O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Gapning ajratilgan so`z shakllari
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
Gapning ajratilgan so`z shakllari. Gapda ishtirok etayotgan atov birliklarning
ma‘nolari so`zlovchi uchun yetarli darajada ochilmagan bo`lishi mumkin. Shunda ularning ma‘nolarini muayyanlashtirish maqsadida alohida, ta‘kid ohangiga ega bo`lgan atov birliklari nutqqa kiritiladi. quyidagi gaplarga e‘tibor bering: SHavkat she‘r o`qidi. YUrtim - Nurota Uning kafolati kerak bo`ladi. Soy buyida uzoq turdi. Seni sog`indim. Tinglovchi uchun ushbu gaplardagi ma‘lum bir so`zlar ma‘nolari izohlarsiz noaniq bo`lishi mumkin. Buni e‘tiborga olgan holda so`zlovchi ularni muayyanlashtiruvchi so`zlar bilan qo`llaydi. SHavkat, shoir, she‘r o`qidi. YUrtim - Nurota, tog`lar orasi. Uning, Ikrom Imomzodaning, kafolati kerak bo`ladi. Soy buyida, qo`sh yong`oqning tagida, uzoq turdi. Seni, vafodorimni, sog`indim. Birinchi gapda ega (SHavkat)ning ma‘nosini shoir so`zi, ikkinchi gapda kesim (Nurota) ning ma‘nosini tog`lar orasi, uchinchi gapda aniqlovchi (uning) ning ma‘nosini Ikrom Imomzodaning so`z shakli, to`rtinchi gapda hol (soy bo`yida) ning ma‘nosini qo`sh yong`oqning tagida so`z shakli, beshinchi gapda to`ldiruvchi (seni) ning ma‘nosini vafodorimni so`zshakli izoxlagan, to`ldirgan, muayyanlashtirgan. Bu so`zlar o`zlari izohlayotgan so`zlar bilan bir hokim so`zga tobelanadi. Undan faqat tor ma‘noga egaligi va ta‘kid ohangi bilan ajralib turadi. Bunday atov birliklari gapning ajratilgan kengaytiruvchilari deyiladi. Gapning so`z kengaytiruvchilari ham, gap kengaytiruvchilari ham ajratilishi mumkin. YUqoridagi birinchi va ikkinchi gaplarda so`z kengaytiruvchilari, 3-, 4-, 5- gaplarda esa so`z kengaytiruvchilari ajratilgan. Shu boisdan ajratilgan kengaytiruvchilarni: a) ajratilgan gap kengaytiruvchilari; b)ajratilgan so`z kengaytiruvchilari tarzida ikkiga bo`lib o`rganish mumkin. Gapning ajratilgan kengaytiruvchilari bilan ajratilgan bo`laklar muqobil atamalar emas. Chunki ajratilgan bo`laklar deganda gap konstruktiv bo`laklarining ajratilishi tushuniladi. Ajratilgan kengaytiruvchilar atamasi esa bo`lak mavqeiga ega bo`lmagan atov birliklarini ham o`z ichiga qamrab oladi. Masalan, Men seni, vafodorimni, sog`inganimni ayta olmayman gapida vafodorimni so`z shakli ajratilgan kengaytiruvchi, lekin gap bo`lagi emas. Gapning ajratilgan kengaytiruvchilarining gap struktur sxemasiga munosabati ular izohlayotgan atov birliklariniki kabidir. Ajratilgan kengaytiruvchilar ajralmish (muayyanlashtirilayotgan) atov birliklarining «soyalari» bo`lganligi bois ular bilan bir butun holda bevosita yoki bilvosita gap struktur qolipiga daxldor bo`ladi. Ajratilgan kengaytiruvchilar muayyanlashtirilayotgan bo`lakning «soyasi» bo`lganligi bois, sof nutqiy hodisadir. Shu boisdan uning mavjudligi va o`ziga xosligi sof nutqiy omil - ohang bilan ham bog`liqdir. O`ziga xos ohangdan mahrum qilinsa, u boshqa nutqiy hodisa - undalmaga monand bo`lib qoladi. Masalan, Erkin, ukam, injener bo`ldi gapida ukam atov birligi ajratilgan kengaytiruvchiga xos ohangdan mahrum etilsa (ukam birligidan keyin ajratish pauzasi qo`llansa), u egaga va eganing atov birligi esa undalmaga aylanib qoladi. Gap va so`z kengaytiruvchilarining ajratilishida o`ziga xosliklar bor. Gapda izohlovchining ajratilishi boshqa kengaytiruvchilarga nisbatan o`ziga xosdir. Izohlovchi odatda izohlanmishdan oldin keladi: traktorChi Toshpulat, oshpaz Mamatqulov, professor Jo`raev kabi. Izohlovchi ajratilganda, izohlanmish qanday mavqeda bo`lsa, u ham Shunday mavqega ega bo`ladi. Masalan, TraktorChi Toshpo`lat smenani topshirdi gapida izohlovchi (traktorChi) ega (Toshpo`lat) ga tobe. Biroq u ajratilsa, gap egasiga tobeligi yo`qoladi va o`zi ham egaga aylanadi. Toshpulat, traktorChi, smenani topshirdi. Bu gapda traktorChi so`zshakli o`rni o`zgargan izohlovchi emas, balki tamoman yangi mavqe (gap konsruktiv bo`lagi - ega) olganligini izohlanmish (Toshpo`lat) ni gapning boshqa konstruktiv yoki nokonstruktiv bo`laklari vazifasiga qo`yish bilan amin bo`lish mumkin: Bu kishi - Tursunboy, suvchi. Tursunboyni, suvchini, taniyman. Tursunboyning, suvchining, obro`yi baland, hurmati joyida. Birinchi gapda «sobiq» izohlovchi bo`lmish suvchi kesim, ikkinchi gapda to`ldiruvchi, uchinchi gapda qaratuvchi aniqlovchi vazifasida kelgan. Demak, bunday holda ajratilish natijasida izohlovchi o`z sifatini o`zgartiradi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling