O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Hokim a’zoning ifodalanishiga ko`ra SBning turlari


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

Hokim a’zoning ifodalanishiga ko`ra SBning turlari. SB o`z tarkibidagi 
hokim a‘zoning qaysi so`z turkumiga kirishiga qarab, quyidagi ko`rinishlarga ega 
bo`ladi. 
Ismli birikmada hokim a‘zo ot, sifat, son, olmosh turkumlaridan ifodalanadi: 
keng dala (ot), tuxumdan kichik (sifat), ovozdan tez (sifat), odamlarning biri (son), 


o`quvchilarning hammasi (olmosh). 
Fe‘lli birikmada hokim a‘zo fe‘ldan bo`ladi: vazifani bajarmoq, tez o`qish, 
uyalgani uyalgan. 
SBning tuzilishiga ko`ra turlari. Biz yuqorida ko`rib o`tgan so`z birikmalari 
ikki so`zli birikmalardir. So`z birikmalari uch va undan ortiq so`zli bo`lishi ham 
mumkin: bepoyon yashil maydon, o`nta badiiy asar. Demak, tuzilishiga ko`ra so`z 
birikmasi ikki turga bo`linadi: sodda birikma va murakkab birikma. 
Sodda birikma, odatda, ikki mustaqil so`zdan tuzilgan bo`ladi: oq qog`oz, ko`m-
ko`k osmon kabi. Besh qavatli bino, o`n yashar bola, o`rta bo`yli yigit tipidagi 
qo`shilishlar ham sodda birikma sanaladi. Chunki ular tarkibidagi besh qavatli, o`n 
yashar, o`rta bo`yli unsurlari ajralmas birikmalar bo`lib, bir butun holda tobe uzv 
sifatida namoyon bo`ladi. Shuningdek, SBning a‘zolari ibora yoki boshqa turg`un 
birikma bilan ifodalanganda ham birikma sodda hisoblanadi: kapalagi uchib ketgan 
bola (kapalagi uchib ketgan + bola), «Yoriltosh» ertagi (yoriltosh + ertagi), qush 
qo`nmas o`simligi (qush qo`nmas + o`simligi) 
Murakkab birikma sodda birikma a‘zolarining kengayishidan tuziladi. qiyoslang: 
uch → o`rdak osmondagi → uch o`rdak 
ilg`or → terimChilar xo`jalikdagi → ilg`or terimChilar 
a‘lochi → o`quvchilar hammadan → a‘lochi o`quvchilar 
Osmondagi uch o`rdak ((osmondagi+(uch+o`rdak)), xo`jalikdagi ilg`or 
terimChilar ((xo`jalikdagi+(ilg`or+terimChilar)) SBlarida hokim so`z kengayishi 
natijasida, hammadan a‘lochi o`quvchilar ((hammadan Qa‘lochi) Qo`quvchilar)) 
birikmasida esa tobe a‘zo kengayishi natijasida murakkab birikma hosil bo`lgan. 
Ba‘zan har ikkala a‘zo ham birdan kengayishi mumkin: hammadan a‘lochi 
peshqadam talabalar: ((hammadanQ ‗lochi) Q(peshqadam Qtalabalar)) 
Murakkab birikmalarda oldin turgan so`zlar oxirgisiga to`g`ridan-to`g`ri 
bog`lanib birikma hosil qilmaydi, Ya‘ni katta semiz qora qo`y birikmasidagi a‘zolar 
ushbu birikmaning o`zida katta qo`y, semiz qo`y, qora qo`y kabi birikuvlarni 
bermaydi. Chunki bunda tobe so`zlar hokim so`z ifodalagan narsaning turli 
belgilarini ko`rsatadi. Bu esa ularning uyushmaganligini ko`rsatadi. Uyushmagan 
tobe uzvlar esa o`ziga xos ohang bilan aytiladi. qiyoslang: 
A‘lochi, bilimdon bolalar (uyushgan tobe so`zlar)
Katta semiz qora qo`y (uyushmagan tobe so`zlar) 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling