O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Gapni shakllantirishda ohangning roli
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
Gapni shakllantirishda ohangning roli. Nutqiy gapning muhim belgilaridan
biri uning tugallangan ohangga ega bo`lishidir. Gapning fikriy va sintaktik tugalligi ohang jihatidan ham tugallik va yaxlitlikni taqozo qiladi: tugallangan ohang fikrning va sintaktik qurilishning tugalligini bildirib turadi. Zero, gap va gap bo`lmagan nutqiy hodisa (so`z, SB) larning muhim farqlaridan biri ham tugal bo`lmagan ohangga ega bo`lishidir. Masalan: 1.Kelgan o`quvchi. 2.Kelgan-o`quvchi. Bu nutqiy hodisalarning birinchisida ohang ko`tariluvchi, ikkinchisida esa tuShuvchidir. Ko`rinadiki, birinchi hosila aniqlovchi- aniqlanmish tipidagi birikma bo`lib, u fikr anglatmaydi va bu uning tugal bo`lmagan ohang bilan aytilishini talab qiladi. Ikkinchi hosila (kelgan bola) ham tarkibi jihatdan oldingi hosilaga o`xshaydi, lekin tarkibida kesimlik shakli va ma‘nosi borligi uchun tugal ohang bilan aytiladi. Shu boisdan birinchi qurilma ochiq, yakunlanmagan, ikkinchisi yopiq va tugallangandir. Bir so`zning o`zi ham goh tugal, goh tugallanmagan ohang bilan aytilishi mumkin. qiyoslang:1.qish. 2.qish ... Demak, so`z yoki birikma fikriy, sintaktik va ohang jihatidan tugallikka ega bo`lib, gap tusiga kiradi. Ohang nafaqat gapning tugallanganligini, balki gapning turli tiplarini belgilashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Misol sifatida bir so`zni olaylik. qiyoslang: A‘lochi...q A‘lochi.q A‘lochi!q A‘lochiqq A‘lochi. !? Ma‘lum bo`ladiki, bu so`zning atov birligimi yoki gap, gap bo`lsa, qanday tabiatga ega ekanligini nutqda faqat ohang ko`rsatmoqda. So`z yoki SB atov birligi sifatida nutqda gapdan ohang bilan ham farqlanganligi kabi, gapning tiplarini farqlashda ham boshqa omillar bilan birgalikda ohangga tayaniladi. Masalan, Jonim! gapida uning his-hayajon gap ekanligini faqat ohang ko`rsatmoqda. Voy, jonim! gapida esa leksik (voy) va fonetik (ohang) omil hamkorlik qilmoqda. Gapning ifoda maqsadiga ko`ra tiplari (darak, so`roq, buyruq), his-hayajon ifodalanishiga ko`ra turlarini belgilashda, leksik, morfologik omillar ishtirok etishi ham, ishtirok etmasligi ham mumkin, lekin fonetik omilning bo`lishi shart. Gaplar mundarijasi, shakli va vazifasi jihatidan farqlanadi: Men shaharga boraman. Men shaharga boramanmi? Men shaharga boray. Bu gaplarda so`zlovchining maqsadi turlicha bo`lganligi bois, ular turlicha shakllangan va gapning darak, so`roq va buyruq-istak turlari vujudga kelgan. Bu esa gapning turlicha ohanggiga ega bo`lishini taqozo etadi. Gaplarning grammatik shakllari bir xil bo`lganda ham ularni ohang farqlab turadi. Demak, gapning grammatik shakli turlicha bo`lsa-da, so`zlovchining maqsadi va ohanggi har doim muvofiq bo`ladi. Yuqoridagi misolda aytilganidek, bir gapda turli xil maqsad ifodalangan bo`lishi mumkin. Masalan, Shaharga boraman! Gapida darak bilan so`zlovchining shodlanishi ham ifodalangan va ular ohang orqali «tasdiqlangan». Ohang qo`shma gap tarkibiy qismlarini bog`lashda ham namoyon bo`ladi. Ko`pincha u grammatik vositalar o`rnini bosish darajasiga ko`tariladi: Biz ishonamiz - ko`nglimiz to`q. Bunda ohang (pauza) ergashtiruvchi bog`lovchi vazifasida qo`llangan. Gap bo`laklari orasidagi munosabatni ko`rsatishda ham ohang muhim rol o`ynaydi. Men - men, Sen - sen gaplarida gap bo`lak (ega-kesim) larini farqlashda va ular orasidagi munasabatni ko`rsatishda ham ohang hal qiluvchi rol o`ynaydi. YOki: Salim, ukam o`qishga kirdi va Salim ukam o`qishga kirdi gaplarida Salim so`zining (1-gapda) undalma yoki (2-gapda) aniqlovchi ekanligi og`zaki nutqda ohang orqali bilinib turadi. Gapning sintagmalarga bo`linishi va aktual bo`linish hodisalarda ham ohangning roli katta. Ohangning sintaksisdagi ahamiyatini bundan-da kengroq bayon qilish mumkin. Tilshunoslikdagi bu muammo bilan nutqiy sintaksisning bir yo`nalishi bo`lgan sintaktik fonetika Shug`ullanadi. Aytilganlar asosida nutqiy gapning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: 1.Gap nisbiy tugal fikr anglatadi. 2. Gap grammatik shakllangan bo`ladi. 3.Tugal fikr va sintaktik shaklga muvofiq tugallangan ohangga ega bo`ladi. 4.Axborot beruvchi eng kichik birlik sanaladi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling