O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Turkiston hududida vujudga kelgan dastlabki geosiyosiy bilimlar va
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
2.4. Turkiston hududida vujudga kelgan dastlabki geosiyosiy bilimlar va harakatlar O„zbekiston hududidagi qadimiy davlatlar. Turkiston atamasi uzoq asrlardan beri Markaziy Osiyo mintaqasining katta bir qismi uchun, aniqrogʼi Kaspiy dengizining sharqidan to Oltoy togʼlarigacha, Shimoliy Аfgʼonistondan to Ural togʼlarigacha choʼzilgan keng hududning umumiy geografik nomi sifatida qoʼllanilib kelgan. Garchi, u turli davrlarda goh kengayib, ushbu hududlardan ham 1 Гаджиев, К.С. Геополитика: учебник для академического бакалавриата -М. : Издательство Юрайт, 2014. — 466 с 73 kengroq maʼno kasb etgan, baʼzi davrlarda esa nisbatan torroq hududni anglatgan boʼlsa-da koʼp asrlar davomida asosan mazkur hududda joylashgan turli oʼlkalarning mushtarak nomi boʼlib kelgan. Hatto, Turkiston deganda oʼrta asrlarga taalluqli baʼzi manbalarda eʼtirof etilishicha, mazkur hudud bilan birgalikda Dogʼiston va Ozarboyjon hududini ham qamragan hudud tushunilgan. Turkiston geografik atamasi ilk oʼrta asrlardayoq eronliklar tomonidan Eronning shimoli-sharqidagi hududlar uchun «turkiylar oʼlkasi» sifatida ishlatila boshlagan. Oʼz navbatida ushbu atamani qoʼshnilari boʼlmish eronliklardan eshitgan arman tarixchi va geograflari ham oʼz asarlarida Turkiston atamasini qoʼllaganlar. Demak, Turkiston geografik atamasi ilk oʼrta asrlardayoq, hozirda Markaziy Osiyo mintaqasining katta bir qismi uchun etnosiyosiy va etno-geografik nom sifatida ishlatilgan. Buni yuqorida imkon qadar koʼrib chiqqan turli tilli manbalardagi maʼlumotlar isbotlab turibdi 1 . «Markaziy Osiyo» atamasi birinchi marta taniqli nemis olimi, geograf Аleksandr fon Gumboldt tomonidan 1843 yili Parijda nashr etilgan uch jildli «Markaziy Osiyo. Togʼ tizmalarini tadqiq qilish va iqlimlarni taqqoslash» asarida qoʼllanilgan edi. Unda olim ichki sugʼorish sistemasini va togʼ tizmalarini oʼrganib, Markaziy Osiyoni alohida, oʼziga xos mintaqa sifatida ajratdi 2 . Shundan soʼng «Markaziy Osiyo» tushunchasi uzoq vaqt mobaynida, to soʼnggi davrgacha geosiyosiy tushuncha sifatida emas, balki asosan tarixiy yoki geografik atama sifatida qoʼllanilib kelindi. Boz ustiga, mintaqaning chegaralari ham, uning tarkibi ham aniq emas edi. Hatto uning nomi ham turli tarixiy davrlarda va xalqlarda har xil atalgan. Tarixan olganda, geografik omillar asosiy mezon boʼlib xizmat qilgan. Yunonlar va rimliklar uni «Transaksoniya» - Oxus daryosi (Аmudaryo) ortidagi yer deb, xitoylar «Gʼarbiy oʼlka» deb, arablar - «Movarounnahr» yoki ikki daryo oraligʼi deb ataganlar. Eron «Turon»dan ajratilgan. Baʼzan mintaqa etnolingvistik asosda «Turkiston» deb atalgan 3 . Baʼzan esa, u «Ichki Osiyo» (Inner Asia) deb kengaytirilgan tarzda talqin qilingan va unga Moʼgʼuliston, Gʼarbiy Xitoy, Shimoliy Hindiston, Pokiston va Rossiya Sibirining janubiy qismi kiritilgan. Har qalay, YuNESKO tomonidan nashr etilgan «Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi» kitobida mintaqa xuddi shunday koʼrinishga ega 4 . Baʼzan aksincha, sobiq SSSRda boʼlganidek, mintaqa doirasi atigi toʼrt respublika - Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʼzbekistonni oʼz ichiga olgan «Oʼrta Osiyo» tushunchasiga qadar toraytirildi. 1 Бобоѐров Ғ. Илк ўрта аср манбаларида Туркистон атамаси. Интернет ресурс https://shosh.uz/ilk-orta-asr- manbalarida-turkiston-atamasi (мурожат санаси 04.02.2021) 2 Humboldt, A. de. Asie centrale. Recherches sur les chaines de montagnes et la climatologie compare. - Paris, 1843. 3 Сафоев С. Марказий осиѐдаги геосиѐсат. Тошкент. Publication was implemented under the UNESCO Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling