O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

Tayanch tushunchalar: nomustaqil kesim shakllari, tobe tarkibli qo`shma 
gaplar va ularning lisoniy xususiyatlari, [WPm→WPm] tipik ko`rinishli qo`shma 
gaplarning nutqiy qo`llanilishi.
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1. Сайфуллаева Р. Ўзбек тилида қўшма гапларнинг формал – функционал 
тадқиқи. – Т., 1994.
2. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. III. 
– Т., 2006.
3. Ўзбек тили грамматикаси. II том. – Т., 1976.
4. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1987. 
 


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.Tobe tarkibli qo`shma gaplarni ta`riflang.
2. Nomustaqil kesim haqida ma‘lumot bering.
3. [WPm→WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplarning lisoniy xususiyatlarini 
izohlang. 
4. Tobe tarkibli qo`shma gaplarning nutqiy qo`llanilishini tavsiflang. 
 
12-ma’ruza. Mutanosib bog`lanishli qo`shma gaplar. 
Reja: 
1.[WRm ↔WRm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplar.
2. Mutanosib bog`lanish va mazmunan mutanosiblik.
3. [WPm ↔ WPm] qurilishli QGlar va nisbiy so`zlar.
[WPm↔WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplar. [WPm↔WPm] umumiy 
ko`rinishli qo`shma gaplarni tashkil etuvchi sodda gaplar kesimlarining biri 
ikkinchisini, ikkinchisi birinchisini taqozo qiladi. Ikkalasining ham kesimi NKSH 
hisoblanadi. Boshqacha aytganda, bu sodda gaplar qo`shma gapdan anglashilgan 
mazmunni ifodalash uchun bir-biriga ehtiyoj sezadi. 1.O`zi so`rasa ekan, men 
aytsam.(P.Tursun.) 2. Agar suv bo`lsami, hosilga hosil qo`shilardi. (SH.Rashidov.) 
3.Agar Bozor o`qiganda edi, momosining orzusi ushalgan bo`lur edi.(N.Ilhomov.) 
Bunday qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni mustaqil qo`llash mumkin. Lekin 
ular mustaqil qo`llanganda, butunlay boshqa ma‘no yuzaga chiqadi: 1.Salim 
biznikiga kelardi. (o`tgan zamon davom fe‘li - Tez-tez kelib turar edi ma‘nosida). 
2.Biz birga borardik. (o`tgan zamon davom fe‘li - Birga borib turar edik ma‘nosida). 
Ammo bu gaplar ushbu kesimlik shakllarini o`zgartirmasdan birlashtirilib qo`shma 
gap hosil qilinsa, Salim biznikiga kelardi, biz birga borardik (Mazmuni: Salim 
biznikiga kelsa edi, biz birga borgan bo`lur edik) va gap kesimlari [WPm↔ WPm] 
ko`rinishidagi birikuvni hosil qiladi. 
[WPm↔WPm] 
tipik 
ko`rinishli 
qo`shma 
gaplarning 
kesimlarini
shakllantiruvchi vositalar kam miqdorni tashkil etadi: 
a)birinchi qismda -sa, ikkinchi gap kesimida -(a)rdi shakli keladi: 1.Oyi, havo 
ochilib ketsa, birga daryo bo`yiga borar edik. (M.Safarov.) 2.YOz kelsa, bitta asbobni 
olib, boshqa yurtlarga ish qidirib ketardi. (P.Tursun.) 
b)birinchi gap kesimida -sa ekan, ikkinchi gap kesimida -sa shakli keladi:
1.Otam bo`lsa ekan, men endi yursam.(F.YO`ldosh o`g`li.) 2.YOz bo`lsa ekan, 
daryoda Cho`milsang.
v)birinchi gap kesimida -saQmi, ikkinchi gap kesimida -ardi shakli keladi: 1. 
Bo`z o`tlarning ming-ming yillardan buyon Chirib yotgan ildizlari bu yerlarni 
o`g`itlab, semirtirib yuborgan, agar suv bo`lsami, tog`-tog` hosil bitardi. 
(SH.Rashidov.) Ba‘zan -mi yuklamasi -sa shakliga bevosita qo`shiladi: 
1.Mabodo uning qo`lidan yetaklasa bormi, mushkuli osonlashib, ahvoli
yengillashardi. (A.qahhor). 2.g`ing desa bormi, jonini sug`urib olardi. (S.Nuriy.) 


s)birinchi gap kesimida -sa edi, ikkinchi gap kesimida -(a)rdi shaklari keladi:
1.Onam bo`lsa edi, qishlog`imga ketardim. (O.) 2. Agar Bozorning aqli bo`lsa edi, 
men senga o`xshash kambag`allar bilan maslahat qilar edi. (S.Ayniy.) 
d)birinchi qismi -sa va ikkinchi qismi -maQsin ekan shakli bilan keladi: 
1.Yetim qoladigan bo`lsa, onadan tug`ilmasin ekan. (P.Tolib.) Bu shakllar bilan 
qo`llangan gaplar, asosan, shart, istak, ishonChsizlik, shart-istak kabi ma‘nolarni 
ifodalaydi. 
YUklamalar gap tarkibiga kirib qo`shma ma‘nolar berish bilan birga, 
kesimlarning nomustaqilligini yanada kuchaytiradi: 
a)-u-yu yuklamasi: Ko`zim tezroq ochilsayu, bog`larni maysalarni ko`rsam. 
(SH. Rashidov.) 
b)-da yuklamasi: quvonChi ko`ksiga sig`masa-da, odob yuzasidan o`zini hazin 
tutishga tirishar edi. (Oybek) 
v)axir, nahotki yuklamalari: 1.Axir xotinim deb, bola-Chaqam deb olov ichidan 
kelsa-yu, bu tantiq undan yuz o`girsa. (S. Ahmad.) 2.O`g`li qahramon bo`lsa-yu, 
nahotki undan Shunday ish kelib chiqsa. (S.Ahmad.)
YUklamalar qo`shma gapdan anglashilgan yuqoridagi shakllar ma‘nosida 
taajjub, ta‘kid kabi bo`yoqlarini orttiradi. 
a)birinchi gap kesimida -sin edi, ikkinchi gap kesimi tarkibida -(a)rdi birliklari 
qo`llanadi: 1.O`zi kelsin edi, aytardi. (N.Tilovov.) 2.Keksa ovora bo`lmasin edi, 
o`zi berib kelardi. (N.Tilovov.) 
b)birinchi qism kesimi tarkibida -sin edi, ikkinchi gap kesimi tarkibida -sa
shakli keladi: 1.Oltin-kumush qurib ketsin edi, hammaning oyog`iga to`kilaversa.
(Oybek.) 2.O`zi borsin edi, ko`ngli to`lmasa. (S.Nuriy.) 
Birinchi gap kesimida boshqa shakllar, ikkinchi gap kesimida -(a)rdiq-(a)r edi 
shakli keladi: 1.Men bo`lmasam, qo`yning yarmi yo`qolar edi.(g`.g`ulom.) 2.Lekin 
hozir Gulnorning gavdasini parchalab tashlasalar ham, og`riq sezmagan bo`lur edi. 
(Oybek.) 
Birinchi gap kesimi -gan edi birligi bilan, keyingisi boshqa birliklar bilan 
keladi: 1.Agar bu ikki batalon bu yerdan ketmaganda edi, to`plar himoyasiz qolgan 
bo`lur edi.(L. Tolstoy.) 
Qo`shma gap tarkibida nisbiy so`zlar ishtirok etganda, sodda gaplar 
nomustaqillik kasb etgandek tasavvur uyg`otadi:1.Kim devorning narigi tomonida 
bo`lsa, u omon qoldi. (R.Fayziy.) 2. qayer obod bo`lsa, o`sha yer mehrni tortadi. 
3.Qo`shning tilini nechog`lik yaxshi bilsang, uni tutish shunchalik oson bo`ladi. 
(Hamza.)Biroq bunda mazmuniy va shakliy nomustaqillik-mustaqillikni farqlash 
lozim bo`ladi. Salim kelsa, u voqeani aytib beradi qo`shma gapi shakliy jihatdan 
[WPm→WPm] tipik ko`rinishi hosilasidir. Chunki birinchi gapni ikkinchisisiz
qo`llab bo`lmaydi. Kim kelsa, u voqeani aytib beradi gapining har ikkala qismi 
mazmunan bir-birini taqozo etadi, shaklan esa [WPm→ WPm] qolipi mahsulida 
ham, [WPm→WPm] mahsulida ham nisbiy so`zlar ishtirok etadi. Ammo [WPm 
WPm] qolipli gaplarda u mutanosiblikni kuchaytiradi, ammo uni hosil qilmaydi. 
Demak, 
[WPmQWPm] 
umumiy 
qolipining 
ko`rinishlaridan 
bo`lgan
[WPm↔WPm] qolipi har ikkala uzvi kesimlarining ham nomustaqilligi bilan 
xarakterlanadi. 



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling