O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

To`ldiruvchining ma’no turlari. To`ldiruvchi o`zi birikayotgan fe‘lning tabiatiga 
ko`ra vositali va vositasiz turlarga ajraladi. 
 
Vositasiz to`ldiruvchi bilan birikish faqat o`timli fe‘llarga 
xos. Shu boisdan vositasiz to`ldiruvchi o`timli fe‘lning ob‘ekt valentligini 
to`ldiruvchi so`z kengaytiruvchisidir. Vositasiz to`ldiruvchi vazifasida bosh yoki 
tuShum kelishigidagi so`z keladi. 
1.Bosh kelishikdagi vositasiz to`ldiruvchi: 
Bunda bulbul kitob o`qiydi. 
Bunda qurtlar ipak to`qiydi. 
Bunda ari keltiradi bol
Bunda qushlar topadi iqbol. 
2.TuShum kelishigidagi vositasiz to`ldiruvchi:
1.Sen bahorni sog`inmadingmi?. 
2. Har bir tuki kiyimlarini teshib chiqib ketgan edi.
Vositasiz to`ldiruvchi vazifasidagi so`z turli-tuman ma‘nolarni ifodalaydi. 
Vositasiz to`ldiruvchi o`timli fe‘lga bog`lanadi deyish o`timli fe‘l vositasiz 
to`ldiruvchini qabul qila olmaydi degani emas. O`timli fe‘llar ham vositali, ham 
vositasiz to`ldiruvchini o`ziga biriktiradi. O`timsiz fe‘llar esa faqat vositali 
to`ldiruvchilarnigina o`ziga biriktiradi.
Vositasiz to`ldiruvchi bevosita harakatni o`z ustiga olgan predmetni anglatsa
vositali to`ldiruvchi harakat qamrab olgan, lekin harakatga daxldor bo`lmagan 
predmetni ifodalaydi. Vositali to`ldiruvchi turli grammatik ko`rsatgichlar bilan 
ifodalanadi. 
jo`nalish kelishigi: Senga oldim. 
Chiqish kelishigi: Sendan oldim. 
yashayman
Men hozir Buxoroda o‘qituvchiman
xursandman
ikkinchiman


o`rin-payt kelshigi: Menda qoldi. 
ko`makchi: Sen uchun oldim. 
To`ldiruvchining tuzilish turlari. Boshqa bo`laklar kabi to`ldiruvchilar hamda 
sodda yoki murakkab bo`ladi: 
1.Sodda to`ldiruvchi bir so`z yoki bir so`zga teng birliklar bilan ifodalanadi: 
1.Xotirangiz mening xotiramdan o`tkir ekan. 
2.U yana Pushkinga murojaat qildi.
3.Turmushimizda hamma narsa bir-biri bilan bog`liq. 
2.Murakkab to`ldiruvchi kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi: 
1.Men MirzaCho`lni ham, Surxon diyorining Sherobod dashtini ham, Farg`ona 
vodiysining Yozyovon qumliklarini ham ko`rganman. 
2.Hasharchilarning shart-sharoitlarini yaxshilash, ularga yordam ko`rsatish to`grisida 
ko`rsatma berildi. 
3.Tevarak-atrof qushlar Chug`uriga, anvoyi gullar isiga to`lib ketdi.
Izohlanayotgan fe‘lning bo`sh o`rnini to`ldirishda sodda to`ldiruvchi ham 
kengaygan to`ldiruvchi ham bir xil mavqega ega bo`ladi-u qancha kengaygan 
bo`lmasin, baribir bir o`rinni to`ldiradi. Bir so`zdan iborat to`ldiruvchiga ham, bir 
necha so`z bilan kengaygan to`ldiruvchiga ham fe‘l valentligidan bitta bo`sh o`rin 
«ajratilgan». 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling