O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
Tayanch tushunchalar: sintaktik aloqa, teng aloqa, teng tarkibli qo`shma gaplar,
teng tarkibli qo`hsma gaplar LSQi. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Сайфуллаева Р. Ўзбек тилида қўшма гапларнинг формал – функционал тадқиқи. – Т., 1994. 2. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. III. – Т., 2006. 3. Ўзбек тили грамматикаси. II том. – Т., 1976. 4. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1987. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1.[WPm,WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplarni ta‘riflang. 2.Teng tarkibli qo`shma gaplarning lisoniy xususiyatlarini izohlang. 3. Teng tarkibli qo`shma gaplarda bog`lovchilarning o`rni. 4. [WPm,WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplarning nutqiy voqelanishi. 11-ma`ruza. Tobe tarkibli qo`shma gaplar. Reja: 1.Tobe tarkibli qo`shma gaplar – qo`shma gaplarning bir ko`rinishi sifatida. 2. [WPm→WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplar. 3.Tobe tarkibli qo`shma gaplarning nutqiy qo`llanilishi. [WPm→WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplar. [WPmQWPm] tipik ko`rinishli gaplarda har ikkala sodda gap ham shakllangan [Pm] ga ega bo`lsa-da, birinchi gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi (MKSH) bo`la olmaydi. U hamisha tobe gap markazini shakllantiruvchi vosita sifatida bo`lib, o`z mazmunini namoyon qilish uchun o`zidan keyin mustaqil holda namoyon bo`la oladigan, voqelanishi uchun oldingi gapga ehtiyoj sezmaydigan gap bo`lishini taqozo qiladi. Boshqacha aytganda, bu tipik ko`rinishli gap tarkibidagi oldingi sodda gapning kesimi NKSH bilan, keyingisi MKSH bilan shakllangan bo`ladi. 1.Firuza toshli uzukni olar ekan, Saidaxonning ko`zlari quvonChdan yaltirab ketdi. (S.Ahmad.) 2.Ra‘no guruchni endi tuzlagan ham ediki, ichkaridan Anvar Chiqib keldi. 3.Botirjon telefonda endi gaplashib bo`luvdiyam, Choy ko`tarib qirmizxon kirib keldi. (N.Aminov.) 4.Havo ochilsa, aylanishga boramiz. (S.Nuriy). 5.Unga ustozi Chin dildan barakalla barakalla desa, Aziz ko`nglida to`lib turgan niyatini ham aytadi. Bu gaplarning barchasidagi birinchi sodda gap mustaqil qo`llana olmaydi, qo`llanganda ham ushbu qo`shma gap tarkibidagi ma‘nolarni bera olmaydi. Keyin turgan sodda gaplar esa bunday emas. [WPm→WPm] tipli qo`shma gaplar tarkibidagi nomustaqil kesimni hosil qiluvchi turli-tuman vositalar bor. Nomustaqil kesim shaklining o`zbek tilidagi tipik vakili shart mayli qushimchasi -sa dir. Masalan, Men o`qisam, u eshitadi gapida U eshitadi gapi o`z holicha mustaqil sodda gap bo`lib kela oladi, Men o`qisam qismi esa qo`shma gap tarkibidan tashqari ham Shu holicha mazkur mazmunni beraveradi. -sa qo`shimchasi bilan shakllangan kesimli gaplar mustaqil qo`llanaverishi ham mumkin. Masalan: 1.Avra-astarini ag`darib mohiyatiga nazar tashlasangiz. (S.Azimov.) 2.qishloqqa borsam. (A.qahhor). 3.Vatangadolikning men tortmagan azobu-uqubati, ozori bo`lmasa kerak. (S.Azimov.) 4. Nahotki, o`ldirsalar. 5. Menga , Iskandariyadagi mashhur devonaga Berlindan telegramma kelsa bo`ladimi? (S.Azimov.) 6.qani, hey Mamadali, gapirsang-Chi.. (A.qahhor.) Ushbu gaplarda -sa shart mayli qo`shimchasi istak, aChinish, sevinCh, qistash kabi ma‘noviy bo`yoqlarga ega. Bu gaplar o`zidan keyin keluvchi gaplar bilan mazmunan bog`lanib, matn yaxlitligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Shu kabi gaplar qanchalik mustaqil qo`llana olmasin, baribir o`zlaridan keyin qandaydir qurilmalarning bo`lishini taqozo qiladi. Masalan, 1. -Uyga qaytsam. Nima deysiz? - YAxshi bo`lardi kabi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling