O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
[Ik.k -F] qolipi. SBning bu LSQi birinchi uzvi morfologik shakllangan va
Shuning uchun [ShMJ] birikuv omiliga va ikkinchi uzvi shakllangan va Shuning uchun [MShJ] omiliga ega bo`lgan nutqiy hodisalarni namoyon qiladi. Qolipning birinchi uzvini ism turkumiga oid so`zlar to`ldirib, ular hokim uzvga tuShum, jo`nalish, o`rin-payt, Chiqish kelishiklari shakllari bilan bog`lanadi. Birinchi uzvi asosida LSQ quyidagi ko`rinishlarga ega bo`ladi: [I k.k-F] [I t.k-F] [I j.k-F] [I o`-p.k-F] [I Ch.k-F] LSQning har bir ko`rinishi [I] uzvining bo`linishlari asosida yana tarmoqlanadi va u natijada quyidagi nutqiy hosilalarni beradi [O t.k-F] [Sf t.k-F] [S t.k-F] [Ol t.k - F] [Hn t.k-F] (kitobni (yaxshini-o`nni) ayir, uni (gapirish-o`qimoq-so`ramoq-boshlamoqni bas qil.) [Ich.k-F] LSQi boshqa ko`rinishlarining parchalanishlari asosidagi xususiyliklar ham Shunday nutqiy hosilalarni yuzaga chiqaradi. LSQning birinchi uzvi morfologik shakllanganligi bois uni to`ldiruvchi a‘zoda shakliy omil birinchi o`ringa ko`tariladi. Joylashuv omili esa oxirgi o`ringa to`shadi. Zero, birikma a‘zolarini erkin almashtirish, ular orasiga so`zlar kiritish birikmaning mohiyatiga, a‘zolar orasidagi ma‘noviy munosabatlarga ta‘sir ko`rsatmaydi. Ikkinchi uzv grammatik shakllanganligi bois ma‘noviy omil kuchayib, birinchi uzvda joylashuv omili o`ta kuchsiz bo`lganligi bois ikkinchi (F) uzvda ham bu omilning kuchsizlanishi va uchinchi planga surilishini taqozo qiladi . [Ik.q-F] LSQining birinchi uzvida bir necha kelishik umumlashmasi aks etganligi bois uning mazmuniy jihati ham murakkab xarakter kasb etadi va uni harakatga tortilgan yoki bog`liq ob‘ekt (joy-harakat) ko`rinishida berish mumkin. Bu ma‘noviy umumiylik [Ikq-F] LSQining xususiy ko`rinishlarida alohida kelishik qo`shimchalari tomonidan ju‘ziylashtiriladi, muayyanlashtiriladi. Masalan; [Ik.k-F]qvositasiz ob‘ekt-harakat [Ij.k-F]qvositali ob‘ektqhol-harakat [Ich.k-F]q ajralish manbaiqo`rin-harakat va hokazo. [I-F] LSQi. Bu LSQ SB uchinchi tip [W-W] qolipining aloxida turi bo`lib, u a‘zolarning morfologik shakllanishi va nutqda bunga muvofiq ravishda bitiShuv aloqali nutqiy hosilalarni berish bilan xarakterlanadi. [I-F] qolipining nutqiy voqelanish bosqichlarini quyidagicha aks ettirish mumkin; [O-F], [Sf-O], [Olm-O], [S-O], [R-O] [asal bola] [yaxshi bola] [o`sha bola] [birinchi bola] [pinhona suhbat] [I-F] LSQi uzvlari o`zaro hech qanday morfologik vositalarsiz bog`langan bo`lib, bunday unsurlarda birikuvning joylashuv omili kuchayadi, shakliy oml o`ta kuchsizlanadi. Ma‘noviy omil esa birikuvni ta‘minlovchi ustuvor omil maqomida bo`ladi: MJSH-MJSH. [I-O] LSQsining mazmuniy jihati birikuvchi unsurlarning ma‘noviy munosabatlarini umumlashtirish asosida lisoniy mazmunga ega bo`ladi, LSQni yaxlit holda [I-Oqsifatlovchi-sifatlanish] tarzida ta‘riflash mumkin. Ma‘lum bo`ladiki, LSQlardan sintaktik shakllargina joy oladi. Lug`aviy shakllar esa LSQ uchun ahamiyatsiz bo`lib, ikkiyoqlama tabiatga ega bo`lgan lug`aviy sintaktik shakllar (nisbat shakllari, ravishdosh, sifatdosh) qolip uchun ahamiyatli vositalar sifatida lug`aviy shakllar tizimining Chekkasidan joy oladi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling