O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1.Qo`shma gap haqida ma‘lumot bering. 2. [E] ga ko`ra [WPm U WPm] turlarini tushuntiring. 3. [W] ga ko`ra [WPm U WPm] turlari. 4.[Pm] ga ko`ra [WPm U WPm] turlarini tavsiflang. 5.Qo`shma gaplarning lisoniy qurilishiga ko`ra tasnifi. 10-ma’ruza. Qo`shma gapning ko`rinishlari. Teng tarkibli qo`shma gaplar. Reja: 1. [WPm, WPm] tarkibli qo`shma gaplar. 2. Teng tarkibli qo`shma gaplarning nutqiy qo`llanilishi [WPm,WPm] qolipli qo`shma gaplarning mohiyati Shundaki, uning tarkibiy qismlari sanalmish sodda gaplar kesimlarining har biri mustaqil shakllangan bo`lib, ularni osongina sodda gaplarga aylantirib yuborish mumkin: 1. Men seni o`ylayman, Shuni bilasanmi? 2. Borish kerak, borish kerak. 3. Yigitni uchratish kerak, haytovur sovib qolgandir). 4. Men seni deyman, lekin sen kimni deysan? [WPm, WPm] tipik ko`rinishli gaplarda mustaqil kesimlik shakli(MKSH)dagi gaplar birlashtiriladi. Birlashish intonatsion va mazmuniy omillar asosida, ko`p hollarda bog`lovchilar vositasida amalga oshiriladi. [WPm, WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplarni tashkil etuvchi sodda gaplar orasida turli ma‘noviy munosabatlar mavjud bo`ladi. Masalan, mazkur qolip asosidagi O`qituvchi keldi, dars boshlandi gapida quyidagi rang-barang munosabatlar bor: a)uzilishli birin-ketinlik; b)uzilishsiz birin-ketinlik; v)payt munosabati; g)natija munosabati; d)sabab munosabati va hokazo. Bu munosabatlar har bir gapning tarkibidagi [W] lar, [Pm]lar, qo`llangan bog`lovchi vositalarning ma‘no va vazifalari bilan bog`liq bo`lib, bevosita sintaktik strukturaga daxldor emas. Chunki bir fikrni turli sintaktik shakllarda, turli fikrlarni bir sintaktik shaklda berish mumkin bo`ladi. Demak, [WPm, WPm] tipik ko`rinishining umumiy xususiyatini quyidagicha belgilab olamiz. [WPm,WPm] bu mustaqil sodda gap sifatida qo`llana oladigan birdan ortiq gapning nutqda ma‘lum bir bog`lovchi vositalar bilan o`zaro bog`lanishi va bitta tugal ohangga, bitta gap to`xtamiga ega bo`lishidir. Ma‘lum bo`ladiki, [WPm, WPm] [WPm U WPm] umumiy qolipining oraliq bir ko`rinishi sifatida lison va nutqqa daxldor bo`ladi. [WPm,WPm] tipik qurilishli gaplar [W] va [Pm], shuningdek, (S) xususiyatlariga ko`ra farqlanadi. 1.[W] va [Pm] qismlari aynan bo`lgan gaplar: 1.E, keling, xola, keling. (A. qahhor.)2.Bo`ldi, bo`ldi, mana hal, xola (S.Abd.) 3.Bevaqt hazon bo`lmay har kim YAshab o`tsin dunyoda. Onajonim, har kim oshin Oshab o`tsin dunyoda (A.O.) 4.Odamlar o`tdilar bir vaqt, bir zamon O`tdilar eng oddiy baxtdan ham yiroq. (A.O.) [W] qismi bir xil, [Pm] qismi har xil bo`lgan gaplar: 1.Siz bilmaysiz, bilolmaysiz ham («Sharq yulduzi») 2.Siz Chidab o`tirdingizmi, Chidadingizmi? (SH.Xolmirzaev) 3.Bormang, bormoqchimisiz? (S. Nurov). [S] lari bir xil, [W]lari bir xil, lekin [Pm]lari har xil bo`lgan takror gaplar: 1.Menga nima bo`ldi, nima bo`lgan edi-ya? 2.Nega endi bo`lmas ekan, bo`lgan edi, bo`ldi,-dedim shoshib-pishib. (X.To`xtaboev.) 3.qutursa, quturgandir, erga tekkandan keyin quturmaydi. (S.Ahmad).4.Voy xotinni sizlar olasizmi, siz olmoqchimisiz. (S. Ahmad.) [S] lari va [W]lari har xil, [Pm] lari bir xil bo`lgan gaplar: 1.Sen hech bir gazit-pazit o`qiysanmi, uqiganmiz biz ham. (A. Hatamov). 2.O`ldirding, o`laman, devona. (Sh.Xolmirzaev.) 3.Bunaqa ot senga bitmagandi, bitkulik qilmasin ham. (A.Qo`shshayev.) 4.Siz meni bilmaysiz, men sizni bilaman. (Sh.Xolmirzaev) [WPm,WPm] tipik ko`rinishli gaplarni ular kengaytiruvchilarining xususiyatlari (tuzilishi, ifodalanishi), bog`lovchi vositalarining xossalari asosida ham yanada kengroq va batafsilroq tavsiflash mumkin. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling