O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali


Download 3.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/97
Sana12.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1699435
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97
Bog'liq
fayl 1045 20210522

Reja: 
1. Fanning ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha va ularga qo‘yiladigan 
talablar. 
2. Ilmiy tadqiqot metodlariga tavsif berish.
 


Tayanch tushunchalar: Metod, usul, yo‘l, tadqiq etish, o‘rganish, tajriba 
o‘tkazish, sinash, ta'lim-tarbiya, ma'lumot, ko‘nikma, malaka, o‘zlashtirish, tadbiq 
etish, nazariya, o‘quvchi, shaxs, faoliyat, suhbat, kuzatish, eksperiment, anketa, 
test, 
maktab hujjatlari
, ijodni o‘rganish, statistika, kibernetika, sotsiologiya.
Ilmiy tadqiqot metodlari. Har bir predmet uning metodlari bilan 
chambarchas bog‘langan. Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va 
prinsiplariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli 
falsafiy asosi dialektik metoddir. 
Pedagogikaning hodisalarini o‘rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash 
masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo‘nalish metofizik va dialektik 
yo‘nalish mavjuddir. 
Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o‘zgarmas, vaqt, joy va 
konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo‘lmagan 
hodisa sifatida olib qaraydilar. 
Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi o‘laroq, o‘qitish, 
bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha 
o‘rganishni talab etadi: 
1. Ularning umumiy aloqasi bir-birini taqoza etishi va o‘zaro ta'sir jarayoni-da 
bolalarni tarbiyalash, o‘qitishning turmush, siyosat, ideologiya, madaniyat, fan, 
axloq, san'at, ta'lim-tarbiya muassasasi tarmoqlarining va ijtimoiy, maktab va 
oilaviy tarbiyalarning o‘zaro bog‘liqligi va boshqalar. 
2. Ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijti-
moiy va ilmiy vazifalarning tug‘ilishi natijasida kelib chiqadigan o‘qitish va 
tarbiyalash vazifalari, forma va metodlarning o‘zgarishi; tarbiyalash qisqa muddatli 
va 
tez olib boriladigan ish emas
, balki qiyin va murakkab jarayondir, bolalarni 
andoza, universal sxema asosida o‘qitish va tarbiyalash mumkin emas. 
3. Bolalarning o‘sishida miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonida har bir 
maktab yoshining o‘ziga xosligi, tarbiya va ta'lim bola shaxsining sifat jihatidan 
o‘sish va tarkib topishi ekanligi, ong va axloqning, so‘z va ishning birligi va 
boshqa mezonlar. 
4. Qarama-qarshi tomonlar, an'analar, qarashlar va fikrlarni aniqlash 
jarayonida, tarbiya va ta'limda, turmush dialektikasida, yangi va eski o‘rtasidagi 
kurash, shaxs va jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va h. 
5. Pedagogikaning qonuniyatlarini ob'yektiv o‘rganishda dialektika 
kategoriyalari hodisa va mohiyat, sabab va natija, zaruriyat va tasodif, mazmun va 
shakl, 
tarixiy va mantiqiy
, umumiy va shaxsiy, asosiy va xususiy, aniq va abstrakt 
kabi kategoriyalar muhim ahamiyatga egadir. 
Dialektikaning yuqorida ko‘rsatilgan prinsiplari asosidagi pedagogika 
hodisalari, faktlari va jarayonlarini ilmiy tekshirish, ularning taraqqiy etish 
qoniniyatlarini bilish mumkin. Binobarin, pedagogik tadqiqot metodlariga 
ob'yektivlik, o‘qituvchilik, pedagogik faoliyatni oshirishga qaratilgan tadqiqot 
vazifalarining aniqligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi 
qonuniyatlarini hisobga olish kabi talablar qo‘yiladi. Lekin, bolalarni o‘qitish va 
tarbiyalash amaliyotining o‘zi hamma vaqt pedagogik tadqiqotlarning manbai 


hisoblanadi. Faqat maktab tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi 
hisbolanadi. 
Tadqiqot metodlarining tanlash fanning o‘zi uchun muhim ahamiyatga egadir. 
Uning metodlari qanchalik mukammal bo‘lsa, shu fan oldida turgan aktual 
vazifalar ham shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi. Hozirgi pedagogik 
tadqiqotlarning metodlar tizimini to‘la hal etilgan deb bo‘lmaydi. 
Pedagogika tajribasini o‘rganishda quyidagi metodlar: kuzatish, eksperiment, 
suhbat, o‘quvchilar ijodini o‘rganish, tarbiya muassasalari hujjatlarini o‘rganish 
turli xilda qo‘shib olib borilishi mumkin. 
1. Ilmiy pedagogik tadqiqotning 
asosiy metodlari kuzatish
, suhbat, tekshirish, 
eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o‘rganishdan iborat. 
2. Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: pedagogik 
kuzatish, so‘rash, o‘quvchilar faoliyati natijalari va o‘quv-tarbiya muassasalari 
hujjatlarini o‘rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg‘or tajribalarni 
o‘rganish va yoyish, sotsiologik, matematika va statistika materiallarini ishlash 
kibernetika, anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan 
foydalaniladi. 

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling