O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Buyuk Ipak yo„li va Sharq va G„arb munosabatlari
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buyuk Ipak yo„li va Sharq va G„arb munosabatlari. Miloddan avvalgi II
asrdan milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G‗arb xalqlari o‗rtasidagi tarixiy - madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida Markaziy Osiyo hududi bo‗ylab o‗tgan Buyuk Ipak yo‗li muhim o‗rin tutgan. Buyuk Ipak yo‗li 12 km uzunlikda bo‗lgan. Sariq dengiz sohillaridan boshlanib Sharqiy Turkiston, Markziy Osiyo, Eron, Mesopatamiya, Old Osiyo orqali o‗tib O‗rtayer dengizi sohillariga qadar davom etgan. Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Tabriz, Damashq kabi bir qator shaharlarni o‗zaro bog‗lagan. Buyuk Ipak yo‗li Sharq va G‗arb xalqlarining keng miqyosdagi madaniy aloqalari va savdo ayirboshlashi yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tarix o‗zaro hamkorlik va madaniyatlar boyitilishi tarixi bo‗lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan. Buyuk ipak yoʼli atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʼlini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʼrganish amalda koʼplab mamlakat olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʼarbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʼshdilar. Xususan, Yaponiyada «Buyuk ipak yoʼli entsiklopediyasi» nashr qilindi. 1877 yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʼzining «Xitoy» nomli yirik ilmiy asarida ulkan 76 Yevroosiyo materiganing turli qismlarini bogʼlovchi yoʼllar tizimini «Ipak yoʼli» deb atagan, keyinchalik «Buyuk ipak yoʼli» atamasi qabul qilingan. Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo‗li tufayli Sharq va G‗arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo‗lganlar. G‗arb mamlakatlari xalqlari esa Markaziy Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan madaniyatini o‗zlari uchun kashf qildilar. Markaziy Osiyo hududlarida antik davrdan boshlab, rivojlanish jarayonlari Buyuk ipak yoʼli bilan uzviy bogʼliqdir. Xususan, mil. avv. II asrdan boshlab Xitoy va Oʼrta Osiyo tarixiy-madaniy viloyatlari bilan savdo va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Fargʼona, Soʼgʼd va Baqtriyaga ipakchilik kirib keldi. Karvon yoʼli rivojlanib borgan sari savdo-sotiq va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Kushonlar va eftalitlar davriga kelib (I-VI asrlar), Oʼrta Osiyo orqali oʼtuvchi Ipak yoʼli tarmoqlari nazoratini mahalliy soʼgʼdiy aholi qoʼlga oladilar. Qoʼshni davlatlar ham Ipak yoʼlidan manfaatdor boʼlganligi sababli ilk oʼrta asrlarda Eron va Vizantiya hukmdorlari soʼgʼdiylar bilan qonli kurashlar olib bordilar. Milodning boshlarida qadimgi dunyoning ilgʼor madaniyatli davlatlari asosan toʼrttaga: Rim, Parfiya, Xitoy va Kushon davlatlariga boʼlinar edi. oʼarbda Britan orollaridan sharqda Tinch okeani sohillarigacha choʼzilgan bu zabardast saltanatlar insoniyat tarixida birinchi boʼlib «Buyuk ipak yoʼli» deb nomlanuvchi yoʼl bilan bogʼlandilar. Ipak yoʼli rivojlanib borgan sari podsholarning oʼzaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovgʼalar inʼom etishlari anʼanaga aylandi. Savdo-sotiq misli koʼrilmagan darajada rivojlanib bordi. Shuningdek, Sharq bilan oʼarb madaniyatining bir-biriga taʼsiri kuchaydi. Davlatlar rivojlanishidagi koʼplab madaniy oʼxshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi. Buyuk ipak yoʼli boʼylab koʼplab karvonsaroylar, shaharlar barpo etildi. Bu yoʼldan borayotgan savdogarlar koʼpincha yoʼlning oxirigacha bormas edilar. Oʼrta Osiyo viloyatlari bu yoʼlning oʼrtasida joylashganligi sababli savdogarlar Xorazm, Samarqand, Termiz va boshqa hududlarda oʼz mollarini sotib, mahalliy mahsulotlarni xarid qilar edilar. Oʼrta asrlar Oʼrta Osiyo bozorlarida chetdan keltirilgan koʼplab mahsulotlar mavjud ediki, hozirgi kunda ipak yoʼli ustidagi koʼhna shaharlar va manzilgohlardagi arxeologik qazishmalar natijasida topilayotgan topilmalar fikrimizning dalilidir. Mil. avv. II asrda paydo boʼlib, milodning XVI asriga qadar faoliyat koʼrsatgan Buyuk ipak yoʼli shu davr ichida Sharq va oʼarb xalqlarining keng miqyosidagi oʼzaro madaniy va iqtisodiy aloqalari tarixida katta ahamiyatga ega boʼldi. Bu yoʼl orqali aloqalar qilgan qadimgi xalqlarning oʼzaro hamkorlik, almashinuv va madaniyatla-rining boyib borishi, tinchlik va taraqqiyot uchun asos boʼlib xizmat qildi. Oʼzbekiston hududlari bu yoʼlning chorrahasida joylashgan 77 boʼlib, bu yerga turli mamlakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va meʼmorlar tashrif buyurgan-lar. YuNESKO tomonidan «Buyuk ipak yoʼli-muloqot yoʼli» dasturining ishlab chiqilishi Yevrosiyodagi 30 dan ortiq yetakchi davlatlarning 2000 yilga qadar ilmiy-madaniy faoliyati uchun yoʼnalish boʼldi. Respublikamiz hududlarida ham ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi. Buning natijasida koʼpgina tarixiy-madaniy obidalar oʼrganildi, qadimgi yoʼllar va yoʼnalishlar aniqlandi, milliy va maʼnaviy boyligimiz hamda anʼanalarimiz oʼrganildi. Juda koʼpchilik tadqiqotchilar ishtirok etayotgan «Buyuk ipak yoʼli-muloqot yoʼli» dasturining asosiy vazifasi Sharq va oʼarb xalqlari oʼrtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar oʼrnatgan hamda rivojlantirgan bu yoʼlni xalqlarning birodarlik, oʼzaro hamkorlik va samimiy muloqot yoʼliga aylantirishdan iboratdir.Kushon davlati haqida shuni aloxida takidlash joizki, davlat bir nechi hududlar va ko‗plab qadimgi xalqlarni birlashtirgan. Uning tarkibida Markaziy Osiyo, Xuroson va Hindning ma‗lum bir qismi birlashtirilgan edi. Ular orasida o‗zbek xalqi ajdodlari ham kushon madaniyati yuksalishiga o‗z xissasini qo‗shgan. Kushon davlati IV asrlarga kelib og‗ir ichki va tashqi kurashlar iskanjasida qoldi va asosiy hududlaridan ajraldi. Bu vaqtda uning hududlari qisman Shimoliy Hindistondagina saqlanib qoldi. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling