kengayuvchi va kengaytiruvchi so`z. Nutqiy so`z birikmasi (SB) haqida tushuncha. Nutqda tushunchalarni aniqroq va muayyanroq ifodalash zarurati tug`iladi. Bu esa nisbiy noaniq tushuncha ifodalovchi so`z o`rniga nisbiy aniq tushuncha ifodalovchi so`z birikmasini afzal qilib qo`yadi. qiyoslang: o`qimoq - tez o`qimoq. Keyingi nutqiy hosilada «harflarni urishtirib ma‘nosini tushunish» harakati (o`qimoq) so`zidagiga nisbatan aniqroqdir. Chunki unga (tez) so`zi ko`maklashgan. Ko`rinadiki, so`z ham, so`z birikmasi ham tushuncha ifodalaydi. So`z ifodalaydigan tushuncha noaniq va, demak, kengroq (masalan, (o`qimoq) fe‘lida harakat tez ham, sekin ham bo`lishi mumkin), so`z birikmasida esa ikki tushuncha o`z mustaqilliklarini saqlagan holda nisbiy aniq va muayyan harakatni («harflarni tez urishtirib, ma‘nosini tushunish») ifodalagan. Demak, so`z o`z ma‘noviy imkoniyatini to`laroq va ravshanroq namoyon qilishi uchun boshqa bir mustaqil so`zga ehtiyoj sezadi. Bu so`z uning ma‘noviy ehtiyojini qondirmog`i uchun ham ma‘noviy, ham grammatik jihatdan unga muvofiq bo`lmog`i lozim. Buni ravshanroq anglash uchun quyidagi hosilalarga diqqat qilaylik: olmani termoq, osmonni ushlamoq, Salim keldi, kitobni o`qimoq Birikmalarning birinchisida (olma) va (termoq) so`zlari ma‘noviy jihatdan muvofiq bo`lib, biroq ularning grammatik shakli (qaratqich kelishigi) mos emas. Ikkinchi birikuv (osmonni ushlamoq) da so`zlar grammatik shakli jihatdan mos bo`lsa-da, ma‘noviy tabiatlarining «beo`xshovligi» ularning birikuv hosil qilishlariga yo`l qo`ymaydi. Uchinchi birikuvda a‘zolar ham ma‘noviy, ham shakliy jihatdan muvofiqdir. Bu ular birikuvi tushuncha emas, fikr ifodalaydi. To`rtinchi birikuv (kitobni o`qimoq) bularning barchasidan farqlanadi va birdan ortiq mustaqil so`zning ma‘no va grammatik jihatdan tobelashuvidan tashkil topib tushuncha ifodalashga xoslanganligi bilan xarakterlanadi. Bunda bir so`z tobe, ikkinchisi hokim bo`lib, ular tobelik va hokimlik xossalari hamda vositalariga egadir. Bu ularning ma‘noviy mosligi va tobeligi (hokimligi) grammatik shakli hamda joylashuv (oldinma-keyinlik) xususiyatlaridir. Demak, nutqiy so`z birikmalari uchun quyidagi belgilarni ko`rsatish mumkin: a) birdan ortiq mustaqil so`z; b) a‘zolarning ma‘noviy va grammatik jihatdan mosligi; v) tobelik; d) tushuncha ifodalashi. So`z birikmasi bu to`rt belgisining har biri bilan o`ziga yondosh hodisalarga o`xshaydi ham, bir vaqtning o`zida farqlanadi ham. Masalan: Birdan ortiq mustaqil so`zdan tashkil topganligi bilan so`zdan farq qilsa, tushuncha ifodalashi bilan u bilan o`xshashlik kasb etadi. Gaplar birdan ortiq mustaqil so`zning ma‘noviy va grammatik jihatdan tobelanishi asosida ham vujudga keladi. Lekin u SB dan farqli o`laroq, fikr ifodalaydi. Demak, SB bilan uning o`xshashlari munosabatiga alohida-alohida to`xtalish lozim bo`ladi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling