O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


So`z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilarining muvofiqlashuvi va


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

So`z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilarining muvofiqlashuvi va 
farqlanishi. So`z kengaytiruvchisi so`z semantik imkoniyatidagi bo`sh o`rinlarni 
to`ldiruvchi antantlardir. Aktantlar nutqiy gaplar tarkibida so`z birikmalarini hosil 
qiladi. Bu birikuvchilarda bo`sh o`rinlari to`ldirilayotgan (biriktiruvchi) so`z hokim 
so`z, bush o`rinni to`ldirayotgan so`z tobe so`z sifatida namoyon bo`ladi.
Masalan, qizil olma birikuvida qizil so`zi olma so`zi zamiridagi ma‘noviy 
mohiyatning «belgi» ma‘no bo`lakChasini muayyanlashtiruvchi aktant bo`lib, olma 
so`ziga «xizmat qilayotganligi» bois unga tobe unsur maqomida bo`ladi. Demak, 
biror so`zga tobelanib kelayotgan so`z bo`sh o`rinni to`ldiruvchi, aktant atamalari 
bilan yuritiladi. Ana aktantlar nutqda, an‘anaviy tahlil usullari asosida aytganda, 
ega, hol, to`ldiruvchi, aniqlovchi atamalari bilakn nomlanadi. Biroq bu atamalar 
ostida tushuniluvchi hodisalar so`z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilari 
farqlanishi nuqtai nazaridan baholansa, butunlay boshqa holat vujudga keladi. 
Kengayuvchi so`z gapning kesimi mavqeida kelganda, gap kengaytiruvchilari gap 
lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo`ladi. Masalan, Jahongir kitobni tez o`qidi 
gapining lisoniy struktur sxemasi quyidagicha: 
Bundagi uchta so`z bevosita konstruktiv bo`laklari voqelantiruvchidir. Bular: 
Jaxongir, tez, o`qidi. Faqat kitobni so`zi bevosita o`qi so`zi orqaligina lisoniy 
strukturaga daxldor bo`ladi. Bular Jahongir tez o`qigan kitobni men olaman tarzida 
o`zgartirilsa, oldingi gapda gap kengaytiruvchisi va gapning konstruktiv bo`laklari 
ifodalovchilari bo`lgan Salim, tez so`zlari endi oldingi mavqelaridan mahrum 
bo`ladi. Ulardagi konstruktiv bo`laklarga bevosita daxldorlik bilvositalikka, gap 
kengaytiruvchilik so`z kengaytiruvchilikka aylanadi.
Oldingi gapda bevosita gap kesimidagi Pm ga daxldorlik kasb etib turgan 
Jahongir va tez so`zlari kesimdagi atov birligi (W) kengaytiruvchisi bo`lgan kitobni 
so`zshaklining aktanti hisoblangan o`qigan so`zining kengaytiruvchilaridir. 
Ko`rinadiki, gapning konstruktiv tizimidan faqat Pm ga bog`langan hokim uzv 
o`rin oladi. Hokim uzvga tobelangan, ergashib kelayotgan aktantlar nutqiy gap 
tarkibidagina bo`ladi. Nutqiy gap qanchalik kengaymasin, u, kengaymagan 
ko`rinishida bo`lgani kabi, lisoniy strukturaga bir xil daxldor bo`ladi. Misolga 
murojaat qilamiz: SHavkat tayyorlanayotganda bexabar edi. Bu gapning struktur 
sxemasi quyidagicha: 
Ko`rinadiki, bu gap qanchalik keng bo`lmasin, uning struktur qolipi o`ta sodda 


va oldingi nutqiy gap qolipidan mutlaqo farqlanmaydi. 
So`zlarning nutqiy voqelanishi ular bevosita konstruktiv bo`lakka bog`langanda 
yuz beradi. Konstruktiv bo`lak bo`lishi uchun kesimlik shakllanishi zarur bo`ladi.
Chunki kesim mavjud bo`lsagina, unga bog`langan ayrim so`zlar konstruktiv bo`lak 
tabiatiga ega bo`ladi. Masalan, qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali
butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o`rinni egallashi nutqiy hosilasi xabar 
ifodalash xususiyatiga ega emas. Chunki unda kesim yo`q. Demak, bu hosila gap 
emas va unda gap bo`laklari ham mavjud emas. Bu hosila gap qolipiga daxldor 
qilinsa, qolip to`ldiruvchisi maqomini olsa, so`zlardan mutlaq hokimlarining mavqei 
o`zgaradi va boshqalari ham Shu hokim unsur orqali gap qolipiga kiradi. Bu yoyiq 
unsur gapda kesim, ega, hol kabi konstruktiv bo`laklar mavqeini egallashi mumkin. 
Kesim: Mening orzuim - qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali
butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o`rinni egallashi. 
Ega: qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi 
mintaqa tanlovida yuqori o`rinni egallashi -mening orzuim. 
Hol: qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi 
mintaqa tanlovida yuqori o`rinni egallaganligi uchun biz behad ruhlandik. 
Demak, dastlabki nutqiy hosila gap tarkibiga kiritilsa, undagi bosh kengayuvchi 
unsur (egallashi) gapning konstruktiv bo`lagiga aylanadi, sifat o`zgarishiga uchraydi,
gap qolipiga bevosita daxldorlik kasb etadi. Lekin uning kengaytiruvchilari u orqali - 
bilvosita gap qolipiga aloqador bo`ladi, ular mavqeidagi o`zgarish sifat o`zgarishi 
darajasida bo`lmaydi. 
So`z va gap kengaytiruvchilari bir-biriga aylanib turadigan hodisalardir. 
Masalan, Kecha kelgan bolani tanimadim gapida kecha so`zi kelgan so`zining 
kengaytiruvchi. Lekin Bola nega keldi? gapida u gap kengaytiruvchisi maqomini 
olgan. Birinchi birikuvda u kelgan so`zshaklidagi zamon ma‘nosiga bog`langan. 
Ikkinchi gapda esa so`zshakl kesimlik kategoriyasi tarkibidagi zamon ma‘nosiga 
daxldordir. Kecha kelgan bola birikuvidagi kelgan so`zshaklidagi zamon ma‘nosi 
bilan keldi so`zshaklidagi zamon ma‘nosi farqlanadi. Birinchi so`zshakldagi zamon 
sifatdosh shaklining ma‘nosi bo`lsa, keldi gap markazida tasdiq-inkor, modallik
shaxs-son va kesimlik pozitsiyasi unsurlari sistemasidan iborat butunlikning tarkibiy 
qismidir. To`g`ri chiziq uchburchakning tomoni sifatida boshqa mohiyatga, 
kvadratning tomoni sifatida boshqa mohiyatga ega bo`lgani kabi, zamon ham Kecha 
kelgan bola birikuvida boshqa, Bola kecha keldi birikuvida boshqa butunlikning 
tarkibiy qismidir. Harakatning bajaruvchisi ham goh so`z kengaytiruvchisi, goh gap 
kengaytiruvchisi sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Salim kecha kelgan. Salim 
kecha kelganda men yo`q edim juftligining birinchisida Salim gap kengaytiruvchisi 
(ega), ikkinchi gapda esa so`z kengaytiruvchisidir, Ya‘ni konstruktiv bo`lak emas. 
Shuningdek, keltirilgan misoldagi mintaqa bosqichida unsuri egallashi so`zi kesim 
mavqeida kelganda konstruktiv bo`lak, boshqa hollarda (hol va ega bog`langanda) 
esa so`z kengaytiruvchisidir. 
Demak, ma‘lum bo`ladiki, muayyan aktant birlikning gap yoki so`z 
kengaytiruvchisi mavqeida bo`lishi kengayuvchi so`zning sintaktik mavqei bilan 
belgilanadi. 
Gap bo`lagi maqomida so`z ham, so`z birikmasi ham kelishi mumkin. Gap 


bo`lagi vazifasida kelgan so`z o`z kengaytiruvchilari bilan bir butun holda bitta gap 
bo`lagi (yoki bo`lakning bo`lagi) sanaladi. 
Gapni bo`laklarga ajratish va so`z birikmasiga ajratish sintaktik tahlilning ikki 
xil ko`rinishidir. Gapni bo`laklarga ajratish kommunikativ birlik tahlili bo`lsa, so`z 
birikmalariga ajratish nominativ birlik tahlilidir.
Demak, to`ldiruvchi va aniqlovchi so`z kengaytiruvchilari bo`lganligi bois gap 
bo`laklari tahlilida e‘tiborga olinmaydi. Gapni so`z birikmalariga ajratishda esa 
kengayuvchi so`z kengaytiruvchi so`z bilan birikma sifatida olinadi. Gap 
kengaytiruvchilari biror so`z (atov birligi) ma‘nosini emas, balki kesimlik 
qo`shimchasi ma‘nosini muayyanlashtirganligi bois, so`z birikmalari sifatida 
olinmaydi.
Demak, 
xulosa 
qilish 
mumkinki, 
so`z 
kengaytiruvchilari 
va 
gap 
kengaytiruvchilari munosabatidan kelib chiqqan holda so`z birikmalari tahlilini gap 
bo`laklari tahlili bilan qorishtirmaslik kerak. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling