O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
-ma’ruza(davomi). Hol. To`ldiruvchi va aniqlovchilar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
7-ma’ruza(davomi). Hol. To`ldiruvchi va aniqlovchilar.
Reja: 1. Holning gap qurilishidagi o`rni. 2. Holning ma‘noviy turlari va tuzilishiga ko`ra turlari. 3. To`ldiruvchining ma‘no va tuzilish turlari. 4. Aniqlovchining turlari va ifodalanishi. 5. So`z kengaytiruvchi va gap kengaytiruvchilarning muvofiqlashuvi va farqlanishi. Holning gap qurilishidagi o`rni. Hol ega kabi gap kesimidagi kesimlik shakillari - Pm ning ma‘noviy xususiyatlarini muayyanlashtiruvchi, oydinlashtiruvchi bo`lak, Ya‘ni gap kengaytiruvchisi sanaladi. quyidagi gaplarni qiyoslaylik: 1.Jamshid ishladi. 2.Jamshid kecha ishladi. 3.Jamshid ertaga ishlaydi. Keltirilgan gaplardagi ishladi va ishlaydi so`zshakllari gap kesimi vazifalarida kelgan bo`lib, boshqa bo`laklar ana Shu markaziy bo`lakning muayyanlashtiruvchilaridir. Jamshid leksemasi har uchala gapda ham kesimdagi Pm ning shaxs-son, kecha, ertaga so`zlari esa payt ma‘nolarini muayyanlashtirgan. Ega va gap markazidagi shaxs-son ma‘nolari kabi, hol va kesimlik kategoriyasi (Pm) voqelanishidagi zamon ma‘nolari ham bir-biriga muvofiqlashgan. Aniqrog`i, kesimlikda o`tgan zamon ma‘nosi voqelanganda hol hozirgi yoki kelasi zamon ma‘nosida bo`lmaydi. Demak, ma‘lum bo`ladiki, gap qurilishida gap markazidagi kesimlik kategoriyasi ma‘nosi bilan uzviy bog`langan gap kengaytiruvchisi payt holidir. Payt holi kesimga bog`lanar ekan, undagi lug`aviy qism ma‘nosi bilan emas, balki kesimlik kategoriyasi tarkibidagi zamon ma‘nosi bilan bog`liq ekanligi ot kesimli gaplarda yanada yaqkol ko`zga tashlanadi. Masalan, ot leksema o`z semantlik valentligini to`ldiruvchi har xil aniqlovchilar bilan erkin birikuvlar hosil qila oladi: a‘lochi talaba, shaharlik talaba, o`nta talaba va h. Bunda birikuv hosil qilish uchun talaba so`zining gap hosil qilishi, gap tarkibidan o`rin egallashi shart emas. qiyoslang: a‘lochi talaba, Jamshid a‘lochi talaba. Har ikkala holatda ham hosil bo`lgan birikuv me‘yoriydir.Chunki aniqlovchi so`z kengaytiruvchisidir. Biroq bugun talaba, ertaga talaba, kecha talaba kabi so`z birikmalari g`ayrime‘yoriydir. Lekin ular gap tarkibiga kiritilganda, talaba so`zi kesim mavqeini egallaganda, bu g`ayrioddiylik yo`qoladi. 1.Men bugun talabaman. Sen kecha talaba eding. Demak, bugun, kecha so`zlari gap kengaytiruvchilari bo`lganligi sababli va gap markazidagi Pm ga tortilganligi, bog`langanligi sababli so`z birikmasidagi nome‘yoriylik gap tarkibida barham topadi. O`rin hollari ham so`z kengaytiruvchisi emas, balki gap kengaytiruvchisi ekanligi bunday vazifada keluvchi so`zlarni gapda va gapdan tashqarida SB hosil qilish uchun ot leksemalarga tobelab ko`rish asosida amin bo`lish mumkin. qiyoslang: 1.qishloqda muallim, zavodda ishchi. 2.Halim shaharda o`qituvchi, g`afur zavodda ishchi. Ko`rinadiki, birinchi guruh birikuvlar g`ayrime‘yoriy, ikkinchi guruh birikuvchilar esa o`zbek nutqiga xos me‘yoriy qurilma ekanligi hech kimda Shubha uyg`otmaydi. Demak, o`rin hollari payt hollari kabi gap kengaytiruvchilaridir. Endi holning boshqa turlariga diqqat qilamiz: 1.Ilgari ikkalamiz birga talaba edik. 2.Bu payt sen kabi o`qituvchiman. 3.Shu boisdan dadam ishchi edi. Birinchi gapda birga so`zi ravish, ikkinchi gapda sen kabi o`xshatish, uchinchi gapdagi Shu boisdan so`z shakli sabab hollaridir. Ular gap kengaytiruvchilarimi yoki so`z kengaytiruvchilari ekanligini aniqlash uchun birikuvlarni gap tarkibidan Chiqarib, zikr etilgan so`zshakllar talaba, o`qituvchi, ishchi so`zshakllarining ma‘noviy valentligini to`ldirayotgan-to`ldirmayotganligini tekshiramiz: 1)birga talaba; 2)sen kabi o`qituvchi; 3)Shu boisdan ishchi. Ko`rinadiki, birikuvlar nome‘yoriy va tobe so`zshakllar hokimlarning lug`aviy-ma‘noviy birikuvchilari emas, balki ularning kesimlik vazifasi, mavqei bilan bog`langandir. Demak, holning mazkur turlari ham gap kengaytiruvchilaridir. Biz holning gap kengaytiruvchisi ekanligini asoslash uchun ot-kesimli gaplardan foydalandik. Chunki hollar otga ular kesim vazifasida kelgandagina bog`lanadi. Fe‘llar bilan esa kesim vazifasida kelganda ham, boshqa hollarda ham bog`lanaveradi. Hol gap markazini shakllantiruvchi Pm bilan bog`lanar ekan, u, umuman, gap konstruktiv tizimida qanday mavqega ega bo`ladi? Hol gapning mutlaq konstruktiv uzvi emas. Chunki holsiz ham gap tashkil topaveradi. Demak, hol kesimdan quyi mavqeni egallaydi. Ko`pincha holning gap tarkibiga kiritilishi Pm ma‘nolari bilan zich bog`lanmaydi. Shu boisdan hol egadan ham quyi mavqeni egallaydi. Chunki nutqiy gaplarda kesim orqali egani tiklash holni tiklashdan ancha o`ng`aydir. Ifodalanmagan holni tiklash qiyin. Ammo Shuni takidlash lozimki, ba‘zan kesimning W si maqomida o`rin, payt, sabab, maqsad va boshqa ma‘noli aktantlar bilan kuchli aloqada bo`ladigan leksemalar yuzaga chiqqanda, gapning yuza qolipida hol egadan ko`ra zarurroq foliyatga ega bo`ladi. Masalan, yurish fe‘llari (bormoq, kelmoq, yetmoq, ketmoq) kesim vazifasida kelganda gapda o`rin hollarining ishtirok etishi zaruriyati kuchayadi: Uyga bordi. SHahardan keldi. Maktabga ketdi. Manzilga yetdi. Bu albatda, kesimlik kategoriyasi birikuvchanligi bilan emas, balki kesim vazifasida kelayotgan fe‘lning ma‘noviy xususiyatlari bilan belgilanadi. Demak, holning gap qurilishidagi zaruriy bo`lak darajasiga ko`tarilishi kesimdagi W ning muayyanlashish ehtiyoji bilan belgilanadi. Hol gapning konstruktiv bo`laklari sifatidagi kesim va egadan keyin uchinchi o`rinni egallaydi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling