O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

[W
qk
~ W
ek
]=qaratuvchi-qaralmish. Bu qolipda a‘zolar W belgisi bilan 
berilgan bo`lib, bu muayyan so`z turkumi belgisi emas. Chunki bunda W unsurini 
to`ldiruvchi a‘zolar sifatida turli xil mustaqil so`z turkumlari qatnashishi mumkin. 
Shuningdek, bu LSQning quyi bo`linishlari uning tegishli so`z turkumlari tomonidan 
to`ldirilishi asosida bo`lib, ular quyidagilardir;
[Oq.k – O e.k] = ot qaratuvchi-ot qaralmish (kitobning varag`i) 
[Oq.k – Sf e.k] = ot qaratuvchi-sifat qaralmish(daraxtning mo`rti) 
[Sf q.k – Oe.k] = sifat qaratuvchi- ot qaralmish (yaxshining qilig`i) 
[Sf q.k – Sf e.k] = sifat qaratuvchi-sifat qaralmish(aChChiqning Chuchugi) 
[Ot q.k – S e.k] = ot qaratuvchi-son qaralmish(gulning bittasi)
[S q.k – Se.k] = son qaratuvchi-son qaralmish(mingtaning bittasi). 
[O q.k – Hn e.k] = ot qaratuvchi-fe‘l qaralmish(Otabekning qaytishi). 
[Hn q.k – O e.k] =fe‘l qaratuvchi-ot qaralmish(uyalishning o`rni). 
[Hn q.k – Hn.e.k] =fe‘l qaratuvchi-fe‘l qaratuvchi (olmoqning bermog`i). 
[O q.k – Sd e.k] = ot qaratuvchi-sifatdosh qaralmish(yurakning to`xtagani). 
[Sd q.k – Oe.k] = sifatdosh qaratuvchiqot qaralmish (qo`rqqanning ko`zi). 
[Sd q.k – Sd e.k] = sifatdosh qaratuvchi-sifatdosh qaralmish (yig`laganning 
kulgani). 
[O q.k – R e.k] = ot qaratuvchi-ravish qaralmish (mehnatning kecha-kunduzi) 
[Ol q.k – O e.k] = olmosh qaratuvchi-ot qaralmish(mening vatanim). 
[R q.k – O e.k] = ravish qaratuvchi-ot qaralmish(hozirning huzuri). 
Umumiy [Wq.k – We.k] qolipining bu ko`rinishlari ham bevosita kuzatishda 
bo`lib, ular o`zaro a‘zolarining qaysi turkumga mansubligi bilan farqlanar ekan
demak, ular lug`aviy mohiyatlar tajallilari asosida bo`lingandir. Biroq baribir qoliplar 
lisoniy sathga mansubligicha qolaveradi. Ammo o`rni jihatdan bu sathning quyi 
pog`onalaridan joy oladi. 
[Wq.k–We.k]=qaratuvchi-qaralmish qolipi hosilalari turli xil ma‘noviy 


munosabatlarni namoyon qiladi. 
Demak, SBlarning tarkibiy qismlari orasidagi ma‘noviy munosabatlarni tahlil 
qilmoq lozim bo`ladi. Birinchi SBda yuzaga chiqqan (Karim) va (kitob) leksemalari 
orasidagi borliqda va kishilar ongida qanday bog`lanish bo`lishi mumkin? Ma‘lum 
bo`ladiki, ushbu leksemalar asosida qator SBlarni tuzish mumkin bo`ladi va ularning 
har biri borliqdagi har xil - «atash», «ajratish», «ega-egalik qiluvchi narsa» kabi 
munosabatlarni aks ettiradi. Bu ob‘ektiv munosabatlarning qaysi biri voqelanishi esa 
birikmadagi grammatik qo`shimchalar bilan belgilanadi. qaratqich kelishigi va egalik 
qo`shimchasi Karimning kitobi birikmasida ikki xil ma‘noviy munosabatni 
voqelantiradi: ega-egalik qilinuvchi narsa va muallif-uning asari. Lekin [Wq.k–
We.k]=qaratuvchi-qaralmish LSQi bu ikki xillikka nisbatan befarq. Demak, ayon 
bo`ladiki, yuqoridagi jadvalda keltirilgan SB a‘zolari orasidagi ma‘noviy munosabat 
[Wq.k–We.k]=qaratuvchi-qaralmish qolipiga daxldor bo`lmay, balki uni 
to`ldirayotgan leksemalar va ular borliqda ataydigan narsa-predmetlar orasida 
bo`ladigan munosabatlarning tajallisi bo`lib, bu munosabatlar leksemalarning 
miqdoriga muvofiq ravishda rang-barang bo`lishi mumkin. Masalan, borliqdagi stol 
va oyoq jismlari orasida «ega-egalik qiluvchi narsa» munosabati bo`lishi mumkin 
emas. Shuningdek, bu ma‘noviy munosabatlar qaratqich kelishigi va egalik 
qo`shimchalarining ma‘nolari ham emas. Bu jismlar orasida butun-qism munosabati 
mavjud bo`lib, u SBda ham aks etgan. SBlardagi turli-tuman ma‘noviy munosabatlar 
bir qarashda qaratqich kelishigi va egalik qo`shimchalari ma‘nosidek ham tuyuladi. 
Lekin qaratqich kelishigi tobe so`zni hokim so`zga, egalik qo`shimchasi hokim so`zni 
tobe so`zga bog`lash uchungina xizmat qiladi, xolos. Unga tegishlidek tuyulgan 
ma‘nolar qolipni to`ldirayotgan leksemalarning ma‘noviy mohiyati bilan bog`liq 
bo`lib, mazkur qo`shimchalar ularni namoyon qiluvchi vositalardir, xolos. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling