O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali


Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari


Download 3.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/97
Sana12.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1699435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
fayl 1045 20210522

 


Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari. 
Maktabgacha pedagogika fani bola shaxsini shakllantirishdek ijtimoiy 
buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa 
qo‘shadi. Maktbgacha pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida 
ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida 
yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy 
jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan maktabgacha yoshdagi bolalarni har 
tomonlama uyg‘un rivojlantirish, ularni maktab ta'limiga tayyorlash vazifasini 
muvafaqqiyatli hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor 
qaratiladi: 
1. Har tomonlama uyg‘un rivojlangan bola shaxsini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish. 
2. Bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar maktabgacha ta'lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida ta'lim tizimini 
takomillashtirish. 
4. Maktabgacha ta'lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan 
tarbiyachilar faoliyati mazmunini asoslash. 
2-rasm. Maktabgacha pedagogika fanining asosiy vazifalari 
5. Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 
6. Tarbiyachilarni maktabgacha pedagogikaga oid bilimlar hamda ta'lim-
tarbiya usullari bilan qurollantirish. 
7. Ta'lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi 
o‘zaro aloqadorlikni ta'minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish. 
8. O‘qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini 
yaratish. 
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun 
ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. 

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling