O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Semantik-funksional shakllangan gaplar


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

Semantik-funksional shakllangan gaplar. Semantik-funktsional shakllangan 
gaplar to`rtga bo`linadi: 
Modal so`z- gaplar (Kelasizmi?- Albatta) 
Undov so`z- gaplar (Beh-beh! Oh-oh)
Tasdiq inkor so`z- gaplar (Ha, yo`q) 
Taklif-ishora so`z-gaplar (Ma. ) 
Bu so`z-gaplarning barchasida kesimlik kategoriyasi ma‘nosi (TMZSH ) 
so`zning lug`aviy ma‘nosida mujassamlashgan bo`ladi. Shuning uchun bunday so`z-
gaplar:
a) hech qaChon kesimlik qo`shimchalarini qabul qila olmaydi. 
b) nutqda alohida gap bo`lib kela oladi. 
v) boshqa gap tarkibiga kirganda, uning biror bo`lagi bilan semantik aloqaga 
kirishmaydi va o`z mustaqilligini saqlab qolaveradi. 
Semantik-funktsional shakllangan so`z-gaplarda kesimlik ma‘nosi atov birligi 
(W) ning lug`aviy ma‘nosi tarkibida mujassamlashgan bo`lib, bunday gaplar kesimi 
Wm ramzi bilan beriladi. 
Semantik-funktsional shakllangan gaplarda kesimlik ma‘nosi so`z-gaplarning 
lug`aviy ma‘nosi bilan bir butunlikni tashkil etganligi sababli kesimlik kategoriyasi 
uchun xos bo`lgan tasdiq-inkor, modallik, mayl, zamon, shaxs-son (TMZSH) 
ma‘nolarining rang-barangligi yo`q. Bunda kesimlik kategoriyasining barcha 
ma‘nolari uchburchak burchaklarining yig`indisiga o`xshaydi. Ma‘lumki, uchburchak 
burchaklarining yig`indisi 1800 teng bo`lib, bir burchak kattaroq bo`lsa, buning 
evaziga boshqa burchaklar kichrayadi. Semantik-funktsional shakllangan gaplarda 
ham kesimlikning to`rtta ma‘nosidan biri yuzaga chiqqanda boshqalari 0 (nol) ga 
teng bo`ladi. Bu tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son ma‘nolarining har biri uchun 
alohida


alohida so`zlar borligi bilan belgilanadi. Masalan, «qat‘iy bo`lishlilik» ma‘nosi 
(Ya‘ni mayl ma‘nosining ko`rinishi) albatta so`zi bilan ifodalansa, kesimlik 
shaklidagi - ma qo`shimchasi ifodalaydigan Shunday bo`lishsiz ma‘no mutlaqo so`z 
gapi bilan beriladi. Ha, so`zida tasdiq, yo`q so`zida inkor ma‘nosi mavjud. 
Kesimlik kategoriyasi ma‘nolari kesimdagi atov birligi lug`aviy ma‘nosiga 
singganligi tufayli so`z-gaplarda bu ma‘nolarning har biri alohida-alohida va rang-
barang ko`rinishlarda ifodalash imkoniyatlari Cheklangan. Shu boisdan o`zbek tilida 
kesimlik qo`shimchalarini qabul qiladigan, kesimlik kategoriyasining barcha 
ma‘nolarini ifodalay oladigan, lug`aviy ma‘nosi kesimlik qo`shimchalariga befarq 
bo`lgan, Ya‘ni ularni erkin biriktira oladigan mustaqil so`z (fe‘l, ot, sifat, son, ravish, 
taqlid va olmosh ) lardan lug`aviy ma‘nosida kesimlik kategoriyasi qo`shimchalarini 
biriktira olmaydigan, lekin ularning ma‘nolaridan birini o`z lug`aviy ma‘nosi bilan 
ko`Chaytirgan holda ifodalab, boshqalarini nutqqa o`ta kuchsiz holda voqelantiruvchi 
so`z-gaplar guruhi alohida ajralib turadi 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling