O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/168
Sana20.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1682798
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   168
 
 
 
 
 


306 
XULOSA 
Ushbu o‗quv qo‗llanma oliy o‗quv yurtidagi Milliy g‗oya, ma‘naviyat 
asoslari va huquq ta‘limi va Falsafa yo‗nalishlari talabalari uchun mo‗ljallangan 
bo‗lib, geosiyosat asoslari fani bo‗yicha birinchi urinish hisoblanadi. Ushbu fan 
bo‗yicha mamlakatimizda ham, chet ellarda ham to‗plangan tadqiqotlar tajribasini 
sarhisob qilindi. Geosiyosat fani - bu sintetik fan, u ko‗p qirrali siyosiy qarashlar, 
ziddiyatli vaziyatlarni yechimi, geosiyosiy qarashlarning asosiy yo‗nalishlarini 
qamrab oladi. Kitobda sayyoramizning turli geosiyosiy mintaqalari, eng murakkab 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy tizimlarning hozirgi holatining mohiyati, 
ularning geostrategik munosabatlarining haqiqiy istiqbollari to‗g‗risida bayon 
qilingan.
Geosiyosat fani geografik muhitning siyosiy omillaridan foydalanish yoʼli 
bilan unga taʼsir koʼrsatish imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga, ularni oʼrganishga, 
davlatning iqtisodiy, ekologik, harbiy-strategik xavfsizligi taʼmin etilishiga xizmat 
qiladi. Аmaliy geosiyosat davlatning hudud muammolari, sarhadlari, aholisi bilan 
birga, u molik boʼlgan strategik zahiralarning joylashtirilishi va foydalanilishiga 
oid barcha narsalarni oʼrganadi. Quruqlik va suvda voqelik oddiy siyosat 
doirasidan chiqib, global geosiyosatga aylandi. Dunyo yangi tartibotni istamoqda. 
Geosiyosat XXI asrning yetakchi gumanitar fanlaridan biriga aylanmoqda. 
Xalqaro maydondagi barcha voqealarni quruqlik va dengiz sivilizatsiyalari 
o‗rtasidagi ob'ektiv mavjud qarama-qarshiliklar doirasida ko‗rib chiqilib, ushbu fan 
sayyoralar tarixini tushuntirishning ko‗plab sub'ektiv tomonlar qarshlarini tahlil 
qiluvchi amaliy fabdir. Bundan tashqari, geosiyosat nafaqat tor doiradagi olimlar 
va mutaxassislar fikrinini, balki Sovuq urush tugaganidan so‗ng o‗ziga xos 
mafkuralar vakuumiga tushib qolgan keng qatlamlarni ham jalb qiladi.
Dunyo globallashayotgan sharoitda xalqaro munosabatlarning barcha 
pogʼonalarida – davlatlararo, tashkilotlararo va hatto alohida shaxslararo 
aloqalarda milliy, mintaqaviy va jahoniy geosiyosiy vaziyatni toʼgʼri baholash 
katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada mazkur o‗quv qo‗llanma faqat talabalar 
uchungina emas, balki davlat xizmatchilari, siyosatshunoslar, va keng o‗quvchi 
qatlami uchun ham ahamiyatlidir.
XX asrning so‗nggi o‗n yilliklarida biz butun dunyo geosiyosiy manzarasini 
o‗zgartirayotgan tub o‗zgarishlarga guvoh bo‗ldik. Bugungi kun geosiyosat oldida 
yangi geosiyosiy jarayonlar uzluksiz g‗alayonlar davrini ochadimi yoki uzoq 
muddatli barqarorlik davri - yangi geosiyosiy tartibni yaratadimi; agar shunday 
bo‗lsa, yangi dunyoda hukmron kuchlar va yirik to‗qnashuvlar qanday bo‗ladi; 
qaysi mintaqalar va davlatlar dunyo yadrosida qoladi?, degan savolni ko‗ndalang 


307 
qilib qo‗ymoqda. Aynan ushbu savollarga javob izlash davlatlarga va ularning 
siyosiy elitalariga munosib xulq-atvor chizig‗ini shakllantirishga imkon beradi.
Bugungi kunda geosiyosat nafaqat davlatlarning jahon arenasidagi 
faoliyatining strategiyasi, nafaqat bilimlarning fanlararo sintetik sohasi, balki 
dunyoning xalqaro manzarasini tushuntiradigan, ma‘lum e'tiqod tizimini 
shakllantiradigan maxsus makon-zamon dunyoqarashidir. Xususan, O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy Osiyoda o‗ziga xos hududiy mavqega ega va geosiyosiy 
nuqtai nazardan Osiyo mintaqasida muvozanatli tashqi siyosat amalga oshirmoqda. 
Shuning uchun bu mintaqa muvozanatli tashqi siyosat, ―katta o‗yin‖larning 
xarakteri, maqsadini to‗g‗ri va chuqur anglashda mazkur fanning yutuqlari 
dolzarbdir. 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling