O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Shanxay hamkorligining oliy bosh maqsadi
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Shanxay hamkorligining oliy bosh maqsadi. 2002-yilda bo‗lib o‗tgan
ShHT konferensiyasida tashkilotning asosiy maqsadlari ko‗rib chiqilgan bo‗lib bular quyidagilardir: qatnashchi mamlakatlar o‗rtasida o‗zaro do‗stlikni saqlash; hududlarda har tomonlama havfsizlikni ta'minlash, iqtisodiy-ijtimoiy markazlarni ko‗paytirish; terrozim, separatism, ekstremizm va uning barcha yo‗nalishlariga qarshi, narkotik moddalar, qurol savdosi hamda transmilliy jinoyatlarga va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish; siyosiy, iqtisodiy, savdo, qonuniylikni yo‗lga qo‗yish, tabiatni asrash, madaniy, oliy ta'limni rivojlantirish,energetika, transport, bank-kredit tizimini rivojlantirish va boshqa sohalarda hamkorlik qilish; hududlarda iqtidoiy, madaniy va ijtimoiy hamkorlikni rivojlanishining ta'minlanishi; dunyo iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayoniga qo‗shilish; hududlarda inson huquqining ta'minlanishi va mamlakatlarda insonlarga yaratib berilgan shart-sharoitlarning ta'minlanishi; xalqaro maydonlarda o‗zaro yordamlashish; XXI asrdagi muammolami birgalikda hal qilish 250 Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) tashkil etilishi Rossiya va Xitoyning Markaziy Osiyo ustidan nazoratda Yevropaga (AQSh va Yevropa ittifoqi) yon bermasligi to‗g‗risida darak beradi. Biroq, bunga erishish uchun Rossiya va Xitoy Osiyoda o‗zlari doimiy raqib bo‗lishlari kerak edi. Hozirgi kunda umumiy natija bergan narsa bu Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi ta‗sir doirasining kuchsizlantirilishi va Xitoyning yanada jalb qilinishidan iborat. Markaziy Osiyo mintaqasidagi xalqaro masalani Rossiyaning ishtirokisiz hal qilib bo‗lmaydi. Mintaqa uning manfaatlari doirasiga kirib bormoqda va Rossiya hali ham bu yerda ma‗lum ta‗sir doirasini saqlab qolmoqda. Markaziy Osiyoda mintaqasida xavfsizlik sistemasi uchta bosqichdan iborat. Birinchi bosqich – postsovet va Markaziy Osiyo makonida harbiy-siyosiy strukturasi aloqalariga ko‗ra Kollektiv xavfsizligi to‗g‗risidagi shartnoma tashkiloti. Ikkinchi bosqich – Xitoyni jalb qilish vositasi bilan va boshqa tashkilotlarning vazifalari spektoriga kirmaydigan xavflarga qarama-qarshi ravishda mintaqada xavfsizlikni ushlab turishda hamkorlikni kuchaytirish uchun tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti. Uchunchi bosqich – tashqi kuch sifatida, balansga ega bo‗lgan va barqarorlikni ta‗minlashda katta potensialga va tajribaga boy bo‗lgan NATO. Hozirgi kunda butun dunyoni siyosiy tomonlama boshqarib turuvchi davlatlar Rossiya, Xitoy, Hindiston, AQSH va Yevropa Ittifoqi davlatlari tashkil etishadi. Bu jarayon XXI asr siyosatida "shaxmat taxtasi" yoki ―katta o‗yin" nomini olgan. Ushbu gigantlarning Markaziy Osiyodagi asosiy maqsadlari quyidagicha: 1. Siyosiy vaziyatni bir xilda saqlab turish (hech kim siyosiy portlashni istamaydi. Bu ayniqsa islom harakatini keltirib chiqaradi.). 2. Diniy tartiblarni saqlab qolish 3. Iqtisodiy hamkorlik o‗rnatish orqali siyosatni barqarorlashtirish. Ushbu uchta vazifa Moskva, Pekin, Dehli, Vashington va Brusseda asosiy maqsadni tashkil etadi. Shu maqsadda iqtisodiy va madaniy aloqalar Markaziy Osiyobilan yaxshi yo‗lga qo‗yilgan. Agarda YI yoki Xitoy Markaziy Osiyobilan iqtisodiy aloqa o‗rnatmoqchi bo‗lsa, dastlab madaniy va fan-texnika sohasida shartnomalar tuzadi.Ushbu gigant mamlakatlar Markaziy Osiyobozorlarida doimiy ravishda raqobatda bo‗lib kelmoqdalar.Iqtisodiy raqobatlar ba'zida siyosiy raqobatlarga aylanib ketadi.Rossiya davlati YI davlatlarining O‗rta Osiyoga krib kelishiga to‗sqinlik qilib kelayapti.Ammo buning uchun siyosiy raqobatga kelish shartmas. ShHT geografik jihatdan turli xil hududlarni (kuzatuvchi davlatlar bilan birga), aholini, madaniyatni, siyosiy tizimlarni va uning ishtrokchilarining turli xil 251 iqtisodiy rivojlanish darajalarini o‗z ichiga oladi. Bunday holatda davlatlarning tashkilotdagi maqomidan qat'iy nazar olsak, ularni uch guruhga bo‗lish mumkin. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling