O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


LSQlarni o`qish va yozish qoidalari


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

LSQlarni o`qish va yozish qoidalari. Lisoniy birliklar bevosita kuzatishda 
berilmagan bo`lib, ular yozish yoki aytish uchun ham shartli belgilardir. 
Lisoniy birliklar bo`lgan LSQlar yozuvda turli shartli belgilar vositasida 
beriladi. Biroq bu shartli belgilarni o`qishning o`ziga xos qonun-qoidalari bor. 
Ma‘lumki, ximiyada moddalar turli shartli belgilar vositasida ifodalansa-da, ular 
aynan o`qilmaydi. Masalan, H2SO4 ni «Ash ikki S O to`rt» deb o`qish talab 
etilmaydi. Biz o`qiyotgan LSQlarga ham Shunday munosabatda bo`lish lozim. 


Deylik, bizga (Wm.v - Wm.v) qolipini o`qish buyurilgan. Uni «W morfologik vosita 
va W morfologik vosita», deb emas, balki, «morfologik shakllangan tobe atov birligi 
va morfologik shakllangan hokim atov birligi», deb o`qish tavsiya etiladi. Agar LSQ 
[I q.k - I e.q] ko`rinishida bo`lsa, u «qaratqich kelishigidagi tobe ism va egalik 
shaklidagi hokim ism» tarzida o`qilishi maqsadga muvofiqdir. 
Ma‘lum bo`ldiki, LSQlarning shakliy tomonigina yoziladi va o`qiladi. Zero, ikki 
mundarijali birliklar bo`lgan leksema va morfemalarning ham shakliy tomoni shartli 
ravishda yoziladi va o`qiladi: [kitob] leksemasi, [-ni] morfemasi kabi. Ularning 
mazmuniy mundarijasi bo`lgan semema yoki grammatik ma‘no birliklarning shakliy 
tomoni bilan yaxlit idrok etiladi va yozuvda uni alohida berish uchun zarurat 
bo`lmaydi.
Demak, LSQ lar ifodasida ham ularning shakliy tomoni bilangina Cheklanish 
ma‘quldir. 
Turg`un SB va frazemalarning LSQdagi o`rni. Turg`un SB va frazemalar 
ham 
mohiyatan 
o`zida 
tayyorlik, 
majburiylik, 
ijtimoiylik 
belgilarini 
mujassamlashtirganligi bois, ular bir atov birligi, bir leksemaga teng birlik atrofida 
qaralib, yaxlit holda LSQning bir uzvini to`ldiradi. Masalan, Salimning tepa sochi 
tikka bo`lishi [Wq. k - We.k], qo`y og`zidan Cho`p olmagan bola [I-O] kabi. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling